Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
70
Zirg‘om uni sezmadi. Ular bir hujraga kirishdi, unda na palos, na ro‘zg‘or asboblari bor. 
Yerda don solingan qoplar va idish-oyoq bosilgan qutilarni ko‘rdi. Bular hozirning o‘zida 
savdogarlardan tortib olib kelinganga o‘xshardi. Hammod bir quti ustiga o‘tirib, 
Zirg‘omni ikkinchi quti ustiga o‘tirishga taklif qildi: 
— Bu narsalardan hayron bo‘layotganga o‘xshaysan? 
— Nega hayron bo‘lmay, bu yerni men qaroqchilar joyi deb eshitdim. Sen ham 
shulardan biri ekansan, deb o‘ylayapman. 
— Men ularning biri emas, boshlig‘iman, senga ishonchim komil bo‘lmaganda, 
birinchidan, bu sirni bildirmagan va bu yerga seni boshlab kelmagan bo‘lardim, 
ikkinchidan, ishongan do‘stingning zulmi nimalarga olib kelganini ko‘rib qo‘y, deb seni bu 
yerga olib keldim. 
— Do‘sting, deb amiralmo‘’mininni aytyapsanmi? — tushunolmay so‘radi Zirg‘om. 
— Amiralmo‘’mininni emas, turklar va farg‘onaliklar amirini aytyapman. Yana ham 
aniqrog‘ini ayt desang, u akasi Ma’mun kabi kofirlar amiridir. 
Bunday kutilmagan gaplarni eshitar ekan, Zirg‘om ko‘zlab kelgan maqsadini ham bir 
chekkaga surib qo‘ydi: 
— Bunday gaplarni aytishingga yo‘l qo‘ymayman. Senga ixlosim bo‘lmaganda, bu 
gaplaringni eshitib, chidab turolmagan bo‘lardim. Lekin sadoqating esimda, 
ko‘nglingdagi gaplaringni menga ayt. Yuragingda xalifaga bo‘lgan g‘ashlikni ketkazishga 
harakat qilaman. Biz sening ko‘magingga va qilichingga muhtojmiz. Bizga qarshi kishilar 
ko‘p. Shuning uchun bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak. 
Hammod yaxshilab o‘rnashib o‘tirib oldi. Uning chehrasida g‘amginlik ko‘rinib turardi: 
— Xalifani mudofaa qilayotganing uchun men senga hech narsa demayman, chunki u 
turklar va farg‘onaliklarning do‘sti. Shular tufayli o‘z ahliga va qavm-qarindoshlariga 
yomon nazar bilan qaraydi. Sen esa hozir uning do‘sti va eng yaqin kishisisan. Men seni 
bunga noloyiqsan demoqchi emasman. Bundan ham ko‘proq martabaga arziysan. Lekin 
sen biz arablarning o‘rnida bo‘lganingda, bu odamning qilayotgan zulmiga bardosh 
berolmagan bo‘larding, albatta. Bizga o‘tkazayotgan zulmi kamlik qilgandek, u dinimizga 
ham rahna solyapti. Arab zoti borki, hammasidan u in’omini kesib qo‘ydi. Ularga maosh 
ham berdirmay qo‘ydi. Mu’tasimdan oldingi xalifalardan qaysi biri shu ishni qilgan?.. 
Arablar to‘rt xalifa va umaviylar davrida qancha izzat-obro‘ va an’analarga ega 
bo‘lganini, boshqa millatlar «g‘ing» demay ularga bo‘ysunganinigina emas, hatto 
eroniylar qilichi ostida vujudga kelgan Abbosiya xalifaligining avvalgi davrida ham 
arablar hukmronlikni qo‘ldan bermaganliklarini senga eslatib qo‘ymoqchiman. Mana, 
xalifa Ma’munni olaylik. Mu’tasim kabi mu’tazila* bo‘lib, arablar bilan har qancha urush 
qilgan bo‘lsa ham, lekin ulardan xayr-ehsonini ayagan emasdi. Mu’tasim yo‘qchilik yoki 
qahatchilik sababli ularga beradigan in’omini kesib qo‘ydi desak, xato bo‘ladi. U 
turklarni, ushrusanalik va farg‘onaliklarni qo‘lga olish uchun behisob mol-dunyo sarf 
qilyapti. Ular uchun Somurro shahrini qurdirib berdi. Turli joylardan xotin-qiz cho‘rilar 
olib kelib, ularga hadya qildi, hamyonlarini oltin-kumushga to‘ldirdi. Sen ham arab 
bo‘lganingda, xalifaning bunday ishlariga chidab turolmagan bo‘larding. 
Hammodning haq gapirayotganini anglagan Zirg‘om uning so‘zini rad etishga hech 
qanday dalil topolmadi. Lekin Mu’tasimga bo‘lgan xayrixohligi uni himoya qilishni va 
biror uzr axtarishni taqozo qilardi: 
— Amiralmo‘’minin haqidagi fikrlaringni inkor etmayman, lekin sen «xalifa yomon niyat 
bilan bu ishlarni qilayotir», deb hisoblayapsan. Xalifa davlatga dushmanligi aniq bo‘lgan 
ba’zi arablarga shunday qilyapti, xolos. Arablardan ba’zilari unga qarshi urush ochdi va 
uning farmonidan bosh tortdi. Ammo o‘z xizmatini chin ko‘ngildan ado etuvchilarni xalifa 
juda o‘ziga yaqin tutadi, ularga in’omlar beradi. Mana, qozi Ahmad ibn Abu Duodni 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish