Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - hech
qanday foyda yo‘qdir». (Niso surasi, 114-oyat).
166. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy g‘arib hadis, degan.
Olimlardan biri ray sohiblaridan bo‘lgan ko‘falik kishini tushida ko‘rdi va: «(Hayotda)
qilib o‘tgan fatvo va rayingiz natijasida qanday muomala ko‘rdingiz?» deb so‘radi. U esa,
aftini burishtirib, yuzini boshqa tomonga o‘girdi va: «Hech narsa topolmadik,
oqibatimizni ham o‘nglay olmadik», deb javob berdi.
Ibn Hassin (r.a.) aytadilar: «Bulardan (ya’ni, hozirgi olimlardan)
har biri shunday
masalalar haqida fatvo beradiki, agar shu masala Umar ibn Xattobdan (r.a.) so‘ralsa,
unga (javob berish uchun) ahli Badrni to‘plagan bo‘lar edilar».
Demak, zaruratdan tashqari barcha holatda sukut saqlash ilm ahlining doimiy odati
bo‘lib qolaveradi.
Hadisda shunday deyiladi: «Qachonki, bir kishiga sukut
bilan zohidlik berilganini
ko‘rsangiz, unga yaqinlashing. Chunki u hikmatni anglaydi».
167
Aytishlaricha, olim kishi
yo ommaviy bo‘ladi, u fatvo beruvchi va sultonlarning ashobidandir,
yoki xoslar olimi
bo‘ladi, u tavhidni va qalblarning amallarini bilguvchi va odamlardan ajralib, yolg‘izlikda
yashovchi uzlat sohiblaridandir.
Aytadilarki, Ahmad ibn Hanbal Dajla daryosiga o‘xshaydi, har bir kishi undan qonib
ichadi. Bishr ibn Hars esa suvi shirin
usti yopiq quduq kabidirki, uning yoniga bitta-
bitta keladilar.
167. Ibn Moja Ibn Xalloddan zaif isnod ila rivoyat qilgan.
Aytadilarki, falonchi olimdir,
falon olim faqat gapiruvchi, falonchi ko‘p gapiruvchi,
falonchi esa eng ko‘p gapiruvchi.
Abu Sulaymon (r.a.) aytadilar: «Ma’rifat gapirishdan ko‘ra sukutga yaqinroqdir».
«Qachon ilm ko‘paysa, gap kamayadi. Gap ko‘paysa, ilm kamayadi», degan hikmat ham
bor.
Salmon (r.a.) Abu Dardoga (r.a.) shunday yozdilar (Rasululloh (sollallohu
alayhi
vasallam) ularni bir-birilari bilan birodar qilgan edilar)
168
: «Ey birodar. Menga yetib
keldiki, sen tabib bo‘lib, bemorlarni davolayotgan emishsan. Ehtiyot bo‘l! Agar (haqiqiy)
tabib bo‘lsang, gapiraver. Albatta, gaping shifo bo‘ladi. Agar o‘zingni (tabib) qilib
ko‘rsatayotgan bo‘lsang, Allohdan qo‘rq va musulmonni o‘ldirma!»
Shundan keyin Abu
Dardo (r.a.) bir masala so‘ralsa, to‘xtab qolar edilar.
168. Imom Buxoriy Abu Ja’fadan rivoyat qilgan.
Anasdan (r.a.) qachon bir masala so‘rashsa: «Buni sayyidimiz Hasan Basriydan
so‘ranglar», der edilar.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: