Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc



Download 437,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/75
Sana12.05.2022
Hajmi437,9 Kb.
#602394
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
@Kitobxonuz- G aroyib bolalar

www.ziyouz.com
кутубхонаси
58
— deb aytgan ekan. 
Shundan keyin opamni rassomlikka o'qitmoqchi bo'lishdi. Bundan ham biror naf chiqmadi. Endi 
navbat raqsga keldi. Ammo raqs darslarining opamga foydasi katta bo'ldi. U ilgarilari uyda har 
narsaga qoqilib yurar, og'ir chamadon ko'targan odamday nuqul o'zini stol-stullarga urib olardi. Raqs 
mashg'ulotlaridan keyin u gavdasini ko'tarib, orqa-o'ngiga qarab yuradigan bo'lib qoldi. 
Oyim bilan dadam nechog'liq harakat qilishmasin, opamdagi yashirin iste'dodini hecham yuzaga 
chiqarib bo'lmadi. 
— Ha, mayli, qizimizning iste'dodi bir kunmas-bir kun o'zi lop etib chiqib qolar. Oldin o'qishini 
bitirsin-chi, — deyishdi ular oxiri kutaverishdan charchab. 
Opam bir sinfda ikki yil o'qishni o'ziga odat qilib olgan edi, negadir litseyga borganda shuniyam 
eplolmadi. Litseyning ikkinchi sinfida ketma-ket uch yil o'tirib qoldi. Darhol kovushini to'g'rilab 
qo'yishdi. 
— Qizimning o'qishga havasi yo'q, xuddi ro'zg'or ishlariga tug'ilganga o'xshaydi, — dedi shunda 
oyim. 
Har qalay opamning shu sohadagi qobiliyatini sinab ko'rishmagan edi. Ammo sinov muddati 
ko'pga cho'zilmadi — opam oshxonadan ham quvildi. Sababi — opam oshxonaga birrov kirib 
chiqquday bo'lsa, hammayoq alg'ov-dalg'ov bo'lib ketardi. Biror narsani qo'ygan joydan topib bo'lmay 
qoldi. Hatto qozon-kastryullar ham g'oyib bo'lib qolar, ikki-uch kundan keyin esa kutilmagan joydan 
chiqardi. 
Opamni vrachga ko'rsatishdi. 
— Boladan iste'dod izlab, enka-tenkasini chiqarib qo'yibsizlar. Ovsar bo'lib qolibdi. Endi uni tinch 
qo'yinglar, o'ziga kelsin, — deb maslahat beribdi. 
Ana shundan keyin opamni o'z holiga tashlab qo'yishdi. Boyoqish ancha o'ziga kelib qoldi. 
Ammo Metin ikkovimiz opamning kasriga qoldik. Dadam bilan oyim opam bilan ko'p ovora bo'lib 
charchashgan ekan, bizga sira e'tibor bermay qo'yishdi. Men-ku, mayli-ya, ammo Metinga jabr bo'ldi. 
Chunki Metin texnikaga juda qiziqadi. Uyda nima bo'lsa hammasiga uning qo'li tekkan. 
Radiopriyomnik, kir yuvish mashinasi, dadamning soqol oladigan asbobi, xolodilnik, pilesos, gaz plitasi 
va hokazolar Metinni ko'rsa qaltirab turadi, deyman. Ukam soatning biror murvatini olib kastryulga 
o'rnatadi yoki tikuv mashinasining ichidagi lash-lushini radiopriyomnikka joylaydi. Shu vajdan dadam 
uni ustabuzarmon deb chaqiradi. Aslida esa Metinning qo'li qichib turishiga sabab uning texnikaga 
bo'lgan zo'r ishtiyoqidir... 
Qo'shnilarimizdan binning Nurton degan qizi bor. Mana buni antiqa desa bo'ladi. Nurton bir 
o'tirishda besh kishining ovqatini pok-pokiza tushirib qo'yadi. Shundayam onasining ko'ngli to'lmaydi. 
— Bolaginamga ko'z tegdi, ishtahasining mazasi yo'q, — deb zorlanadi. Keyin unga xilma-xil shar-
bat, vitamin, baliq moyi tiqishtiradi. Baq-baqaloq qiz bo'lgan. Otasiyam uning xuddi o'zi — 
xo'ppasemiz. 
Odatda ular biror joyga borishadigan bo'lsa, Nurtonni biznikiga tashlab ketishadi. Metin ham 
shunday. Dadam bilan oyim kinoga ketgan kuni ularnikiga chiqishga majbur. Uyda uni qoldirib 
bo'lmaydi: binoyidek ishlab turgan priyomnik yoki xolodilnik birpasda rasvoyi jahon bo'ladi. Men ham 
unga bas kelolmayman, ko'ngilbo'shlik qilib qo'yaman. Axir kastryulning qopqog'iga soat ulayman, 
necha minutda ovqat tayyor bo'larkin, ko'ramiz, deb tursa qandoq qilib yo'q deyman?! Mana shuning 
uchun ham uydagilar kinoga boradigan bo'lishsa Metin ikkovimiz Nurtonlarnikiga chiqamiz. 
Tunov kuniyam Nurtonlarning uyida edik. Men Metin bilan Nurtonga ertak o'qib berayotgan edim. 
Bir mahal Nurton suv ichib kelaman, deb chiqib ketdi. Darrov iziga qaytdi. 
— Oyim bilan dadam urishayotgan ekan. Yuringlar, tomosha qilamiz, — deb qoldi Nurton. 
— Qayerdan bilding? 
— Ha, o'zim bilaman-da... Suv ichgani ketayotuvdim, oyim ko'rib qoldilar. Darrov dadamga qarab: 
«Jonginam», dedi. Dadam ham: «Sevgan yorim, asalim», deb javob berdilar. Ikkovlari janjallashib 
turishgan bo'lsa meni ko'rishlari bilan nuqul shunaqa deyishadi. Bir-birlariga shirin gap qilishmasa


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish