Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
Qalbning yana boshqa bir xil askarlari ham borki, ular ilm, hikmat va tafakkurdir. Tezda
bularning ham sharhi keladi. Bu askarlardan yordam so‘rash qalbning haqqidandir.
Chunki bu askarlar boshqa ikki askarga - shahvat va g‘azabga qarshi Alloh taoloning
jamoasidandir. Chunki ana shu ikki askar goho shayton jamoasiga qo‘shilib ketadi. Agar
shu vaqtda qalb (inson) yordam so‘rashni tark qilsa hamda nafsi ustiga g‘azab va
shahvat askarlarini hokim qilsa, aniq halok bo‘ladi, ochiq-oydin ziyon ko‘radi. Ko‘p
insonlarning holati mana shunday. Negaki, ularning aqllari har xil hiylalar vositasida
shahvatlariga bo‘ysundirilgan. Aslida aql shahvatga muhtoj bo‘lgan o‘rinlarda shahvat
ularning aqllari uchun bo‘ysundirilmog‘i yaxshiroq edi. Biz ana shuni sizga uchta misol
bilan yaxshiroq tushuntiramiz.
Birinchi misol - aytish joizki, insonning badanidagi nafsi, ya’ni oldin zikr qilingan latif
nafsi o‘z shahridagi va mamlakatidagi bir podshohga o‘xshaydi. Chunki badan nafsning
mamlakati, olami, qarorgohi va shahri hisoblanadi. Uning a’zolari va quvvati ishchilar-u
hunarmandlar o‘rnidadir. Uning fikr yurituvchi aqliy quvvati esa nasihatgo‘y, maslahatchi
va oqil vazirdir. Uning shahvati shaharga oziq-ovqat olib keladigan yomon bir qulga
o‘xshaydi. G’azabi va hamiyati esa mirshablarga o‘xshaydi. Taom olib keluvchi qul
yolg‘onchi, makkor, aldoqchi bir iflos kas esa-da, xuddi nasihatgo‘y suratida
gavdalanadi. Uning nasihati tagida dahshatli yovuzliklar va zahri qotillar bor. Bu qulning
qilig‘i-yu odati nasihatgo‘y vazirning fikrlari va tadbirlari to‘g‘risida tortishishdir. Hatto u
biror soat ham vazir bilan tortishish va unga qarshi chiqishdan xoli bo‘lolmaydi. Qalb
go‘yoki bir hokim, agar u mamlakatida (ya’ni, badanda) har bir ishni hal etishda vaziri
(ya’ni, aql) bilan kifoyalanib, faqat u bilan maslahatlashsa, o‘sha yomon qulning fikri
o‘ziga zid bo‘lgani uchun uning aytganlariga ko‘nmasa, mirshablari qulning adabini berib
tursa, vazir ham uning ustida siyosat yurgizib, o‘z maslahati asosida harakat qilishga
majburlasa, hokim o‘z vazirini ana shu iflos qul, uning yordamchilari va izdoshlari
ustidan boshliq qilib qo‘ysa, bu qul hukm yurituvchi bo‘lmay, unga qarshi hukm
yuritiladigan bo‘lsa, u tadbir qiluvchi amir emas, balki uning tadbirini qilib, unga amr
etiladigan bo‘lsa -shundagina shahar (badan) ishlari to‘g‘ri yo‘lga tushadi. Shundagina
intizom va adolat bo‘ladi. Shuningdek, nafs ham qachon aqldan yordam so‘rasa, g‘azab
hamiyati bilan odoblanib, uni (ya’ni, g‘azab hamiyatini) shahvat ustiga g‘olib qilsa va
ikkalasi (g‘azab hamiyati va shahvat)ning biridan boshqasi zarariga yordam so‘rasa,
uning quvvati mo‘‘tadil, axloqi esa chiroyli bo‘ladi. Yordam so‘rash gohida shahvatga
qarshi chiqish va uni avrash bilan g‘azab darajasi va mojarosini kamaytirish orqali
bo‘ladi. Gohida esa yordam so‘rash g‘azab va hamiyatni shahvat ustiga hukmronlik qilish
va u taqozo etgan narsalarini xunuk sanash bilan uni yanchib, ustidan g‘olib kelish orqali
bo‘ladi.
Qaysi bir inson bu yo‘ldan burilib ketadigan bo‘lsa, u Alloh taolo kalomida aytgan
quyidagi kishilar jumlasidan bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: