Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
65
Murod boshqa kitobni olib shipillatib yoza ketdi. 
Saldan keyin Turkon ikkovi ishni topshirib chiqib ketishdi. Orqalaridan men chiqdim. 

Menikida elliginchi bet umuman yo'q ekan, — deb qoldi bir payt Murod. 

Nega endi? Albatta bo'lishi kerak, — dedim hayron bo'lib. 

Yo'q, xudo haqqi. Qirq sakkizdan oltmish to'rtgacha ko'rinmadi. 
Keyin kitobni ko'rsatdi. Gapi to'g'ri chiqdi. Aytgan betlari chindan ham yo'q edi. Buning evaziga 
oldingi bobdan ikkita berilibdi. Harholda kitobni muqovalash paytida xato ketgan ko'rinadi. 
— Xo'sh, keyin nima qilding? 
— Qirq sakkizdan uyog'ini ko'chiraverdim. Tavakkalda. 
Ertasiga o'qituvchi yozma ishlarimizning natijasini o'qib berdi. Turkon bilan menga a'lo qo'yibdi. 
— Endi men sizlarga sinfdoshingiz Murodning yozma ishini o'qib bermoqchiman, — dedi u 
kutilmaganda. — Mana, eshitinglar, Birinchi savol: «Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq 
kerak?» Javob: «Tez eskirmasligi, bejirim va ozoda bo'lishi uchun ularni ehtiyot qilish, vaqti-vaqti 
bilan dazmollab turish kerak». 
Hamma sharaqlab kulib yubordi. 
— Jim bo'linglar! Endi ikkinchi savolga o'taman. «Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima 
qilmog'i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi: «Uni tez-tez cho'tkalab turish kerak. Changini 
qoqib bo’lgach, qoziqqa ilib qo'ying. Mavsumi o'tgandan keyin esa bo'xchaga tugib, sandiqqa solib 
qo'yish kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo'lsa, qaynoq suvga solib, sovun bilan ishqalab yuvish, 
keyin oftobda yoyib quritish lozim». 
Kulaverib bolalarning ichagi uzilayozdi. Murodning sha'niga har xil kesatiq gaplar yog'ilib ketdi. 
Boyoqish qattiq o'sal bo’ldi. 

Axir bu gaplarni men o'zim to'qiganim yo'q, kitobdan olib yozdim-ku, — dedi u oxiri 
yigiamsirab. 

Ha, balli, kitobdan ko'chirgansan, bilaman, — dedi o'qituvchi. — Ammo shunda ham 
yanglishibsan. «Bola tarbiyasi» o'rniga «Kiyim-boshga qarash» degan bobni ko'chiribsan. 
— Zaynab menga shundoq degan edi. 
O'qituvchi yalt etib menga qaradi. 
— Iya, Zaynab, o'rtog'ingga ko'chirmachilikni o'rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi ham? 
Endi orqaga chekinib bo’lmaydi. Shuning uchun: 
— Men hecham aldaganim yo'q, afandim, — dedim. — Savollarga kitobning qaysi betidan javob 
topish mumkinligini aytib berdim, xolos. 
O'qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko'rgan edi, masala ravshan bo'ldi. 
— Baribir buni oyingga aytib bermasam bo'lmaydi, — deb o'qituvchi menga po'pisa qildi. 
Oyimni maktabga chaqirib, nima yomonlik qilganimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom 
eshitdim. Dadam: 
— Juda noma'qul ish qilibsan, qizim, chakki bo'pti, — deb koyib berdilar. 
Yaxshiyamki o'sha kuni buvam biznikida edi. Buvam jonimga ora kirdi. 

Bo'ldi endi, bolamni ko'pam koyiyvermanglar, — dedim buvam yonimni olib. — O'rtog'iga aytib 
bergan bo'lsa nima qipti, osmon uzilib yerga tushibdimi? O'zi kitobdan ko'chirib olmapti-ku, axir. 

Birovga aytib berdi nima-yu, ko'chirib oldi nima, ikkoviyam bir go'r, — dedi oyim hovuridan 
tushmay. 

Bas endi, bo'ldi... Maktabda bu ishni kim qil-magan deysan... 
Metin luqma tashladi: 
— Lekin hammayam qoiga tushavermaydi-da. 
Ilojim qancha, bo'lar ish bo'ldi endi. Shundoq 
bo'lsayam o'rinsiz ta'nalar eshitib, dilim xufton bo'ldi. Ayniqsa, Metinning gap-so'zi oshib tushdi. 
Ikki gapning birida nuqul: «Chakki bo'pti-da. Buni eplagan odam qiladi. Qo'lga tushib, sharmanda 
bo'lishning nima keragi bor!» deb piching qiladi. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish