ASL METALLAR
OLTIN
O‘zbekistonda oltinning jami 600ta konlari, ma’dan ochilmalari
va minerallashish nuqtalari aniqlangan. Shularning 144 tasi O‘zbekis-
ton Geologiya fondi ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirda 12 kon qazib olin-
moqda, 15 ta kon razvedka qilingan, 16 ta kon razvedka qilinmoqda.
1. MURUNTOV KONI. Navoiy viloyati, Tomdi tumani hudu-
dida, Zarafshon shahridan 35 km sharqda, Navoiy shahridan 210 km
shimolda joylashgan.
Kon 1956-yilda ochilgan. 1969-yil 21-iyulda birinchi oltin slit-
kasi eritib olingan. Muruntov karyerida oltinning o‘rtacha miqdori –
3,72 g/t. Kon yuzasi 3 km
2
. Oltinli shtokverk 1200 m chuqurlikgacha
boradi. O‘ta chuqur burg‘ilash qudug‘i yordamida 4000 m chuqur-
likda oltin miqdori – 2–15,2 g/t ekanligi aniqlangan.
Oltin zaxirasi bo‘yicha Muruntov koni Yevropa va Osiyoda eng
ulkan oltin koni hisoblanadi.
118
2. MYUTENBAY KONI. Navoiy viloyati, Tomdi tumani hudu-
dida, Muruntov koni karyeri yonida joylashgan. 1958–60-yillar aniq-
langan. Kon maydoni 2 km
2
. Oltin 2000 metr chuqurlikgacha aniq-
langan. O‘rtacha miqdori – 5–58,6 g/t.
3. CHARMITON KONI. Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tu-
mani hududida, Qo‘shrabot tuman markazidan 70 km shimoli-g‘arbda
joylashgan. 1953-yilda akademik I.X.Hamroboyev tomonidan ochil-
gan. Oltin miqdori o‘rtacha – 10 g/t. Oltinning ma’danlashishi 1050
metrgacha boradi. Jami 50 ta ma’dan tanasi aniqlanib, razvedka
qilingan.
4. CHODAK ma’danli maydoni. Bunga Pirmirob va Guzak
konlari kiradi. Namangan viloyatining Pop tumani hududida, Chodak
daryosining o‘rta oqimida. Qo‘qon shahridan 65 km shimoli-g‘arbda,
Angren shahridan 120 km sharqda joylashgan. 1951–53-yillarda aniq-
langan. Oltin miqdori – 0,8–31,2 g/t. Oltinning minerallashishi 250 m
chuqurlikgacha aniqlangan.
5. QIZILOLMASOY koni. Toshkent viloyati, Ohangaron tu-
mani hududida, Toshkentdan 70 km sharqda, Angren shahridan 10 km
shimoli-g‘arbda joylashgan. Konda qadimgi lahimlar borligi 1913-
yilda aniqlangan. 1959-yilda kon sifatida o‘rganilgan.
6. KO‘CHBULOQ koni. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani
hududida, Toshkentdan 100 km sharqda, Angren shahridan 15 km
janubi-g‘arbda, Ko‘chbuloq soyi o‘rta qismida joylashgan. 1952-yilda
aniqlangan.
7. KAULDI koni. Toshkent viloyati, Piskent tumani hududida,
Angren shahridan 10 km janubi-g‘arbda joylashgan. 1959-yilda aniq-
langan.
8. MARJONBULOQ koni. Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani
hududida. Jizzax shahridan 50 km janubda joylashgan. 1964-yilda
aniqlangan.
9. SARMICH koni. Navoiy viloyati, Nurobod tumani hududida.
Navoiy shahridan 50 km shimolda joylashgan. 1968-yilda aniqlangan.
10. ADJIBUGUT koni. Navoiy viloyati Konimex tumani hudu-
dida. Navoiy-Uchquduq temir yo‘lining 140-razyezdidan 50 km g‘arbda,
Zarafshon shahridan 60 km janubi-g‘arbda joylashgan. 1994-yilda
ochilgan. Kon maydoni 1,2 km
2
. Oltin miqdori – 3–4,8 g/t.
11. QOQPATOS koni. Navoiy viloyati, Uchquduq tumani hu-
dudida. Uchquduq shahridan 36 km shimoli-sharqda joylashgan.
1960-yilda ochilgan. Oltin miqdori o‘rtacha 3,8 g/t.
119
12. DOVG‘IZTOV koni. Navoiy viloyati, Konimex tumani hu-
dudida. 140-temir yo‘l stansiyasidan 6 km shimolda, Zarafshon shah-
rida 42 km janubi-g‘arbda joylashgan. 1967-yilda topilgan. Oltin miq-
dori o‘rtacha – 3,4–4,5 g/t.
13. OMONTOYTOV koni. Navoiy viloyati, Konimex tumani
hududida. Zarafshon shahridan 35 km janubda, 140-temir yo‘l stan-
siyasidan 17 km shimoli-sharqda joylashgan. 1976-yilda ochilgan. Ol-
tin miqdori o‘rtacha – 5,3–27,4 g/t.
Do'stlaringiz bilan baham: |