www.ziyouz.com
kutubxonasi
111
bir marta xilof qilsa, boshqalar o‘zini bilmaganlikka solmog‘i, kamchiligini ochmasligi
kerak. U qilgan ayb ishga boshqa kishining ham jur’at eta olishi unga bildirilmaydi.
Ayniqsa, bola aybini berkitsa, uni bildirmaslikka urinsa, boshqalar ham shunday yo‘l
tutgani bildirilmaydi (bu ishni hamma ham qilishi mumkin, degan tasavvurga bormasligi
uchun shunday qilinadi). Chunki buni bilish ehtimol unga jasorat bag‘ishlar. Hatto
keyinchalik aybining ochilib ketishiga parvo qilmay qo‘yadi. Mana shu holda aybini
ikkinchi bor takrorlasa, boshqa kishiga bildirmasdan uni koyish va juda katta ish qilib
qo‘yding, deyish lozim. Yana ikkinchi bor bunday ishga qaytishdan saqlan, bunday
qilayotganing bilinib qolsa, odamlarning orasida sharmanda bo‘lasan, deyish kerak.
Unga hamma vaqt do‘q-po‘pisa qilinavermaydi, chunki koyish eshitish, xunuk ishlarni
qilish unga yengil tuyulib qoladi, qalbidan gapning ta’siri tushib ketadi. Ota bolasi bilan
birga bo‘ladigan so‘zlashish haybatini saqlasin va bolasini doim emas, balki ba’zi
vaqtlarda koyib tursin. Ona esa uni otangga aytaman, deb qo‘rqitsin, uni yomonliklardan
shu bilan qaytarsin.
Uni kunduzi uxlashdan man qilsin, chunki bu dangasalik keltiradi. Kechasi uxlashdan esa
man qilinmaydi, lekin yumshoq to‘shaklarda yotqizmasin. Shunda uning a’zolari
mustahkam bo‘ladi, badani semirib ketmaydi va o‘zini ovqatdan tiyishga muhtoj
bo‘lmaydi. Yotishda, kiyishda dag‘alroq narsalarga odatlantirsin. Yana go‘dakni
yashirincha qiladigan har bir ishidan man etish lozim. Chunki bola bir ishni yashirib
qiladigan bo‘lsa, albatta uni yomon ish, deb e’tiqod qiladi. Shunday paytda man qilinsa,
yomon ishni tark etadi. Kunduzi ba’zan dangasalik g‘olib kelmasligi uchun yurish,
harakatlanish, jismoniy tarbiya qilish odatlantiriladi. Badanini ochib yubormaslik, tez
yurmaslikka o‘rgatiladi. Qo‘lini butkul tashlab ham yurmaydi, ko‘kragiga qo‘yib oladi.
Tengdoshlariga ota-onasi ega narsalar yo yeydigan, yo kiyadigan narsalar yoxud lavhi
va siyohdonlari bilan faxrlanishdan qaytariladi. Balki kamtarlik va atrofidagi har bir
kishini hurmat qilish, ular bilan gaplashganda muloyim bo‘lish odat qildiriladi. Boylarning
bolalaridan unga chiroyli bo‘lib ko‘ringan narsalarni olish man qilinadi. Balki unga
buyuklik olishda emas, berishda ekani uqtiriladi. Albatta olish pastkashlik va xasislikdir,
garchi kambag‘alning bolalari olsa ham. Ta’ma qilish va olish pastkashlik va xorlik ekani
hamda bu itning odati ekani uqtiriladi. Chunki it bir luqmani kutib, unga ta’ma qilib
dumini likillatib turadi.
Yana bolalarga tilla-kumushni yaxshi ko‘rish, ularni orzu qilish yomon ko‘rsatiladi. Ular
tilla-kumushdan ilon-chayondan ko‘ra ko‘proq ehtiyot bo‘lishga chaqiriladi. Chunki tilla-
kumushni yaxshi ko‘rish, ularni orzu qilish ofati bolalarga zaharlarning ofatidan ham
zararliroqdir. Hatto kattalarga ham shundaydir. Yana o‘tirgan joyida tuflamaslik, burun
qoqmaslik, boshqalarning oldida esnamaslik, birovga orqa o‘girib o‘tirmaslik, bir oyog‘ini
ikkinchisiga chalishtirib o‘tirmaslik, kaftini jag‘i tagiga qo‘ymaslik, bilagi bilan boshini
suyamaslikka odatlantirish lozim. Chunki bular dangasalik belgisidir. Unga qay holatda
o‘tirish o‘rgatiladi, ko‘p gapirish behayolikka dalolat qilishini, u pastkashlar
farzandlarining ishi ekani bildirib qo‘yiladi. Yana unga xoh rost, xoh yolg‘on bo‘lsin,
birdaniga qasam ichish ham man etiladi, sababi u qasam ichishga kichkinaligidan
odatlanib qolmasin. Oldin gap boshlashdan qaytariladi. Faqat javob qaytarishga yoki
savolga yarasha gapirishga odatlantiriladi. O’zidan katta kishi gapirgan paytda e’tibor
bilan tinglash, o‘zidan yuqori kishi uchun o‘rnidan turish, unga joyni berish, uning oldida
uyalishga o‘rgatiladi. Behuda va xunuk so‘zlarni aytish, la’natlash, so‘kish, tillarida doim
xunuk so‘zlar bo‘ladigan bolalarga qo‘shilishdan qaytariladi. Chunki bu odatlar yomon
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |