Microsoft Word Хурсанбоев С. Ёш боксчиларни машғулот ва мусобақа фаолиятида жароҳатлар олиш сабабларини аниқлаш docx


Tadqiqot ob’ekti va uni tashkil qilish



Download 2,13 Mb.
bet2/8
Sana11.03.2022
Hajmi2,13 Mb.
#490692
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yosh bokschilarning bir yillik mashg\'ulot siklida maxsus tayyorgarligi

Tadqiqot ob’ekti va uni tashkil qilish.
Tadqiqot o‘tqazish joyi – Toshkent shahri Bektemir tumani № 24sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zali. Boks bo‘limi jamoasini
o‘quv-mashg‘ulotlari va musobaqa faoliyatini jarayonida pedagogik kuzatish ishlari 2014-2015 yil sentyabrdan fevralgacha mavsum davomida
olib borildi.
Ish “Kirish” 3ta bob “Xulosa”, “Amaliy tavsiyalar” hamda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”ni o‘z ichiga oladi va ilmiy tahlil-
mulohazalarni asoslovchi jadvallardan foydalanilgan.
I-BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. Yosh bokschilarni musobaqa va mashg‘ulotdagi jarohatlari
YOsh organizm tashqi ta’sirlar (mexanik, termik, elektr, nur, psixik va boshqalar) ta’siridan organ va to‘qimalarning anatomik,
fizioligik funksiyalarida o‘zgarishlar va zararlangan organizmning mahalliy va umumiy reaksiyasini keltirib chiqaradigan ta’sir jarohatlanish deyiladi. Jarohatlanishga sabab
bo‘ladigan ta’sirga ko‘ra jarohatlar, mexanik, ximiyaviy, elektr, nur,
psixik, operatsion va turlarga bo‘linadi.
Jarohatlanish ko‘pincha organizm to‘qimalariga mexanik ta’sir, ya’ni bevosita mexanik kuch (zarb tegish, ezilish, cho‘zilish) ta’sirida
yuzaga keladi.
Jarohatlanish xarakterini hisobga olib, tramalar yakka, kup, oddiy va kombinatsiyalangan turlarga bo‘linadi. Jarohatlanishlarni qay darajada xaf solishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:

  • jarohatlanish vaqtida yoki undan keyin dastlabki soatlarda bevosita kelib chiqadigan xaf. Qon oqish, kollaps, shok, hayotiy muhim

organlarning jarohatlanishi ana shular jumlasidandir.

  • travmadan so‘ng turli muddatlarda (bir necha soatdan bir

necha haftagacha) paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xaflar.

  • kechikkan xaf va asoratlar zararlanishdan so‘ng ancha

muddat o‘tgach aniqlanadi. (39,53)
Murabbiy shug‘ullanuvchilarning treniroka qoydalariga to‘la
rioya qilishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari lozim. Ular mashg‘ulot aqtida sportchilar yo‘l qo‘ygan ayrim kamchmlik va xatolarni xolis ko‘rsatish va tuzatishi, bunda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligi har bir sportchining umumiy qoydalarga, intizomga
bo‘ysunishiga erishishi lozim.
Murabbiylar mashg‘ulotlarda sportdan jarohatlanishning
kamroq kuzatilishi tasdiqlangan. Jarohatlanishlar ko‘pincha etarli malakasi bo‘lmagan sportchilarda uchraydi. Jarohatlanishning og‘irengilligi tashqi omillarning kuchiga a ta’sir qilish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Jarohatlanish katta kichikligiga a og‘ir engillishga qarab engil,
o‘rtacha va og‘ir jarohatlanishlarga ajratiladi.
Boksda shikaslanishda engil tramalar ko‘proq uchraydi. Sportda
jarohatlanishlarning og‘irli-engilligi sport turlariga bog‘liqdir.
Bokschilarning 80 foizdan ortiq jarohatlangan sportchilar sportga qaytib kelib sport bilan shug‘ullanaveradi. SHu bilan birga ayrim sportchilar (3-5%) jarohatlanish natijasida to‘liq tiklana
olmasdan sport bilan shug‘ullana olmasligi aniqlandi.
Bokschilarning mashg‘ulot va musobaqalardagi janglarida jarohatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari bor: u deyarli engil kechadi, yopiq jarohatlar, jumladan bo‘g‘im, pay va muskullar esa lat eydi a jarohatlanadi, gohi suyaklar kam jarohatlanadi, umuman
olganda aksari qo‘l chiqadi.
Kuch bilan bajariladigan mashg‘ulot mashqlarida kuchlanish sport faoliyatining asosiy tarkibiy qismidir. SHu bilan birga raqib bilan jangga tushgan, gimnastika mashqlari bajarilganda ham kuchlanish sodir bo‘lishi mumkin. Kuchlanish umumiy qon aylanishiga ta’sir qiladi. Kuchlanish kukrak ichidagi bosimning ortishiga sabab bo‘ladi, natijada kavak venalar qisilib, yurakka venos qonning oqib kelishi qiyinlashadi. SHu bilan birga qonning
urish hajmi ham kamayadi. Bunga javoban yurak qisqarish
tezligining kompensator ortishi natijasida qonning bir minutli hajmi
deyarli kamaymaydi. Kuch ishiga odatlangan shaxslarda
kuchlanish qon tomir sistemasidagi qonning qayta taksi mlanishi bilan kuzatiladi. Kuchlanish tugagandan so‘ng, odatda kuchli nafas chiqariladi. Bunda ko‘krak ichidagi bosim pasayadi va yurak faoliyati normallashadi. Hushdan ketish holati ko‘pincha shtangachilarda kuzatiladi. Ammo sportchining hushdan ketish qisqa muddatli bo‘ladi, chunki bosh miyaning kislorodga ehtiyoji paydo bo‘lishm bilanoq sportchi kuchlanishini tugatadi va bosh miyaning qon bilan
ta’minlanishi o‘sha zahoti tiklanadi.
Hushdan ketish holatlarining bokschilar faoliyati jarayonida kuchli zarba urilish natijasida yurak faoliyatining keskin
sustlashishi yoki yurak to‘xtashi tufayli rivojlanishi mumkin.
Boks mashgulotlarida gavdaning ba’zi bir qismlariga (pastki jag‘, chakka, uyqu arteriyasi joylashgan er) o‘ng va chap qovurg‘a osti, quyosh chigalining joylashishi erga kuchli va keskin zarb berilganda, bokschi muvozanatni yo‘qotishi, ba’zan esa ongning vaqtincha buzilishi (vaqtincha hushdan ketish) bilaы xarakterlanadigan nokaut yoki nokdaunga uchrashi mumkin. Nokdaun bir necha sekund davom etadi. Nokaut ancha uzok, (10 sekdan ortiqroq) cho‘ziladi. Bu hollarda hushdan ketish mexanizmi har xil bo‘lishi
mumkin. Masalan, nokaut boshga urilganda miya o‘rnidan qo‘zg‘alishi bosh miya chayqalishi natijasida sodir bo‘ladi. Quyosh chigali zonasiga urilganda adashgan nervning tonusi ortishi tufayli yurakning qisqarish ritmi reflektor ravishda sekinlashadi. Bo‘yinga urilganda karotid sinus sindromi degan holat rivojlanadi. Bunda sinokarotid nerning tanachasi mexanik ta’sirlanishi natijasida
adashgan nerv orqali reflektor ravishda yurak faoliyati buzilib, yurak
urish sekinlashadi yoki qisqa muddatga to‘xtaydi.
Bosh miyaning qon bilan etarli darajada ta’minlaыmasligi tufayli kislorod tanqisligi rivojlanishi va hushdan ketish yuzaga keladi. Pasti jag‘ga yoki quloqqa urilganda nokaut yoki nokdaun vestibulyar apparatining ko‘chma silkinishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Nokdaun yoki nokaut ko‘pincha boks texnikasi va taktikasini etarli darajada egallamagan sportchilarda uchraydi. SHuning uchun bunday patologik holatlarning oldini olish
choralaridan biri murabbiyovka jarayonini samarali uyushtirishdir. Boks mashg‘uloti qoidalariga qatьiy rioya qilish va sportchilarda ximoya reaksiyalarini yuksak darajada rivojlantirish muxim
ogoxlantiruvchi choralardir.
Katta yoshdagi bokschilar (sport masteri, birinchi sport razryadiga era bo‘lgan sportchi) nakautdan keyin bir oy, katta yoshdagi yigitlar to‘rt oy, kichik yoshdagi yigitlar faqat olti oy o‘tgandan keyin mashg‘ulot mashg‘ulotlariga kiritiladi. Ikki marta nakaut xolatida bo‘lgan katta yoshdagi sportchilar uch oydan keyin, uch marta nokaut holatida bo‘lganlar esa oxirgi nokautdan bir yil
o‘tgandan keyin (nevrologik o‘zgarishlar bo‘lmasa) sport mashg‘ulotlarida qatnashishlari mumkin. Bunday og‘ir patologik holatlarning oldini olish mashg‘ulot jarayoni samarali
uyushtirishdir. Boks mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalariga rioya
qilish va sportchilarda himoya qilish usullarini
takomillashtirnish asosiy ogohlantiruvchi tadbirlardir. Trenrovka mashg‘ulotlarida bokschilar albatta himoya qiluvchi shlemlardan foydalanishlari lozim. Yillab ringda qatnashgan ko‘pgina yuqori malakali bokschilar bir marta ham nokaut yoki
nokdaunga uchramaganligi qayd qilingan. (25)

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish