Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
Yana bir hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan
o‘taturib: «Bu ikkisi (ya’ni, qabrdagi mayyitlar) azoblanmoqda. Biroq katta narsa sababli
azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi. Ikkinchisi chaqimchilik
qilib, gap tashib yurardi», dedilar. So‘ng ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar va har bir
qabrga bittadan bo‘lakni sanchib qo‘ydilar. «Ey Rasululloh, nima uchun bunday
qildingiz?» deb so‘rashganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyad bu novdalar
qurigunicha, ulardan azob yengillatib turilsa», deya javob berdilar. (Muttafaqun alayh).
«Biroq katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q» jumlasini qo‘yidagicha tushunish
mumkin: bu ishlarni tark etish ular uchun juda qiyin emas edi yoki ularning nazarida
juda qiyin emas edi. Shuning uchun boshqa bir rivoyatda: «Yo‘q, u katta gunohdir»,
deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Eng yomon insonlar – ularga bu yuzi bilan, bularga bu yuzi bilan boradigan
ikki yuzlamachi kimsalar ekanini ko‘rasizlar» (Muttafaqun alayh).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimning bu dunyoda ikkita yuzi bo‘lsa,
qiyomat kunida uning olovdan ikkita tili bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha, kim ikkita tilli bo‘lsa, Alloh qiyomat kunida unga olovdan ikkita til
qilib beradi.
«Ikkita tilli» degani, bir toifa odamlar bilan o‘zgacha, boshqa toifa odamlar bilan
o‘zgacha gaplashadigan deganidir.
Imom Abu Homid Fazzoliy aytganlarki: «Odatda, birovning gapini ikkinchi kishiga:
«Falonchi sen haqingda bundoq dedi», deya yetkazuvchi kimsaga «chaqimchi» deyiladi.
Biroq chaqimchilik shuning o‘zi bilangina cheklanib qolmaydi. Chaqimchilik – ochilishi
karih – sanalgan narsani ochishdir. Yomon ko‘ruvchi kim bo‘lishining farqi yo‘q:
gapiruvchimi, gapiriluvchimi yoki gaplashuvchimi. U yoqimsiz narsa nima bilan kashf
qilinishi ham farqsizdir: so‘z bilanmi, yozuv bilanmi, ishora bilanmi va hokazo.
Chaqimchilik qilingan – tashilgan narsa so‘z bo‘ladimi yoki amal bo‘ladimi, ayb yoki
boshqasi bo‘ladimi, barchasi barobardir».
Chaqimchilikning mohiyati sirni fosh qilish va kashf qilinishi karih sanalgan narsani e’lon
qilishdir. Inson boshqa insonlardan ko‘rgan har qanday narsasi haqida gapirishdan tilini
tiyishi lozim. Gapirsa, musulmonlarga foydali yoki ma’siyatni daf qiladigan narsalarni
aytishi mumkin.
Kimga birov gap tashib kelib: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», desa, u kishi
quyidagi oltita ishni qilishi lozim:
1. Uni tasdiqlamaslik lozim. Chunki u chaqimchi, fosiq bo‘lib, uning gapi e’tiborga
olinmaydi.
2. Uni bu ishdan qaytarib, nasihat qilishi va bu ishni qoralashi lozim.
3. Uni Alloh uchun yomon ko‘rishi lozim. Zero, u Allohning huzurida manfur bo‘lib, uni
Alloh uchun yomon ko‘rish vojibdir.
4. Gapirilayotgan kishi haqida yomon gumonga bormasligi lozim. Zero, Qur’oni karimda:
Do'stlaringiz bilan baham: