II.5. Ilg’or pedagogik texnologiyalar haqida
Pedagogik texnologiya haqida.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishda
shaxs manfaati va ta’limning ustivorligiga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Bu omil
davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ham muhim ahamiyatga egadir [22].
Prezidentimiz Karimov I.A.iborasi bilan aytadigan bo’lsak, ta’lim-tarbiya sohasida olib
borilayotgan tub islohotlar jamiyatda quyidagicha “portlash effekti”ni yuzaga chiqaradi:
-insonning hayotda o’z o’rnini topish jarayonining tezlashishi;
-jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishi;
-jamiyat potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etishi;
-fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlash, model vositasida dunyodan munosib o’rin olish, o’zbek
nomini yanada keng tarannum etishga erishish.
Jamiyatning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol
inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol” va vositalar bilan ta’minlash
davr taqozosidir.
Pedagogik texnologiya – bu o’qituvchi (tarbiyachi) ning o’qitish (tarbiyalash) vositalari
yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitlarda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida
ularga oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Pedagogik nashrlarda “texnologiya” tushunchasining xilma-xil “o’qitish texnologiyasi”,
“o’quv jarayoni texnologiyasi”, “ma’lumot texnologiyasi” kabi ko’rinishlarini uchratish
mumkin. Pedagogik texnologiya ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va
“o’qituvchi – moddiy muhit – o’quvchi” funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar
asosida quriladi.
Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli o’qitish tizimini rivojlangan davlatlarda
to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari tug’ildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib mamlakatimizda kadrlar tayyorlash
sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratilib, xalqaro hamkorlikning ustivor
yo’nalishlari ro’yobga chiqarilmoqda.
Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
1. Pedagogik texnologiya tushunchasi 30-yillarda maxsus adabiyotlarda “pedagogik texnika”,
“pedagogik master” iboralari paydo bo’ldi. O’sha davrda pedagogik texnologiya o’quv
mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig’indisi
sifatida qaraldi.
23
2. 40-50-yillarda o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri
boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik
texnologiyaga tenglashtirildi.
3. 60-yillarning o’rtalaridan boshlab dasturiy ta’lim joriy etilib, unda ta’lim maqsadlariga
aniqlik kiritildi. Pedagogik texnologiya bo’yicha AQSHda «Pedagogik texnologiya», Angliyada
«Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim», Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» jurnallari
chop etila boshlandi.
4. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlangan davrda o’qituvchi mahoratiga bog’liq
bo’lmagan holda, pedagogik jarayon yakunida kafolatlangan natijalarga erishish, pedagogik
jarayonni modullarga ajratib o’qitish, avvaldan dars jarayonini loyihalash, unda ishlatiladigan
pedagogik usullar va axborot texnologiyalarining qo’llanilish joylarini avvaldan belgilash, butun
pedagogik jarayonni nazorat ostida tutib turish kabi ishlar amalga oshirila boshladi [23].
Do'stlaringiz bilan baham: |