“Xodimlar to’g’risida nizom”: umumiy qoidalar, ishga qabul qilish,
xodimlarning hamda ish beruvchining huquqlari va majburiyatlari, ish vaqti va
dam olish vaqti, ta’til vaqti, xizmat safariga yuborish, ish haqi, ijtimoiy sug’o’rta
vaa kompensatsiyalar, rag’batlashtirish va intizomiy jazo choralari, mehnat
nizolarini ko’rib chiqish. Bu hujjat jamoa shartnomasida tuzilmagan tashkilotlarda
ayniqsa zarur.
“Tarkibiy bo’linma to’g’risida nizom”: umumiy qoidalar, asosiy vazifalar,
tuzilish, fnuktsiyalar, xuquqlar, javobgarlik, boshqa bo’linmalar bilan o’zaro
munosabatlar, aloqalar, ishlarni tashkil etish.
“Lavozim yo’riqnomasi”: umumiy qoidalar, majburiyatlar, xuquqlar,
javobgarlik, lavozim bo’yicha aloqalar. Lavozim yo’riqnomasida bo’linma
doirasidagi mehnat taksimoti va kooperatsiyasi mustahkamlab qo’yiladi hamda
reglamentlanadi. Lavozim yo’riqnomasining vazifasi bo’linma zimmasiga
yuklangan funktsiyalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlikni ta’minlashdan, har
bir ish joyi uchun huquqlar, majburiyatlar va javobgarlik muvozanatini
o’rnatishdan iboratdir.
Xodimlar bo’limida yuritiladigan xodimlarga oid hujjatlar qo’yidagilardan
iborat:
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar (ishga qabul qilish, boshqa lavozimga
o’tkazish va mehnat shartnomasini tugatish, xizmat safariga yuborish,
kadrlarni rag’batlantirish va intizomiy jazoga tortish, attestatsiyadan
o’tkazish,
tanlovlar
natijalari,
komissiyalarning
tavsiyalarini,
tavsifnomalari va shaxsiy tarkibini tasdiqlash, ustamalar belgilash, ta’tillar
berish to’g’risidagi va boshqa buyruqlar);
Tashkilot, korxonaning shtatlar jadvali;
Mehnat daftarchalari;
11
Xodimlarning shaxsiy yig’ma jildlari;
Kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli va bu ishlar tekshirilgani
to’g’risidagi
ma’ruzalar,
ma’lumotlar,
jamlama
ma’lumotlar,
ma’lumotnomalar;
Xodimlarga bo’lgan extiyoj to’g’risidagi, xodimlarni qisqartirish
(bo’shatish) haqidagi buyurtmanomalar, ma’lumotlar, yozishmalar;
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga doir arizalar, tushuntirish xatlari va
boshqalar;
Mehnat shartnomalari (kontraktlar);
Xodimlarning shaxsiy kartochkalari (T-2 shakl);
Mavjud bo’sh lavozimlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
Bo’sh lavozimlarga qo’yish, lavozimga saylash bo’yicha tanlov
komissiyalarning majlis bayonlari;
Chet elga xizmat safariga yuborilgan mutaxassislarning safar yig’ma
jildlari (so’rovnomalar, tavsifnomalar, tarjimai hollar, xizmat safariga
yuborish to’g’risidagi buyruqlarning nusxalari);
Shaxsiy stavkalar, maoshlar, ustamalar belgilash bo’yicha hujjatlar
(taqdimnomalar, iltimosnomalar, so’rovnomalar, dalolatnomalar);
Ta’tillar berish jadvallari;
Attestatsiya va malaka komissiyalarining majlis bayonlari, qarorlari;
Attestatsiya va malaka komissiyalari a’zolarining ro’yxatlari;
Yangi kasb xodimlarini tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlash to’g’risidagi ma’ruzalar, bildirgilar, ma’lumotnomalar,
jadvallar, o’quv-metodik qo’llanmalar, jamlama ma’lumotlar;
Davlat va idora mukofotlari, unvonlar, mukofotlar berish uchun taqdim
etish
to’g’risidagi
hujjatlar
(taqdimnomalar,
iltimosnomalar,
tavsifnomalar, ob’ektiv ma’lumotnomalar, shrovnomalar, mukofotlash
varaqalari, qarorlardan ko’chirmalar va boshqalar);
Quyidagilar hisobini yuritish daftarlar(jurnallari), kartochkalari;
a) xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat
shartnomasini tugatish to’g’risidagi buyruqlar;
12
b) xizmat safariga yuborilgan xodimlar;
v) harbiy xizmatga majbur shaxslar;
g)
shaxsiy
yig’majildlar,
shaxsiy
kartochkalar,
mehnat
shartnomalari(kontraktlari) va keliShu vlari;
d) mehnat daftarchalari;
e) mehnat haqi, ish staji, ish joyi thg’risidama’lumotnomalar berish;
j) xizmat safari guvohnomalari berish;
z) ta’tillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |