Adir mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 400-500 m dan to
1000 -1200 m gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan bo‘lib, tog‘lar
oldini egallaydi. O‘simliklar qoplami cho‘lga nisbatan biroz qalinroq
chunki yog‘in miqdori yilik o‘rtacha 300-450 mm ni tashkil etadi.
Mintaqada qizil, sariq lolalar, cho‘chmomolar, qizg‘aldoqlar, rang,
qorabosh, qo‘ng‘irbosh, arpaxon, taroqbosh, gulxayrilar, no‘xatak,
yantoq, qashqar beda kabilar yaxshi o‘sadi. Adirlardagi o‘simlik turlari -
638 xil.
Butalar deyarli uchramaydi. Yarim bo‘talardan shuvoq katta
maydonlarni hosil qiladi. Hayvonat dunyosi cho‘lga qaraganda kamroq.
Asosan kaltakesaklar, ilonlar ko‘plab uchraydi. Inson uchun eng xavfli
ilonlar, chayonlar ko‘proq. Yirtqichlardan tulki yashaydi. Jayra, bo‘rsiq,
tipratikonlar uchraydi. Qushlardan: chug‘urchiqlar, ko‘k qarg‘a, kaklik,
kalxat, qirg‘iy va burgutlar ko‘proq. Adirlardagi vohalarda chumchuqlar,
bulbul, qaldirg‘och, kakku va hakkalar ko‘plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |