Ekologiya sohasida fuqaroviy-huquqiy javobgarlikni qo‘llash uchun
quyidagi shartlar bo‘lishi kerak:
– yetkazilgan zararning mavjudligi;
– aybning bo‘lishi;
– harakat yoki harakatsizlik qonunga (huquqqa) xilofligi;
– zarar oxirgi zarurat va zaruriy mudofaa tufayli yetkazilgan bo‘lsa,
ushbu holatni hisobga olib, sud tomonidan jazo chorasini belgilashdir.
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlikning o‘ziga xos tomoni shundaki,
subyektning ekologiya sohasida huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun
1
Yetkazilgan zarar uchun fuqarolik huquqiy (mulkiy) javobgarlik fuqarolik
kodeksida aniq ko‘rsatilgan: Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси. –
Т., 2011.
62
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi uni yetkazilgan zararni o‘z
vaqtida to‘lash yoki qoplash majburiyatidan ozod etmaydi
1
.
Shuning uchun ham ekologiya huquqida fuqaroviy-huquqiy javob-
garlik davlatning ekologik manfaatini, ekologik talablarni, ekologik
qonunlarni, subyektlar yoki mulk egalari yetkazgan ekologik zararni
qoplash hamda mazkur sohadagi barcha huquqiy normalarni bajarishiga
qaratilgandir.
Ushbu talab, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 48-
49, 51-52-moddalarida batafsil yoritilgan.
Ekologiya sohasida fuqaroviy-huquqiy javobgarlik quyidagi hollarda
namoyon bo‘lishi mumkin:
1) tabiat boyliklaridan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish talab-
lari va qonunlarini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash,
to‘lash, qaytarish.
Ushbu holatlar O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» (86-88-m),
«Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun (25-m), «Yer
osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun (47-50-m), «Suv va suvdan foy-
dalanish to‘g‘risida»gi qonun (117-118-m.)larida batafsil ko‘rsatilgan.
2) yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar
dunyosi davlat (umumxalq) mulki bo‘lib, ushbu obyektlar oldi-sotdi, hadya
qilish, garovga qo‘yish, ayriboshlashga ruxsat etilmaydi.
Qilinayotgan barcha harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonun-
lariga zid kelishi mumkin emas va har qanday tuzilgan bitimlar
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonun
talablariga mos kelishi lozim (Fuqarolik kodeksi, 113-128-m.);
3) tabiat
boyliklaridan
foydalanishda
ekologiya
tizimidagi
subyektlar qonuniy huquqlarini himoya qilish bilan birgalikda, ular
(o‘zlari) tomonidan yetkazilgan zararni ham qoplashlari, to‘lashlari shart.
Bunda Fuqarolik kodeksining 324–339 moddalari talabidan kelib
chiqiladi.
Masalan, korxona, muassasa, tashkilot chiqargan zararli chiqitlari
bilan atmosfera havosini ifloslantirishi, ishlab chiqarilgan mahsulot
sifatini buzishi mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida
majburiyatlarni bajarmaslik va buzish uchun ham javobgarlik ko‘rsatilgan.
1
Qarang: Холмўминов Ж.Т. Экологик қонун талабларини бузганлик учун
фуқаровий-ҳуқуқий жавобгарлик муаммолари // Хўжалик ва ҳуқуқ. – 2001. –
№2. – Б. 17-20.
63
Ushbu qonunning 333-moddasiga asosan, qarzdor aybi bo‘lgan
taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib
belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada
bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rmaganligini
(jumladan ekologiya sohasida ham) isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.
Fayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik tufayli ekologiya tizimiga
yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar ekologik
zarar yetkazuvchi tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Qonun hujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni
to‘lashdan tashqari tovon to‘lash majburiyatlari ham belgilab qo‘yilishi
mumkin.
Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda
tutilgan hollarda to‘lanishi lozim va hokazo.
Ekologik huquqbuzarlik (jinoyat)lar natijasida yetkazilgan zarar
asosan ikki shaklda namoyon bo‘ladi:
1) iqtisodiy-ekologik – ushbu shaklda sodir etilish jarayoni tabiat
zaxiralaridan foydalanuvchi subyektlarning mulki hamda daromadlariga
zarar yetkaziladi;
2) ekologik-huquqiy – yetkazilgan zararning xususiyati shundaki,
yer-suvni ifloslantirish, yerlarni va boshqa tabiat obyektlarini foydala-
nishdan chiqarish, daraxtlarni qirqish, atmosfera havosini ifloslantirish
va boshqa holatlarda namoyon bo‘ladi.
Shunisi e’tiborliki, ekologiya sohasida tomonlarning shartnoma va
shartnoma majburiyatilarini buzganlik oqibatida ham fuqaroviy-huquqiy
javobgarlik qo‘llanishi mumkin.
Ekologiya sohasida shartnoma tuzish – fuqaroviy-huquqiy
bitimlarning turlaridan biri. Uning farqlovchi xususiyati shundaki, u ikki
yoki ko‘p tomonlama bitimdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ham
shartnoma ekologiya sohasida majburiyatlar paydo bo‘lishining eng
muhim asoslaridan biridir.
Ekologiya sohasida shartnomalar tuzish shakli bo‘yicha yozma yoki
og‘zaki bo‘lishi mumkin.
Ekologiya sohasida xalqaro shartnoma majburiyati bilan bog‘liq
bo‘lgan masalalar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning
53-moddasida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa ekologik qonun-
larida aniq ko‘rsatilgan.
64
Ekologik huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni
qo‘llash o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, boshqa yuridik javobgarliklarga
nisbatan ancha og‘irroqdir.
Ekologik huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni
qo‘llashdan maqsad – ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlikka
baho berish, uning oldini olish, unga qarshi kurashish va boshqalardir.
Ekologiya sohasida jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortish uchun asos
bo‘lishi uchun jinoiy huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etilishi darkor.
Ushbu sohada jinoiy huquqiy javobgarlikka tortishning huquqiy
asosi asosan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida va bir
qator yuridik adabiyotlarda
1
ko‘rsatilgan.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik (jinoyat) – tabiat boyliklariga,
davlatning ekologik siyosati va ekologik boshqaruv tizimiga, ekologiya
sohasida qabul qilingan huquqiy-normativ hujjat va qonunlarga,
talablarga, inson, uning yashash muhiti, kelajagi va hayotiga nisbatan
qasddan yoki ehtiyotsizlikdan qilingan ijtimoiy xatti-harakat yoki
harakatsizlik.
Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlikning elementi quyida-
gilardan iborat: obyekt, subyekt, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, uning o‘ziga xos belgilari: aybning mavjudligi, ijtimoiy
xavflilik darajasi, huquqqa zidligi va jazoga sazovorligi boshqa turdagi
huquqbuzarliklarga nisbatan og‘irroq ko‘rinishda bo‘ladi va O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning obyekti – tabiat boyliklari yer,
suv, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o‘rmon, hayvonot va
o‘simliklar dunyosi hamda inson hayoti va atrof-muhit.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni subyekti – jismoniy va yuridik
shaxslardir.
Obyektiv tomoni – subyekt tomonidan amaldagi tabiatni muhofaza
qilish va ekologik qonunlarni qo‘pol buzish. Bu quyidagi talablarni o‘z
ichiga oladi: a) mavjud ekologik qonunlarni buzish; b) tabiat va uning
boyliklariga zarar yetkazish yoki unga xavf tug‘dirish; c) subyektiv
tomoni tegishli huquqbuzarlik sodir etilishi va o‘zaro bog‘liqlik.
Subyektiv tomoni – subyektning qasddan yoki ehtiyotsizlik
oqibatida ekologik jinoyat sodir etishi. Zero, bunda ayb, qilmishning
1
Кабулов Р. Уголовная ответственность за нарушение санитарного
законодательства или правил борьбы с эпидемиями. – Ҳуқуқ–Право–Law. –
2000. – С. 67–68.
65
ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi va jazoga sazovorlik darajalari
yuqoridagi xatti-harakatlarni o‘zida ifoda etadi.
Ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning
belgilanishi ayrim prinsiplarga tayanadi.
a) yuridik javobgarlikka tortishning haqiqat mezoniga mosligi;
b) qilingan ijtimoiy xatti-harakat uchun qonuniy jazoni belgilash va
uning muharrarligi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida birinchi marta
ekologiya sohasidagi jinoyatlar ko‘rsatilib, unga alohida, XIV bob
«Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi
jinoyatlar» deb nom berilgan. Mazkur jinoyatlar Jinoyat kodeksining
193-204 va 229
1
- moddalarida o‘z aksini topgan.
Jumladan, Kodeksning 193-moddasida – ekologiya xavfsizligiga oid
normalar va talablarni buzish; 194-moddasida – atrof tabiiy muhitning
ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib
ko‘rsatish; 195-moddasida – atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini
bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik; 196-moddasida – atrof tabiiy muhitni
ifloslantirish; 197-moddasida – yer, yer osti boyliklaridan foydalanish
shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish; 198-moddasida –
ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni
nobud
qilish;
199-moddasida
–
o‘simliklar
kasalliklari
yoki
zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish; 200-moddasida –
veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish; 201-moddasida – zararli
kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish; 202-
moddasida – hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini
buzish; 203-moddasida – suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini
buzish; 204-moddasida – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini
buzish; 229
1
-moddasida – yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab
olish jinoyatlari uchun javobgarlik ko‘rsatilgan
1
.
Ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun eng kam oylik ish
haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida
ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo choralari ancha
kuchaytirilgan.
1
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т., 2013.
66
Xullas, ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik (jinoyat)lar uchun jinoiy
javobgarlikning qo‘llanilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu mazkur
sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish va
sodir etilganlari uchun odil jazo berishga qaratilgandir
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |