www.ziyouz.com kutubxonasi
84
Yana bir rivoyatda esa: «Agar ayol erining to‘shagini tark etgan holda tunaydigan bo‘lsa,
to tong otguncha, farishtalar u ayolni la’natlaydilar», deyilgan (Buxoriy, Muslim, Nasoiy
rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamning namozi maqbul
bo‘lmaydi va bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga
qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha; erini g‘azablantirgan – norozi qilgan
ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha» (Ibn
Hibbon, Ibn Huzayma rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Eri hozir bo‘lgan (safarda bo‘lmagan)
ayolga erining ruxsatisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz birovni uyiga kirishiga izn berishi
halol emas» (Buxoriy rivoyati).
Ushbu hadisi sharifdagi hukm ixtiyoriy-nafl ro‘zalarga taalluqli bo‘lib, erning haqi ulug‘
va itoati vojib bo‘lgani bois, undan izn so‘ramay turib xotini ro‘za tutishi mumkin emas.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar biron bandani boshqa bir bandaga
sajda qilishga buyurgan bo‘lganimda, shubhasiz, xotinni eriga sajda qilishga buyurgan
bo‘lardim» (Termiziy rivoyati).
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Alloh taboraka va taolo eriga noshukrlik qiladigan xotinga
qaramaydi. Holbuki, u eridan behojat emas» (Nasoiy, Bazzor rivoyati).
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Qaysi ayol vafot etsa-yu eri undan rozi bo‘lsa, jannatga kiradi» (Ibn Moja,
Termiziy rivoyati).
Rivoyat qilinadiki, ayol qiyomat kuni birinchi bo‘lib namozi va eridan so‘raladi.
Rivoyat qilinishicha, ayol uyidan chiqsa-yu, eri norozi bo‘lsa, to (uyiga) qaytgunicha,
osmondagi barcha farishtalar hamda insu jindan tashqari, u yonidan o‘tgan har bir narsa
unga la’nat aytadi.
Ayol erini norozi qilishdan, g‘azablantirishdan saqlanishi va eri uni xohlagan vaqtida
bosh tortmasligi lozim. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Agar
er hojati uchun chorlasa, garchi (xotini) o‘choq boshida bo‘lsa ham kelsin» (Termiziy,
Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
Ulamolar aytadilarki: «Magar ayol uzrli (hayz yoki nifos ko‘rgan) bo‘lsa, erining
chaqirig‘iga javob bermasligi lozim. Shuningdek, er ham ayoli uzrli bo‘lgan vaqtda bu
ishni talab qilmasligi va uzrli holati tugab, g‘usl qilmagunicha unga yaqinlik qilmasligi
darkor. Zotan, Alloh taolo aytganki:
Do'stlaringiz bilan baham: |