www.ziyouz.com kutubxonasi
131
Ellik beshinchi gunohi kabira
O‘G’IRLIK
Alloh taolo aytadi:
«O‘g‘ri erkakni ham, o‘g‘ri ayolni ham qo‘llarini kesinglar! (Toki bu) ularning
qilmishlariga yarasha jazo bo‘lsin, Alloh tomonidan berilgan azob bo‘lsin. Alloh
qudrat va hikmat egasidir» (Moida surasi, 38).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min
bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida
o‘g‘irlik qiladi. Ichuvchi xamr ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq
tavba hali ham taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu aytganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiymati
uch dirham bo‘lgan qalqon sababli (qo‘lni) kesganlar» (Jamoat rivoyat qilgan).
Oisha (roziyallohu anho) aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorak dinor
va undan qiymatli (narsalar) uchun o‘g‘rining qo‘lini kesar edilar» (Jamoat rivoyat
qilgan).
Nasoiyning rivoyatida: «Qalqon qiymatidan arzon narsalar uchun o‘g‘rining qo‘li
kesilmaydi», deyilgan. Oisha (roziyallohu anho)dan: «Qalqonning qiymati qancha?» deb
so‘rashganda: «Chorak dinor», deya javob berganlar.
Imom Ahmadning rivoyatida: «Chorak dinor sababli (o‘g‘rining qo‘lini) kesinglar. Bundan
qiymatsiz, arzon bo‘lgan narsalar sababli kesmanglar», deyilgan.
U paytda bir dinor – o‘n ikki dirham, chorak dinor esa uch dirham bo‘lgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la’natlasin: dubulg‘a o‘g‘irlaydi-da,
qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar.
A’mash (rahimahulloh) aytganlarki: «Ular «dubulg‘a» deganda temir dubulg‘ani,
«arqon» deganda bir necha dirham turadigan arqonni nazarda tutishgan» (Buxoriy,
Muslim, Ahmad rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Maxzum qabilasidan bo‘lgan bir ayol qarzga narsa
olib uni qaytarmas, tan olmas edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning qo‘lini
kesishni buyurdilar. Ayolning qarindosh-urug‘lari Usoma ibn Zaydning oldiga kelib, u
bilan gaplashishdi. Usoma Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ayol haqida gapirgan
edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Usoma, Alloh azza va jallaning hadlaridan
bironta had borasida ham o‘rtaga tushganingni ko‘rmayin», dedilar. So‘ng turib
odamlarga qarata shunday hitob qildilar: «Albatta, sizlardan oldin o‘tganlar agar
oralarida sharafli, obro‘li kishi o‘g‘irlik qilsa afv etib, zaif kishi o‘g‘irlik qilsa, qo‘lini
kesganlari sababli halok bo‘lganlar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar o‘g‘ri
Muhammadning qizi Fotima bo‘lganida ham, albatta, qo‘lini kesgan bo‘lardim». Keyin
o‘g‘ri ayolning qo‘li kesildi» (Ahmad, Muslim, Nasoiy rivoyati).
Ulamolar aytadilarki, o‘g‘irlagan narsani egasiga qaytarmas ekan, o‘g‘rining tavbasidan
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
132
hech naf yo‘q. Agar hech vaqosi bo‘lmasa, molning egasidan rozilik olishi shart. Vallohu
a’lam.
Ellik oltinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |