www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
yetib bormagan bo‘lsa-da, albatta unga yaqinlashib qolgan.
Ikkinchisi - go‘dakda fikr va tajribalar bilan qo‘lga kiritiladigan ilmlarning hosil
bo‘lmoqligi. Go‘yo bu ilmlar go‘dakning oldida zaxiraga saqlab qo‘yilganga o‘xshaydi,
qachon xohlasa, unga qaytishi mumkin bo‘ladi. Endigi uning holati yozishga mohir
kotibning holatiga o‘xshaydi. Zero, u yozishga qodir bo‘la turib, unga kirishib keta
olmagan bo‘lsa ham, yozuvchi deb ataladi. Mana shu insoniyat darajasining nihoyasidir.
Lekin shu daraja ichida ham sanoqsiz darajalar bor, insonlar bularda ma’lumotlarining
ko‘p-ozligi, yuksak va pastligi, uni qo‘lga kiritish yo‘llari bo‘yicha bir-birlaridan tafovut
qilishadi. Zero, ba’zi qalblarda ma’lumotlar zohir bo‘lib qolish va kashf bo‘lib qolish
yo‘liga binoan ilohiy ilhom bilan paydo bo‘ladi. Ba’zilari esa ularni ta’lim olish va kasb
qilish, ya’ni o‘zi o‘rganishi bilan egallaydi. Goho tez, gohida esa sekinroq hosil bo‘ladi.
Mana shu o‘rinda ulamo, hukamo, payg‘ambar va avliyolarning manzillari farqlanadi. Bu
maqomda yuksalish darajalari chegaralanmagan. Zero, Alloh subhanahu va taologa
ma’lum bo‘lgan narsalarning nihoyasi yo‘qdir. Martabalarning eng nihoyasi esa
payg‘ambarning martabalaridir. Kishiga haqiqatlarning hammasi yoki aksariyati harakat
va qiyinchiliklarsiz kashf bo‘ladi, ya’ni juda tez vaqtda ilohiy kashf yordamida bo‘ladi.
Albatta banda mana shu baxt bilan Alloh taologa ma’naviy, haqiqiy va sifat bilan qurbat
qilishda yaqinlashadi, makon va masofa bilan emas. Bu darajalarga ko‘tarilmoq esa Alloh
taolo tomon sayr qiluvchilarning manzillaridir va bu manzillarning cheki ham yo‘qdir.
Albatta har bir solik o‘z yo‘lida yetgan manzilinigina va orqasida qolgan, ya’ni oldin bosib
o‘tgan manzillarinigina biladi, xolos. Ammo oldidagi, ya’ni hali yetib borilmagan
manzillarining ilmini haqiqati bilan bilolmaydi. Lekin payg‘ambarlikka va payg‘ambarning
o‘zlariga iymon keltirib va buning mavjud bo‘lganini tasdiq qilganimizdek, albatta
g‘aybga iymon keltirgan holda uni tasdiq qiladi. Biroq qorindagi bola tug‘ilgan go‘dak
holatini bilmaganidek va go‘dak esa zaruriy ilmlar ochilib, foyda-zararni ajratib qolgan
bolaning holatini bilmaganidek, bu bola esa oqil kishining holatini va nazariy ilmlardan
egallagan narsalarini bilmaganidek, payg‘ambarlikning haqiqatini payg‘ambardan o‘zga
hech kim bilmaydi. Xuddi shuningdek, oqil kishi ham Alloh taolo valiylariga va
payg‘ambarlariga O’zining lutfi va rahmati fazilatlaridan ochib bergan narsalarni
bilmaydi.
Alloh taolo insonlar uchun rahmatidan qaysi narsalarni ochib qo‘ygan bo‘lsa, hargiz uni
ushlab qoluvchi yo‘qdir. Bu rahmat esa biror kishi kamsitilmagan holda Alloh subhanahu
va taolodan saxiylik va keng karam hukmi bilan sarflab qo‘yilgandir. Va lekin u Alloh
taoloning rahmat ne’matlariga o‘zini ro‘para qiluvchi qalblardagina zohir bo‘ladi,
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Albatta Robbingiz uchun
zamonangiz kunlarida tajalliyot vaqtlari bo‘ladiki, bas, unga o‘zingizni chog‘lang» (Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Insonning o‘zini chog‘lashi qalbni poklash va yomon xulqlardan hosil bo‘ladigan kir va
iflosliklardan tozalash bilan bo‘ladi. Buning bayoni ham tezda keladi. Mana shu
saxiylikka, ya’ni rahmat saxiyligiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning
so‘zlarida ham ishora bor, ya’ni «Alloh taolo har kecha dunyo osmoniga tushadi va:
«Biron bir duo qiluvchi bormi? Men uning duosini qabul qilay», deydi». Yana
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Robbilaridan naql qilib aytadilar: «Batahqiq,
yaxshilarning Menga yo‘liqishga shavqlari ko‘p bo‘ladi va Men ularga yo‘liqish shavqida
ulardan qattiqroqman» (asli yo‘q hadis). Alloh taoloning yana mana bu so‘zi ham bor:
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |