III.3.3. Dars ishlanmasi
Mavzu:
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish
I. Nazariy ma’lumot berish:
Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining
vazifasi, tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi
Amaliy mustaqil ishlar:
charxlash usullari, tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash
stanoklarida oddiy operatsiyalarni bajarishni bilish
II. Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad:
O’quvchilarga metallarga ishlov beruvchi stanoklarning turlari,
umumiy tuzilishi, asosiy qismlari, vazifasi va ishlash prinsipi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarda mehnatsevarlik, ehtiyotkorlik, tejamkorlik va
mehnat kishilariga hurmat ruhini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |