www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
yuklarimiz oldida, daraxtlarning soyasi ostida o’tirdi. Bu daraxtzor yaqinida bir rohibning
ibodatxonasi bor ekan. Rohib Muhammadni ko’rgach, mendan, daraxtning ostida o’tirgan
kishi kim, deb so’radi. Unga, Qurayshlik yigit deb javob berdim. Rohib hayajon bilan:.
"Ana shu kishi aniq, payg’ambar qilib yuborilgandir. Alloh taolo tez orada odamlar
orasidan bir elchi saylaydi. Daraxtning ortida o’tirgan kishi bo’lajak payg’ambardir!"
dedi».
Х
adichaning hayrati oshgandan-oshdi. Amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfalning
aytganlari rost chiqayotgan edi. "Nahotki, odamlar aytayotgan payg’ambarning zohir
bo’lishiga oz vaqt qolgan bo’lsa?" dedi o’ziga o’zi. Do’konidan qaytgach, Varaqa ibn
Navfalning huzuriga shoshildi. Unga ko’rgan-eshitganlarini hikoya qildi. Amakisi hayajon
ichra: "
Х
adicha, u boshqalarga o’xshamaydigan inson", dedi.
Х
adicha: "U payg’ambar bo’lgunicha kutib turaymi?" deb so’radi. "Albatta, u payg’ambar
bo’ladi, — dedi Varaqa. — Uning sifatlari, husni, xulqi shundan dalolat berib turibdi.
Alloh uning martabasini hozirdanoq boshqalardan yuqori qilib qo’ydi.
Х
adicha uyiga qaytarkan, bir qarorga kelgan edi. Barcha payg’ambarlik sharafi
Muhammadga nasib etishini ta’kidlayotgan bir paytda imkoniyatni boy bermaslikka ahd
qildi. U bu sharofatli yigitga turmushga chiqishni diliga tugib qo’ydi.
11-FASL.
Т
ARADDUD
Х
adicha yaqin orada yer-yuziga rahmat sifatida yuboriladigan payg’ambar haqida o’ylar
edi. El orasida keng tarqalgan fisq-fasodga barham berib, insonlar o’rtasida tenglik
o’rnatuvchi, Baytulloh atrofini yomonliklardan tozalab, tinchlik va omonlikki qaror
toptiruvchi nabiy haqida fikr yuritardi. Bu payg’ambarning kelishiga yaqin qolganini
yurakdan his etardi. U tushida hovlisiga tushib porlagan, keyin butun atrofni yoritgan
Quyoshdir. Kim unga turmushga chiqsa, buyuk fazl egasiga daxldor bo’ladi.
Parvardigorimizning risolatini yoyish yo’lida yordam beradi.
Т
abiiyki, payg’ambarga
yordam bersa, qo’llab-quvvatlasa, Allohning roziligiga ega bo’ladi. Bu ne’mat oldida
uning tijorati, moli hech qanday qiymatga ega emas.
U faqat shunday maqomga erishishni o’ylardi. Lekin qanday qilib unga yetishish
mumkin? Bu haqida gap ochishga hayo, andisha to’sqinlik qilardi. Agar taklifini rad etsa-
chi, unda nima qiladi? Turmushga chiqish taklifi o’zidan chiqqanini eshitgan odamlar
keyin malomat qilishmaydimi?
Bunday javobsiz savollar uni qiynar, lekin bir yo’lini qilmasam bo’lmaydi, deb o’ylar edi
u. Bir sirdosh dugonasi bilan fikrlashguncha ana shunday ikkilanishda yashadi.
Х
adicha,
avvalo, sirdoshiga atab qo’ygan sovg’asini uzatdi. Muloyimlik bilan: "Nafisa, tuhfam
senga yoqdimi? Unga qanday baho berasan?" deb so’radi. Nafisa qo’lidagi sovg’ani
hayratlanib tomosha qilardi. "
Т
o’g’risi, bunaqa chiroyli narsani oldin hech ko’rmagan
edim, — dedi Nafisaning ko’zlari yonib. — Buni Shomdan Muhammad keltirgan,
shunaqa-mi? U chiroyli yigit, go’zallikni sevadi".
Х
adicha: "U juda kamtar yigit", dedi.
Nafisa fikrini davom ettirdi: "U omonatga sadoqat, rostgo’ylik bilan nom qozongan. U
Makka shaytonlari orasida o’zining yoshligi, quvvati, chiroyi, nasabini pok tutgan Amin
emasmi?!»
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Do'stlaringiz bilan baham: |