Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
farishta uni biror yaxshilikka tortsa, boshqa farishta undan boshqa yaxshilikka tortadi.
Goho ikki farishta, goho ikki shayton, goho esa farishta bilan shayton o‘rtasida qalb
talash bo‘lib qoladi va hargiz bee’tibor bo‘lmaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida
ishora bordir:
«...dil va ko‘zlarini aylantirib qo‘yurmiz»
(An’om surasi, 110-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qalb ajoyibotlari va uning o‘zgarishi to‘g‘risidagi
Alloh taoloning ajoyib san’atidan xabardor bo‘lganlari uchun qalb bilan qasam ichardilar,
ya’ni «Qalblarni o‘zgartiruvchi Zotga qasamki, unday emas», der edilar (Imom Buxoriy
rivoyati). Yana ko‘pincha «Ey qalblarni o‘zgartirguvchi, qalbimni diningda sobit qil», deb
duo qilardilar (Imom Termiziy rivoyati, hasan). Shunda sahobalar: «Siz ham
qo‘rqasizmi, ey Rasululloh?» deyishdi. «Meni nima xotirjam qila olardi? Vaholanki, qalb
Rahmon barmoqlaridan ikki barmoq orasida bo‘lsa, uni xohlagan tomoniga bursa»,
dedilar.
Boshqa bir lafzda: «Agar uni to‘g‘rilashni xohlasa, to‘g‘rilaydi. Agar (haqdan boshqa
tomonga) burishni xohlasa, buradi», deyiladi. Bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam uch xil misol keltirdilar. Birinchisi -«Qalbning misoli chumchuqqa o‘xshaydi, har
vaqtda o‘zgarib turadi». Ikkinchisi - «Qalbning o‘zgarib turishdagi misoli qaynashga
hozirlangan qozonga o‘xshaydi» (Imom Ahmad rivoyati, sahih). Uchinchisi - «Qalbning
misoli ochiq bir sahrodagi patga o‘xshaydi, shamollar uni orqaga va oldinga uchiradi»
(Tabaroniy rivoyati, sanadi hasan). Bu o‘zgarishlar va o‘zgartirishdagi Alloh taoloning
ajoyib san’ati shundayki, uni ilm bilan aniqlab bo‘lmaydi. Uni faqat qalblarini kuzatib
turuvchi va Alloh taolo oldida ahvollari e’tiborga olingan kishilargina biladi.
Qalblar yaxshilik va yomonlikda sobit turishda va ikkisining o‘rtasida beqarorligida uch
xildir: birinchi qalb - taqvo bilan obod bo‘lgan, riyozat bilan tozalangan, iflos xulqlardan
pok bo‘lgan, g‘ayb xazinalaridan va malakut olamiga kirish o‘rinlaridan yaxshi xayollar
uchqunlab turadigan qalbdir. Aql qalbga tushgan xayollar to‘g‘risida undagi yaxshilik
zarralarini va uning foydalari sirlarini bilish uchun fikrlashga o‘tadi. Shunda unga
qalbning yuzi idrok nuri bilan ochilib, undagi fikrni ro‘yobga chiqarish kerakligiga hukm
qiladi va uni shunga undab bajarishga chaqiradi. U qalbga farishta nazar solib, uni
javhari yaxshi, taqvosi bilan poklangan, aql ziyodasi bilan nur taratuvchi va ma’rifat
nurlari bilan obod qilingan holda topadi. U qalbning o‘ziga qarorgoh bo‘lishiga va
tushadigan joy bo‘lishiga loyiq deb ko‘radi. Ana shu paytda ko‘zga ko‘rinmaydigan
askarlar bilan uni quvvatlab, boshqa yaxshiliklarga burib qo‘yadi. Hatto yaxshilik boshqa
yaxshiliklarga tortib ketaveradi. Uni yaxshiliklarga qiziqtirish va ishlarni yengillashtirish
bilan unga madad berishi to‘xtamaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida ishora
bor:
Do'stlaringiz bilan baham: