Microsoft Word Фалсафа охиргиси лотин doc


§. Hozirgi zamon fani materiya haqida



Download 318,87 Kb.
bet34/90
Sana14.01.2022
Hajmi318,87 Kb.
#360757
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
12-converted

§. Hozirgi zamon fani materiya haqida

Obyektiv borliq hamisha harakat qilib turuvchi materiyadan iborat. Moddiy dunyo xilma-xildir, unda sodir bo‘ladigan hodisalar ham turli- tumandir. Ularning asosini nima tashkil qiladi degan savol ko‘pgina kishilarni qiziqtirib kelgan. Falsafadagi ikkita oqim bu savolga ikki xil javob berishgan.

Idealizm vakillari narsa va hodisalar asosini sezgi, ilohiy iroda yoki mutlaq g‘oya tashkil etadi deb tushuntirishgan.

Materialistlar esa hodisalarni tabiiy tushuntirishga harakat qilishgan. O‘tmishdagi materialistlar materiyani real narsalar va hodisalarning biror aniq shakllari bilan taqqoslashga harakat qilganlar. Fales dunyoning asosini suv tashkil qiladi degan. Geraklit esa hamma narsaning asosini olov tashkil qiladi deydi. Ba’zi materialistlar dunyoning asosini, barcha narsa va hodisalarning asosini to‘rtta element tashkil qiladi deyishgan. Bular: suv, olov, havo, tuproq. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda materiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Materiya obyektiv reallikni ifodalovchi falsafiy kategoriya bo‘lib, bu obyektiv reallikni inson o‘z sezgilari bilan idrok qiladi va u bizning sezgilarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, bizning sezgilarimiz undan nusxa, surat oladi, uni aks ettiradi.

Ta’rifda materiya ongimizning obyektiv manbai ekanligi va uni bilish mumkinligi ta’kidlanishi bilan birga, o‘tmishdagi falsafiy sistemalardan farqli, materiya hissiy qabul qilinadigan jismlardan, moddalar, zarralardan va hokazolardan iborat etib qo‘ymaydi.

Materiyaning falsafiy tushunchasi uning tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy tasavvur bilan aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Chunki materiyaning falsafiy tushunchasi mutlaq xarakterga ega bo‘lib, fandagi yangi-yangi kashfiyotlar uni tasdiqlab boradi, lekin mohiyatini o‘zgartirmaydi. Materiyaning tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy tasavvur esa fan taraqqiyoti bilan o‘zgarib, kengayib boradi.

Materiyaning falsafiy tushunchasini uning tabiiy-ilmiy tasavvuridan farqini tushuna olmagan ba’zi tabiatshunos va faylasuflar materiya yo‘q bo‘ldi degan fikrga borishdi. Buning sababi XX asr boshlarida fizika fanida bo‘lgan yangiliklar edi. Atomning o‘z navbatida yanada mayda zarrachalarga – elektron, protonlarga bo‘linib ketishini kashf etilishi

«materiya yo‘qoldi» deb xulosa chiqarishlariga olib keldi.

Materiya yo‘q bo‘lmaydi, uning tuzilishi haqidagi eski tasavvur- larimiz yo‘q bo‘ladi, uning xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarimiz chegaralari kengayadi, uning tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida chuqurroq tasavvur vujudga keladi.

Materiyaning tuzilishi haqidagi hozirgi zamon ilmiy tasavvurlari uning tizimli tarzda tashkil topganligi to‘g‘risidagi g‘oyaga asoslangan. Masalan, har qanday makrojismni muayyan molekulalar majmui sifatida qarash mumkin. Har qanday molekula ham tizimdir. U atomlar va ular o‘rtasidagi muayyan aloqalardan iboratdir. Har bir atomning yadrosi o‘z navbatida ichki tarkibga ega. Oddiy misol, vodorod atomida yadro bir zarra hajmiga teng keladigan protondan iborat. Nisbatan murakkab atomlar yadrosi proton va o‘zaro ta’sir qiluvchi va neytronlardan tashkil topadi. Proton va neytronlar ham murakkab tuzilmalardir. Ular tarkibida ham o‘ziga xos elementlar – kvarklar mavjud.

Tirik tabiatni o‘rganganimizda ham, biz materiyaning tizimli tuzilishini ko‘ramiz. Masalan: hujayra va undan tashkil topgan organizmlar murakkab tizimlardir. Jamiyatda ham ko‘p miqdordagi o‘zaro tutashuvchi tizimlarning tiplari mavjuddir: odam, oila, turli kollektivlar, birlashmalar va tashkilotlar, partiyalar, sinflar, millatlar, davlatlar, davlatlarning tizimlari va yaxlit jamiyat ham.

Moddiy olamning har qanday obyekti yagona va takrorlanmasdir. Lekin obyektlar qanchalik yagona va takrorlanmas bo‘lmasin, ular tuzulishida umumiy belgilar bor. Masalan: atomlarning juda ko‘p turlari bor, lekin ular bir tipda tuzilgan (atomda yadro va elektron qobig‘i bo‘lishi kerak). Turli makrojismlarda, hujayralarda, ulardan tuzilgan tirik organizmlarda ham umumiy belgilar topish mumkin. Tuzilmalardagi umumiy belgilarning mavjudligi turli obyektlarni muayyan moddiy tizimlar turkumiga birlashtirish imkoniyatini beradi. Bu turkumlarni ko‘pincha materiya tuzilishining darajalari yoki materiyaning turlari deb atashadi.

Materiyaning hamma turlari genetik ravishda bog‘langan, ya’ni ularning har biri boshqasidan kelib chiqadi, rivojlanadi. Hozirgi zamon

fani materiyaning tuzilishini uning darajalari iyerarxiyasi tarzida tasavvur qilishni o‘rgatadi. Unga ko‘ra materiya tuzilishi tashkiliy strukturaviy va miqyosiy strukturaviy darajalariga bo‘linadi.




  1. Download 318,87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish