Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Va albatta, Alloh xoinlarning ishini o‘nglamas»



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/210
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#283173
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Va albatta, Alloh xoinlarning ishini o‘nglamas» (Yusuf surasi, 52). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning alomati uchta: gapirsa, 
yolg‘on gapiradi; va’da bersa, va’dasini buzadi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» 
(Muttafaqun alayh). 
 
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon bizga 
murojaat qilsalar: «Omonati yo‘q kishining iymoni yo‘q, ahdi yo‘q kishining dini yo‘q», 
der edilar» (Tabaroniy, Ibn Hibbon rivoyati). 
 
Ya’ni, omonatga xiyonat qiladigan kimsa iymonsiz, ahdiga vafo qilmaydigan kimsa 
dinsizdir. 
 
Har qanday narsadagi xiyonat qabih bo‘lib, ba’zisi yomonroqdir. Ahling va mol-
mulkingga xiyonat qilgan kimsa bilan arzimas pulingga xiyonat qilgan kimsa barobar 
emas. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining 
omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati). 
 
Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin, 
biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan 
ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi» 
(Abu Dovud rivoyati). 
    
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh 
berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh 
berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar-yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud 
rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani 
zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin», 
deganlar (Muslim rivoyati). 
 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga 
kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib 
kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et», 
deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado 
qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga 
berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib, 
unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida 
omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib 
ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov 
omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir», 
dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati). 
 
Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va 
oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr – yaxshilik 
bo‘lmaydi. 
 
Ey Allohim, bizga lutf marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin. 
 
 
O‘ttiz oltinchi gunohi kabira 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish