Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/45
Sana06.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#432292
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
chol-va-dengiz-qissa kutubxonachi.uz

kutubxonachi.uz
 – Xalq xizmatida.  
YouTube
 | 
Telegram
 

Telegram Bot
 
44
Erta bilan bola kulbaga ko‘z tashlagani kirganda u uxlab yotardi. Shamol shunday ham kuchaygan 
ediki, bundan qayiqlar dengizga chiqolmay qolgan, shundan bo‘lsa kerak, bola qonib uxlab, keyin odati 
bo‘yicha kanda qilmay, chol kulbasiga kelgan edi. Cholning nafas olayotganiga o‘z ko‘zi bilan ko‘rib 
ishonch hosil qildi-yu, ammo nazari uning qo‘llariga tushgandan keyin yig‘lab yubordi. U kofe keltirish 
uchun kulbadan ohista qadam tashlab chiqdi va butun yo‘l bo‘yi yig‘lab bordi.
Qayiq tevaragiga juda ko‘p baliqchilar to‘plangan, ularning bari qayiqqa bog‘log‘liq narsani tomosha 
qilishardi; baliqchilardan biri pochasini shimarib qo‘yganicha suvda turar va chizimcha bilan baliq 
suyagini o‘lchar edi.
Bola ularning yoniga tushib o‘tirmadi; u bu yerda bo‘lishga boya ulgurgan va baliqchilardan biri 
qayiqqa qarab turishga va’da bergan edi.
— Qalay, ahvoli tuzukmi?— qichqirdi baliqchilardan biri bolaga.
— Uxlayapti,— javob berdi bola. O’zining yig‘layotganini ko‘rayotganlari ham endi bari bir edi.— 
Uni bezovta qilmaslik kerak.
— Buning tumshug‘idan , dumigacha o‘n sakkiz fut chiqar ekan!— qichqirdi o‘lchayotgan baliqchi.
— Chiqmay ham ko‘rsin,— dedi bola.
U Terrasga kelib, bir banka kofe so‘radi:
— Menga qaynoq kofe bering, suti va shakari ko‘proq bo‘lsin.
— Yana biron narsa olgin.
— Kerak emas. Uning nima yeyishi mumkinligini keyin qarab ko‘raman.
— Oh, ana balig‘-u, mana baliq!—dedi xo‘jayin.— Tengi yo‘g‘-a, tengi. Ammo sen ham kecha ikki 
zo‘r baliq tutding.
— E qo‘ysang-chi, mening balig‘imni!—dedi bola va yana yig‘lab yubordi.
— Biror narsa ichib olmaysanmi?—so‘radi undan xo‘jayin.
Kerakmas,—dedi bola.—Ularga aytib qo‘y, Santyagoning me’dasiga tegishmasin. Men yana 
kelaman.
— Shunday bo‘lib chiqqaniga mening ham juda achinayotganligimni aytib qo‘y unga.
— Rahmat,— dedi bola.
Bola kulbaga qaynoq kofe solingan bankani keltirib qo‘ydi va to chol uyg‘onmaguncha uning yonida 
o‘tirdi. Bir safar bolaga go‘yo u uyg‘onayotganday bo‘lib ko‘rindi, ammo chol yana og‘ir uyquga 
cho‘mdi, shundan so‘ng bola kofeni isitish uchun qarzga bir oz o‘tin olgani qo‘shnilarnikiga ketdi.
Nihoyat chol uyg‘ondi.
— Yetaver, turma,—dedi unga bola.— Mana buni ichib ol!— stakanga kofe quyib uzatdi u.
Chol undan stakaini olib, kofeni ichdi.
— Ular meni yengib qo‘yishdi, Manolin,— dedi u.— Ular meni yengishdi.
— Ammo uning o‘zi seni yengolmabdi-ku, axir. Axir baliq seni yengmabdi-ku!
— Yo‘q yengmadi. To‘g‘ri gapdan qochib qutulib bo‘larmidi. Bu voqea keyin bo‘ldi.
— Qayiq bilan asbob-uskunalarga Pedriko qarab turadigan bo‘ldi. Baliqning boshini nima 
qilmoqchisan?
— Uni Pedriko to‘rlarga xo‘rak qilib maydalay qolsin.
— Tig‘ini-chi?
— Xohlasang, uni esdalik uchun o‘zingga olib qo‘ya qol.
— Xohlamay-chi,— dedi bola.— Kel endi, bundan keyin nima qilishimiz haqida gaplashib olamiz.
— Meni qidirishdimi?
— Bo‘lmasa-chi. Qirg‘oq soqchilari ham, samolyotlar ham qidirishdi.


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish