Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
70
hiylalaridan birortasi kirolmaydi. Balki shayton vaziyatni poylab, unga yolg‘ondan iborat
chiroyli so‘zlarni vasvasa qiladi, qalb esa unga boqmaydi ham.
Bu qalb halok qiluvchi narsalardan poklanganidan keyin najot beruvchi amallar bilan
obod qilingan qalbga aylanadi. Najot beruvchi amallar shukr, sabr, xavf, rajo, faqirlik,
zohidlik, muhabbat, rozilik, shavq, tavakkul, tafakkur, o‘zini hisob-kitob qilish va
boshqalar bo‘lib, bularning zikri ham tez orada keladi.
U qalb shunday qalbki, Alloh taolo unga «yuzi» bilan ro‘para bo‘lgandir. U orom olgan
qalbdir. Alloh taolo aytadi:
«Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom oladi»
(Ra’d surasi, 28-
oyat).
Alloh taolo aytadi:
«Ey xotirjam, sokin jon...»
(Fajr surasi, 27-oyat).
Ikkinchi qalb yordamsiz qo‘yilgan, havoyi nafs bilan o‘ralgan, yomon va iflos xulqlar
bilan bulg‘angan, shayton eshiklari ochib qo‘yilgan, farishtalar eshigi yopib qo‘yilgan
qalbdir. Bu qalbdagi yomonlikning boshlanishi unda havoyi nafsdan bir fikr uchqunlanib
paydo bo‘lishidir. Natijada qalb hokim bo‘lgan aqlga undan fatvo so‘rash uchun va to‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsatish uchun qaraydi. Aql esa u yerda havoyi nafsning xizmatiga odatlangan,
unga ulfat bo‘lgan, unga hiylalar o‘ylab topishda va yordam berishda davom etardi.
Natijada qalbga (aql emas), nafs egalik qilib, unga yordam beradi, qalb havoyi nafsga
ochiladi. Uni himoya qilishdan aql askari to‘xtatib qolingani uchun unga havoyi nafs
zulmatlari tarqab ketadi. U yerga havoyi nafs tarqalib, unda shayton faoliyat boshlagani
uchun uning hukmronligi kuchayadi. Unga chiroyli ko‘rsatish, aldash va orzular bilan
ro‘para bo‘ladi. Ana shu bilan unga aslida yolg‘on, chiroyli so‘zlarni vasvasa qiladi.
Natijada va’da va va’idlarga bo‘lgan iymon hukmronligi zaiflashadi.
Oxirat xavfiga bo‘lgan ishonch nuri so‘nadi. Zero, havoyi nafsdan qalb atroflarini to‘ldirib
bir zulmatli tutun ko‘tariladi, hatto qalb nurlari o‘chib qoladi. Aql go‘yo qovoqlariga tutun
to‘lib, qarashga qodir bo‘lmay qolgan ko‘zga o‘xshaydi. Qalbda shahvat g‘alabasi
shunday holatni yuzaga keltiradiki, hatto qalbning bir to‘xtab, tekshirib olish imkoni
qolmaydi. Garchi uni bir nasihatgo‘y ko‘rib, qaysi narsa haqligini bildirsa ham, endi u
fahmlashga e’tibor bermaydigan, tinglash qulog‘ini berkitadigan, shahvat qo‘zg‘aladigan,
unga shayton hujum qilgan, uning a’zolari havoyi nafs xohishiga ko‘ra harakatlanadigan
qalbga aylangan. Natijada Alloh taoloning qazoi qadar bilan ma’siyat g‘ayb olamidan
shahodat olamiga zohir bo‘ldi. Mana shunga o‘xshash qalblarga Alloh taoloning quyidagi
oyatlarida ishora bor:
Do'stlaringiz bilan baham: