Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
jamoat bilan ado qiladigan zotlar», deyilgan.
«... va ularning qilgan ishlarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo‘yurmiz»
(Yosin surasi, 12), oyatiga ko‘ra, Alloh namozxonlarning bosgan qadamlarini yozib
qo‘yadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
shunday dedilar: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyi va bozorida o‘qigan
namozidan yigirma besh barobar ortiq bo‘ladi.
Bu shundayki, agar tahoratni chiroyli
qilsa, so‘ng masjidga faqat namoz uchungina borsa, uning har bir bosgan qadami
sababli darajasi ko‘tarilib, xatosi o‘chiriladi. Agar namoz o‘qisa, modomiki joynamozida
turar,
tahorati buzilmas ekan, farishtalar uning haqiga: «Ey Alloh, uni salomat qil, unga
rahm ayla», deya salovot aytib turishadi. Modomiki, namozni kutib turar ekan, u
namozda, deb e’tibor qilinadi» (Muttafaqun alayh).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga u sababli Alloh xatolarni o‘chiradigan,
darajalarni ko‘taradigan narsani ko‘rsataymi?» dedilar. «Ha, yo Rasululloh», deyishdi».
«Yoqmay turganiga qaramasdan,
mukammal tahorat olish, masjidlarga ko‘p qadam
ranjida qilish va bir namozdan keyin boshqa namozga intizor bo‘lish. Bu sizlar uchun
(mahkam ushlashingiz lozim bo‘lgan) arqondir», dedilar.
Xususan, bomdod va xufton namozini jamoat bilan o‘qishga alohida e’tibor berilgan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Munofiqlarga bomdod va xufton
namozidan ko‘ra og‘irroq namoz yo‘q. Agar ularda nima (qanchalik ajr) borligini
bilganlarida edi, garchi emaklab bo‘lsa ham, ularga kelgan bo‘lardilar» (Muttafaqun
alayh).
Ibn Umar aytadilar: «Agar xufton va bomdod namozida biron
kishini topa olmay qolsak,
u haqda yomon gumonga borar edik». Ya’ni, u munofiq ekan, deb o‘ylardik (Hokim
rivoyat qilgan).
Robe’ ibn Xaysamning bir tarafi falaj bo‘lib, ishlamay qoldi. U zot ikki kishiga suyanib,
namozga chiqadigan bo‘ldi. Unga: «Ey Abu Muhammad, siz uzrlisiz-ku. Uyingizda namoz
o‘qishingizga ruxsat berilgan-ku», deyishganida, «Gapingiz to‘g‘ri.
Lekin men
muazzinning: «Namozga shoshilinglar, najotga shoshilinglar», deganini eshitaman.
Kimki unga emaklab yoki sudralib bo‘lsa-da, javob berishga qodir bo‘lsa, shu ishni
qilsin», deya javob berdilar.
Hotamul Asom aytadilar: «Men bir marta jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Faqat Abu
Ishoq Buxoriygina menga ta’ziya bildirdi. Agar bolam o‘lganida edi, menga o‘n mingdan
ko‘proq kishi ta’ziya izhor qilgan bo‘lardi. Chunki, odamlarning
nazdida din musibati
dunyo musibatidan yengilroqdir».
Ba’zi salaflar aytgan ekanlar: «Kishilar qilgan gunohi sababligina jamoat namozini
o‘tkazib yuboradi».
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Umar roziyallohu anhu
xurmozoriga chiqdi. Qaytib kelganda odamlar asr namozini o‘qib bo‘lishgan edi. Umar
roziyallohu anhu: «Albatta, biz Allohnikimiz va biz Unga qaytguvchimiz. Asr namozini
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
jamoat bilan o‘qishdan kechikib qolibman.
Sizlar guvohsizlar, xurmozorim miskinlarga
sadaqa», dedilar. U zot qilgan ishiga kafforat bo‘lishi uchun shunday qildilar».
Hikoya
Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning shayxi Ubaydulloh ibn Umar Qovariydan rivoyat
qilinadi: «Men hamisha xufton namozini jamoat bilan o‘qir edim. Bir kecha uyimga
mehmon keldi. U bilan ovora bo‘lib, jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Basra
masjidlarini aylanib chiqdim. Barcha kishilar xuftonni o‘qib bo‘lgan,
masjidlar yopilgan
edi. Uyimga qaytdim va o‘zimga o‘zim jamoat namozining darajasi yolg‘iz bo‘lib o‘qilgan
namozdan 27 barobar ziyoda bo‘ladi, dedim-da, xuftonni yigirma yetti marta o‘qidim.
So‘ng uxladim. Tush ko‘ribman, go‘yo otliqlar bilan birga ekanman. Mening ham otim
bo‘lib, biz kimo‘zar o‘ynayotgan ekanmiz. Men otimni choptirar, biroq ularga yeta olmas
edim. Shunda ulardan biri menga burilib qarab: «Otingni qiynama,
baribir bizlarga yeta
olmaysan», dedi. «Nima uchun?» deb so‘rasam: «Chunki biz xuftonni jamoat bilan
o‘qidik, sen esa yolg‘iz o‘zing o‘qiding», deb javob berdi. Men uyg‘onib ketdim va
ko‘rgan tushimdan g‘amgin bo‘lib qoldim».
Allohdan tafviq va madad tilaymiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir.
O‘n oltinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: