www.ziyouz.com
кутубхонаси
59
mening tarbiyam buzilarkan. Boshqa paytlari bir-birlarining otini aytib chaqirishadi. Qani, yuringlar,
tomosha qilamiz.
— Biz endi uyga chiqaylik. Hademay kinodan qaytib qolishadi, — dedim bunga ko'nmay.
Nurtonning ota-onasi bilan xayrlashgani qo'shni xonaga chiqdik. Ammo shu yerdayoq pushaymon
bo'ldim. Bilganimda buyoqqa kirmasdim. Endi vaqt o'tdi, orqaga qaytib bo'lmaydi.
Dastlab poldagi ko'zaga ko'zim tushdi. Chil-chil sinib yotibdi. Nurtonning oyisi yoqavayron,
sochlari to'zg'igan. Dadasining esa yuz-ko'zi tirnalgan.
— Ko'zani supurib ol, azizim, — dedi Nurtonning dadasi muloyimlik bilan.
Oyisi orqasiga o'girilib qaragan edi, bizni ko'rdi. Keyin qiziga tanbeh berdi:
—
Eshikni taqillatib kirgin, deb aytaman-ku senga. Namuncha quloqsiz bo'lmasang. — So'ng
eridan so'radi: — Qahva olib kelaymi, jonginam?
—
Mayli, azizim, mayli... Ammo juda shirin qilib yubormang, asalim.
Nurtonning dadasi o'tirgan joyda ayol kishining shippagi yotibdi.
— Oyi, Zaynab opamlar ketishmoqchi, — dedi Nurton.
— Yomon yiqilganga o'xshayman, haliyam og'riyapti, — dedi dadasi yuzini burishtirib.
Uyga chiqdik. Metin o'rniga kirib yotdi. Men xatga o'tirdim. Ana, dadamning yo'tali eshitildi.
Kinodan qaytishibdi.
Xo'p, ko'rishguncha xayr. Sog' bo'l, Ahmad.
Zaynab Yolqir.
Mehmon kutdik
Istanbul, 10-fevral, 1964-yil.
Aziz
do'stim Zaynab!
Xatingni oldim. Qo'shni kvartirada bo'lgan voqeani yozgan ekansan. Xatingni o'qiyotib, yaxshiyam
bizning uyimiz kichkina, atigi uchta xonasi bor nima gap bo'lsa darrov bilamiz, deb suyundim'.
Biznikida unaqa noma'qul ishlar bo'lmaydi. Ammo men senga aytsam, oilamizda ko'ngilsiz voqealar
haliyam bo'lib turadi. O'tgan yakshanba kuni xuddi shunday bo'ldi.
Dadam bir kuni ishdan qaytgach, yakshanba kuni xo'jayin biznikiga mehmon keladi, deb qoldi.
Oldiniga ishonmadim, hazil bo'lsa kerak, deb yuraverdim. Chunki dadam xo'jayinini juda yomon
ko'radi, buni bilaman. Qayerda shu odamdan gap ochilib qolguday bo'lsa, dadamning qoni qaynab
ketadi, go'riga g'isht qalab, rosa avra-astarini ag'darib so'kadi.
— Bu odamning bizda nima ishi bor, nega kela di? — hayron bo’lib oyimdan so'radim.
— Bu nima deganing? Dadangning xo'jayini u axir.
— Dadam uni yomon ko'radi-ku?!
— Dadang yomon ko'rsa, dadangni u yaxshi ko'radi.
—
Nima uchun?
—
Chunki dadang hozir fabrikada obroii, kasaba soyuz vakili.
Fabrika ishchilari dadamni bundan bir oy oldin kasaba soyuz komitetiga o'zlaridan vakil qilib
saylashganini eshitgan edim. Xo'jayin shuning uchun kelmoqchi bo'lgan ekan-da, deb qo'ydim
ichimda.
Dadamning xo'jayinini ilgari hecham ko'rmaganman. Qanaqa odam ekan, deb ichimga g'ulg'ula
tushdi. Devday bahaybat bir odam bo'lsa kerak, degan xayolda yurdim.
Uyimizda tayyorgarlik ishlari zo'rayib ketdi. Bir kuni dadam ishdan kela solib, devor oqlashga tush-
di. Devorni oqlab turib ham xo'jayinini bo'ralatib so'kyapti.
— Nega devorlarni oqlayapsiz, dada? Xo'jayinning kelishigami?
— Xo'jayining nimasi?— Dadam qo'lidagi cho'tkani zarda bilan chelakka tiqdi.— Devorni uning
uchun oqlayotganim yo'q. Ko'rmaysanmi, hammayoq kir bo'lib ketibdi.
G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |