12-FASL. KELISHUV
Oqshom cho’kdi.
Х
adichaning uyidan chiqqan Nafisa Muhammadning uyiga yo’l oldi.
Ruhsat so’rab, ichkariga kirdi. Uy sohibini jimgina hayol surib turgan holda ko’rdi. Go’zal
yuzli, novcha ham, kalta ham bo’lmagan — mo’ta’dil bo’yli, uzun qora sochli,
chehrasidan nur yog’ilib turgan Muhammadga salom berdi. Bexosdan ayolni uning
salobati tutdi. Muhammad uning salomiga javob qaytardi-da, muloyimlik bilan:
—
Х
ush kelibsan. Bunday bemahalda kelishga seni nima majbur qildi? — dedi.
- Safardan sog’-salomat qaytganingni qutlash uchun keldim, — ayol atrofga nazar
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
tashlab, uy ishlari bilan mashg’ul bo’lgan Ummu Aymandan boshqa hech kimni ko’rmadi.
— Ey Muhammad, Ummu Ayman ikkovlaring uyda zerikmaysizlarmi?
— Uylanay desam, kambag’alman, qurbim yetmaydi. Ustiga-ustak, hamma xotinlar ham
sabrli, soliha bo’lib chiqmaydi. Qolaversa, uylanish o’yin emas, jiddiy ish. Agar taqdir
kulib boqmasa, maqsadimga yetishim qiyin. Alloh menga bir soliha ayolni ro’baro’ qilsa,
unga uylanardim.
Nafisa xursand bo’ldi. Maqsadiga erishishiga oz qolganini his etdi. Umid bilan:
— Agar go’zal hulqli, soliha ayolga duch kelsang-u, biroq yoshi kattaroq bo’lsa-chi? —
deb so’radi.
— Bunday ayollarning mahri ko’pligini yaxshi bilasanku! Ularga uncha-muncha erkak
teng kelolmaydi. Ular bilan tenglashishga menga yo’l bo’lsin?
Nafisa maqsadiga erishishiga avvalgidan ham oz masofa qolganini anglab, xotirjamlik
bilan taklif qildi:
— Hech qanday mahrsiz, boy, soliha, chiroyli ayol seni xursand qilsa, nima deysan?
— Ey Nafisa, koshki shunaqa bo’lsa. Bu ayol kim bo’lishi mumkin?
Ayol hayajon bilan, past ovozda dedi:
— Muhammad, bu
Х
adichadir.
Х
adicha binti
Х
uvaylid...
Muhammadning
Х
adichaga nisbatan moyilligi yo’q, emas edi. Agar boy bo’lganida, unga
uylanishi ham mumkin edi. Unda chiroyli fazilatlar tajassum topgandi. Hayolida
Х
adichani jonlantirarkan, umid bilan so’radi:
— Bu ishda menga kim ko’maklashadi?
— Men bosh-qosh bo’laman. Sen
Х
adichaga juda loyiqsan. Men unga borib o’zim
tushuntiraman. Uning fikrini bilishga urinaman. O’ylaymanki, u senga turmushga
chiqishdan bosh tortmaydi.
Nafisa xursand holda o’rnidan turdi. U
Х
adichaning uyiga ko’tarinki kayfiyatda kirib keldi.
Muhammadning rozi ekanini aytdi. Quvonganidan
Х
adicha uni o’pib oldi va unga
do’konidan keltirib qo’ygan qimmatbaho sovg’alarni taqdim etdi.
Kechani xursandchilik bilan o’tkazdi. Alloh unga shunday fazl ne’matni ravo
ko’rayotganidan quvonardi.
Т
ong otgach, amakisinikiga yo’l oldi.
— Amaki, yana turmushga chiqmoqchiman. Nima deysiz shunga? — deb maslahat
so’radi undan.
— Senga biror narsa deyolmayman. Agar otang tirik bo’lganida, biror narsa degan
bo’lardi. Endi o’zing yosh emassan, boy-badavlatsan, Makka saidlaridan birisan.
Т
urmush qurmasdan yolg’iz yashashni afzal bilib kelyapsan...
Т
ag’in bilmasam, ixtiyor
o’zingda.
Х
adicha amakisining so’zlarini bo’lmasdan oxirigacha eshitdi.
— Agar turmushga chiqishga ahd qilgan bo’lsam-chi?
Amakisi unga boshdan-oyoq razm soldi. Keyin hayratlanib:
— Juda yaxshi bo’lar edi. Juda ham to’g’ri o’ylabsan. Lekin
Х
adichaga uylanadigan yigit
qoldimikan? — dedi.
—
Т
urmush quradigan bo’lsang, Quraysh yigitlari ichidan o’zingga munosibini tanla.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Do'stlaringiz bilan baham: |