26
-materiallarga mexanik ishlov beruvchi stanoklarning tuzilishi, vazifasi va ularni boshqarishni
o’rganish o’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish sohalari kasblariga yo’naltirishda katta
ahamiyatga ega;
-mehnat ta’limi dars mashg’ulotlarini o’tishda noan’anaviy usullardan foydalanish ta’limda olib
borilayotgan tub islohotlarning eng muhim jihatlaridan biridir.
III. METODIKA QISMI
III.1. Mehnat ta’limi faninig o’quv-me’yoriy hujjatlari haqida
Bigingi kunda umumta’lim maktablarining barcha o’quv fanlari qatori mehnat ta’limi
fani ham 2010-yilda ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan uzviylashtirilgan Davlat
ta’lim standarti va o’quv dasturi asosida o’qitilmoqda.
Umumta’lim maktablarining o’quv rejasiga binoan mehnat ta’limi o’quv fani 1-9-
sinflarda yangi DTS bo’yicha 3 ta yo’nalish (Texnologiya va dizayn, servis xizmati, qishloq
xo’jaligi asoslari) asosida o’qitilmoqda
Bitiruv malaka ishi 7-sinf mahnat ta’limining “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi
“Metallga ishlov berish texnologiyasi” bo’limining “Stanoklar va ulardan foydalanish”
mavzusini o’qitishga bag’ishlangan.
O’quvchilar mehnat ta’limi darslarida mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan
vositalar bilan ishlash, texnologik bilim va malakalar, xavfsizlik texnikasi qoidalari asoslari
bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladilar. BMI mavzusiga doirasida o’quvchilar tokarlik, frezerlik
va parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash, tokarlik stanogida metallga
ishlov berish texnologiyasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi. Metallga
ishlov berishda tokarlik, frezerlik va parmalash stanoklaridagi ish jarayonlarini bajarish, turli
aylanma shakldagi detallarni tayyorlash bo’yicha ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar
[26].
BMI mavzusi doirasidagi mavzuga ajratilgan soatlarda quyidagi vazifalar hal etiladi (4-
jadval)
[27].
4-jadval
1.
BMI mavzusi doirasidagi mavzuga ajratilgan soatlar
27
Darslar
Mavzu
Bilim
Ko’nikma
Dars
soati
7-8
Frezerlash,
tokarlik, parmalash,
charxlash
stanoklarining
vazifasi,
tuzilishi
va ishlov berish
texnologiyasi
Frezerlash, tokarlik, parmalash,
charxlash stanoklarining vazifasi,
tuzilishi
va
ishlov
berish
texnologiyasi, charxlash usullari,
tokarlik, frezerlik, parmalash va
charxlash
stanoklarida
oddiy
operatsiyalarni bajarishni bilish
tokarlik,
frezerlik,
parmalash
va
charxlash
stanoklarida
oddiy
operatsiyalarni
bajara olish
2
Ushbu dars mashg’uloti davomida o’quvchilar tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash
stanoklarida oddiy operatsiyalarni bajarish bo’yicha amaliy mustaqil ishlarni bajaradilar [28].
Do'stlaringiz bilan baham: