Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx


Bokschilarni jarohatdan so‘ng tiklanish vositalari



Download 2,13 Mb.
bet4/8
Sana11.03.2022
Hajmi2,13 Mb.
#490692
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yosh bokschilarning bir yillik mashg\'ulot siklida maxsus tayyorgarligi

1.3. Bokschilarni jarohatdan so‘ng tiklanish vositalari
YOsh bokschilarni mashg‘ulot va musobaqalardagi olgan
jarohatlaridan so‘ng tiklanish o‘zaro bog‘langan yagona jarayondir. Mashg‘ulotlarda jarohat olgan sportchilarga me’rlangan
mashqlarni asosida mashg‘ulot mashqlarini o‘sib borishi va ish qobiliyatining ortishi faqatgina tiklanish jarayonida qoplangan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Bokschilarning jarohatdan so‘ng tiklanish bu faqatgina organizm funksiyalarini ish holatiga qaytarish emas, balki hayotni ta’minlash tizimini energetik
imkoniyatlarning yanada yangi, yuqori darajasiga o‘tkazishdir.
Ma’lumotlariga qaraganda, skelet mushaklarida glikogen va adenozintrifosfor kislotasining (ATF) dastlabki holatga nisbatan ortiqcha to‘planishi bokschilar mushak ishida tiklanishning yakuniy
bosqichi hisoblanadi. (23)
Mashg‘ulot yuklamalarining og‘irligiga qarab, glikogen va ATF ning ortiqcha to‘planishi har xil muddatlarda sodir bo‘ladi (maksimal shiddatdagi yuklamadan so‘ng 7-9 kungacha).
Sog‘liqqa zarar etkazmay, mashg‘ulot jarayonini
jadallashtirish faqat tiklanish tadbirlaridan (tibbiy-biologik, ruhiy,
pedagogik) foydalanilgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi.
Bunda pedagogik vositalar asosiysi, etakchi hisoblanadi, chunki aynan ular xar bir sportchi rejimini va sportchilar ko‘p yillik tayyorgarligining hamma bosqichlarida yuklama hamda dam olishning
oqilona uyg‘unligini belgilab beradi.
Bokschilarning jarohatdan so‘ng tiklanishning pedagogik
vositalari quyidagilarni o‘z ichmga oladi:

  • mashg‘ulotni oqilona rejalashtirish, yuklamaning sportchi

funksional imkoniyatlariga mos kelishi;

  • jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning umumiy hamda

maxsus vositalarining zarur uyg‘unligi;

  • mashg‘ulot va musobaqa mikro- mezo- va

makrotsikllarini oqilona tuzish, yuklamalarning
to‘lqinsimonligi va variantliligi, ixtisoslashmagan jismoniy
yuklamalar, ish va dam olishni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish, maxsus
tiklanshi mikrotsikllarini kiritish, o‘rtaga tog‘ sharoiglaridagi
mashg‘ulotdan foydalanish;

  • toliqishni tez qoldirish maqsadida zarur tiklanish

vositalaridan foydalangan holda alohida mashg‘ulot mashg‘ulotini
tuzish; to‘laqonli alohida badan qizdirish va mashg‘ulot vazifalariga muvofiq yakuniy qism, mashg‘ulotlar joyi to‘g‘ri tanlash, dam olish va bo‘shashish uchun maxsus mashqlarni kiritish,
ijobiy ematsional holatni yaratish va h.k.
Jarohatdan so‘ng tiklanishning tibbiy-biologik vositalari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi (29)

  • salomatlikni baholash va hisobga olish; joriy funksional

holat to‘g‘risida ekspress-nazorat tartibidagi axborot;

  • biologik qiymati yuqori bo‘lgan dori-darmonlar va mahsulotlardan foydalangan holda oqilona ovqatlanish;

  • dopingga qarshi nazorat talablarini hisobga olgan holda

farmakologik vositalar kompleksini qo‘llash;

  • fizioterapiya va balьneologiya uslublari (sauna, massaj va

boshqa muolajalar bilan birga);

  • o‘rtacha tog‘ sharoitlari, iqlimiy terapiya, sanatoriya-kurort

uslublaridan foydalanish va h.k.
Bokschilarning jarohatdan so‘ng dori-darmonlarni qo‘llash
taktikasi quyidagi muhim omillarga bog‘liq holda quriladi:

  1. Dori-darmonlarni mashg‘ulot davrlari bo‘yicha (o‘tish, tayyorgarlik va musobaqa) va asosiy musobaqalarga

bevosita tayyorgarlik davrida qo‘llash.

  1. Mashg‘ulot mikrotsikllarida vositlar kompleksini

tayinlashning tamoyilli sxemasi.

  1. Urtacha tog‘ sharoitlarida tayyorgarlikning o‘ziga xos

xususiyatini hisobga olish.

  1. YUklama oshirilganda asosiy dori-darmonlar dozasining ko‘paytirilishi nazarda tutiladigan alohida

komplekslarni tanlash va qo‘shimcha dori-darmonlarni kiritish
hamda bitta vositalarni boshqasi bilan almattirit.

  1. Ma’lum bir tayyorgarlik bosqichida u yoki bu sportchi

oldiga qo‘yilgan maxsus pedagogik vazifalarni hal etish.

  1. Sportchi yoshi va stajini hisobga olish.

  2. Oldin qo‘llanilgan dori-darmonlarga bo‘lgan ta’sirni o‘rganish.

YUqorida aytib o‘tilgan omillarga qarab, dori-darmonlarni muayyan holda qo‘llash tegishli soha mutaxassislarini (vrachlar, fiziologlar, biokimyochilar va farmakologlar) qat’iy nazorati ostida
o‘tkazilishi lozim.
Agar mashg‘ulot jarayonida sportchilar ish qobiliyatini tiklash tizimida umumiy massajning ta’siri avvaldan o‘rganib kelingan va u keng tarqalgan bo‘lsa, bevosita janglar o‘rtasidagi
tanaffusda ish qobiliyatini oshirish muammosi etarlicha
o‘rganilmagan. Bu bellashuvning davom etish vaqti, bellashuvlar
o‘rtasidagi va bellashuvlardagi dam olish tanaffuslari davomiyligini tartibga soluvchi qoidalarning ko‘p marta
uzgartirilishi bilan tushuntiriladi.
Murabbiy, massajchi yoki tayyorlangan sportchi qo‘li bilan
navbatma-navbat bokschi oyoqlarini ko‘tarib, elkasiga
joylashtiradi. Qo‘llarni bo‘shashtirishga esa ularga gorizontal holat berish bilan erishiladi. Buning uchun massaj qiluvchi iloji boricha
stolga yaqin kelib, tizzalarida turadi.
Faol va suet giperventilyasiya hamda bokschi yuzi va gavdasini ho‘l sochiq bilan artishdan so‘ng yuqori elka kamaridan massaj qilishni boshlash lozim. Asosiy usullari - yarim aylanali, navbatmanavbat uqalash. Usullar ikki qo‘llab bajariladi (qo‘l kaftlari bir-biriga
parallel joydashtiriladi va qarama-qarshi tomonga
harakatlantiriladi). SHu usul ikki va uchboshli elka mushaklarini
massaj qilish uchun ham foydalaniladi.
Elkani bukuvchi va yozuvchi mushaklar uchun uqalash usul i qo‘llaniladi. Massajchi uni tik turgan holda ikkala qo‘l kaftini
parallel holda uzatib, qarama-qarshi tomonga harakatlartiradi. Ishlagan mushaklarning zo‘riqish ("shishib ketish") darajasiga qarab, ko‘ndalangiga bitta yoki ikkita qo‘l bilan to‘xtovsiz uqalash jismoniy tayyorgarligini yuqori darajaga ko‘tarish musobaqalarga tayyorlagada muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, mashg‘ulot jarayonini boshqarish masalalari dolzarb hisoblanadi. Ushbu masalalarni hal etish mashg‘ulot jarayoni vositalari va
uslublarini samaraliroq tiklash orqali erishiladi. Bir vaqtning o‘zida bokschilarning texnik-taktik mahoratini takomillashtirish uchun ushbu tiklash samaradorligi ko‘p jihatdan bokschilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorat darajasini jismoniy tayyorgarlik bilan o‘zaro bog‘liqliga va mashg‘ulot jarayonlarni
nazorat qilish zarur ekanligi go‘g‘risida guvohlik beradi.
Zamonaviy boksda musobaqa va mashg‘ulot mashg‘ulotlarini hajmi hamda intensivligi juda ham oshgan, bu yoshlarning murabbiyovkada og‘ir mashq yuklamalar orqali yoshlarning
psixologik holatiga ta’sir etishi natijasida yogl bokschilarning jismoniy
va ruhiy jarohot olishlari mumkin. SHuning uchun yosh bokschilar bilan olib boriladigan mashg‘ulot va musobaqa faoliyatini
rejalashtirish muhim ahamiyatga egadir, ya’ni yosh bokschilar orasida jarohat olish keng tarqalganligi. YOsh bokschilarni tayyorlashda bokschilarni jarohat olishlarini bartarf qilishdan, mashg‘ulot mashgulotlariga qatnashish va treniroka mashg‘ulotlarini
o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy uslublar xususiyatlari
asosiy sabablaridir. Bu uslub hozirgi zamon boksni
rivojlanishida mashg‘ulot yuklamasining ko‘lami va jadalligini oshirib borish, erta ixtisoslashish, katta jismoniy va emotsional
yuklamalar qo‘llanilishi bilan ta’riflanadi.
Bokschilarning musobaqalarda ishtirok qilishi aktiv dam olish va navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bilan almashib turadi. Musobaqadan keyin aktiv dam olish etapini davom etishi olingan jismoniy va psixologik yuklamalarga bog‘liq, tayyorgarlik bosqichi va uning qismlarini davom etishi esa - oldinda bo‘ladigan musobaqalarning miqyosi hamda qiyinchiliklariga bog‘liqdir. Muayyan holda (jang davrida) asosan yuklamani ko‘taradigan oyoq-qo‘llarga (mushaklar
guruhiga) engil massaj qo‘llaniladi. YUzaki silashdan so‘ng
chuqur qamrovchi silashni bajarish mumkin. Oyoq-qo‘llar sezilarli darajada shishgan va mushaklar zo‘riqqan paytda hamda vaqt etarli bo‘lsa, elka yana bir bor uqalanadi. Uqalashdan so‘ng
siltash bajariladi. Qo‘llarni massaj qilishdan so‘ng (vaqt etarli bo‘lgan gaqdirda) buyinni massaj qilish usullari bajariladi. Massaj qiluvchi bokschi o‘tirgan stul orqasida turib, qo‘llarini olmasdan
ensa va bo‘yin yuzasini elka usti tomon shoshilmay silaydi (2-3 usul).
Keyin o‘pkalarning sustgina giperventilatsiyasi bajariladi. Stul orqasida turgan holda massaj qiluvchi bo‘shashtirilgan ikkala qo‘llarni tirsaklaridan ushlab, ularni yuqoriga ko‘taradi ("nafas ol" deb) va
pastga tushiradi ("nafas chiqar" deb).
Oyoqlarni massaj qilish tanaffuslarda kamdan-kam
bajariladi. Alohida hollarda uqalash va siltash usullari qo‘llaniladi.
Bellashuv tanaffusidagi massaj juda nozik va murakkab ishdir. U massaj qilayotgan shaxsdan katta bilim, xar tomonlama tayyorgarlik va muntazam ijod qilishni taqazo etadi.
Tiklanish tadbirlarining samaradorligi ikkita massajchyning o‘zaro kelishilgan ishi bilan kuchaytirilishi mumkin. Murabbiysekundant ikkinchi massajchi bo‘lishi mumkin. U bir vaqtning o‘zida tegishli ruhiy terapiyani olib boradi, jangning keyingi taktikasi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi va h.k.
II.BOB. TADQIQOT NATIJALARI

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish