Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
— Mayli, sizlar ham so‘rang, surishtiring, — dedi pakana xotin choy ho‘plab. — Qa’nida 
turamiz. Shundoq guzar oldidagi qo‘shqavat darvoza. Odilxo‘ja desangiz hamma biladi. 
Mahmud bukurning yonidagi hovli. 
— Ovsinim kuyov bo‘lmishning onalari! — Atlas ko‘ylakli ayol jilmaydi. — Muborak 
chevar desangiz, hamma taniydi. «Zinger» mashinalari bor. 
Meni Odilxo‘jayu Mahmud bukur ham, Muborak chevaru, «Zinger» mashinasi ham 
qiziqtirmas, ikki ko‘zim qandda edi. O‘zimning borligimni bildirib qo‘yish uchun 
qalamtaroshni qo‘limdan tushirib yubordim. Oyim yalt etib qaradi-yu, pastki labini 
tishlab, bilinar-bilinmas bosh chayqab qo‘ydi. Bu — «uyat bo‘ladi, chiqib ket», degani 
edi. Qanddan umidimni uzib chiqib ketishdan bo‘lak choram qolmadi. Yarim soatdan 
keyin sovchilar ketishdi. Kuchugimning alami ichida qolgan ekan shekilli, oyimning hay-
haylashiga qaramay, sovchilarni ancha joygacha «kuzatib» keldi. 
Uch kundan keyin sovchilar tag‘in kelishdi. Sochining uchiga so‘lkavoy taqqan paranjili 
xotin bilan yana o‘sha novcharog‘i. Bu safar novcha xotin qarg‘ashoyi ko‘ylak kiygan, 
bo‘yniga dur osib olgan edi. Oshxonada ovqat qilayotgan opam darvozadan kirib 
kelayotgan mehmonlarga ko‘zi tushishi bilan tomorqaga qochib ketdi. Bu safar sovchilar 
uzoqroq o‘tirishdi, oyim ularni moshxo‘rda bilan mehmon qildi. Kechki ovqatdan keyin 
opam idish-tovoqni yuvish uchun oshxonaga chiqib ketganida oyim dadamga qaysi kungi 
sovchilar tag‘in kelishganini aytdi. 
— Yaxshi, tag-zoti ko‘rgan odamlarga o‘xshaydi. O‘g‘liyam muallim emish. Uningiz yo‘q, 
buningiz yo‘q deb o‘tirmaymiz, boriga baraka qilib to‘y qilaveramiz deyishyapti. 
Dadam anchagacha indamadi. 
— Surishtirib ko‘rish kerak, — dedi oxiri. — Bu— umr savdosi. — Keyin shisha 
nosqovog‘ini olib, nos otdi. — Qizingni ko‘ngliniyam bilish kerak. 
Shu bilan gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Dadam eski paxtaligini kiyib, kechqurungi 
smenaga ishga jo‘nadi. Biz — aka-ukalarga jon kirdi. «Qushim boshi» o‘ynadik, o‘rta 
barmoqni topish o‘ynadik. Oxiri o‘yindan o‘q chiqdi. «Oshxo‘rakam kaptar» 
o‘ynayotganimizda akamning boshi ukamning boshiga qattiqroq urilib ketdi shekilli, 
ukam arillab yig‘lay boshladi. Oyim bilan opam koyib-koyib, joy solib berishdi. Hamma 
uxlab qoldi. Men bo‘lsam anchagacha uxlolmay yotdim. Bir mahal tashqarida chaqmoq 
chaqdi. Ketidan momaqaldiroq gulduradi. Sharillab jala quyib yubordi. 
— O‘lsin, — dedi oyim o‘rnidan turib. — Chakka o‘tyapti. 
Opam ikkovlari tokchadan tovoqlarni olib chakka o‘tadigan joyga qo‘yishdi. Ko‘zimni 
yumib yotsam ham qayerdan o‘tishini bilaman. Burchakda, sandiqning oldidan, keyin 
kavshandoz yaqinidan o‘tadi. 
Opam bilan onam yana joylariga kelib yotishdi. Opam deraza tagiga, oyim — ukamning 
yoniga. Men bo‘lsam chakkaga quloq solib yotibman. «Chak-tik-puk», «Chak-tik-puk...» 
Chakillayveradi, chakillayveradi, xuddi soatga o‘xshaydi. Faqat ohangi har xil: «chak-tik-
puk...» 
Endi ko‘zim ilingan ekan, opamning xo‘rsinganini eshitib yana uyg‘onib ketdim. 
— Nimaga kelishaveradi, oyi! 
— Sovchimi? — dedi oyim. — Keladi-da, qizim. Qizlik uy — bozor. Shoh ham keladi, 
gado ham. Birovning eshigiga umid bilan kelgan odamni xafa qilish gunoh. 
Oyimning uyqusi o‘chib ketdi shekilli, ovozini ancha balandlatib gapira boshladi. 
— Qadim zamonda bir saxoba o‘tgan ekan. Oy desa oyday, kun desa kunday, yakkayu 
yagona qizi bor ekan. Bir kuni uch joydan uch sovchi kepti. Saxoba sovchilarning dili 
og‘rimasin, deb uchalasigayam rozilik berib yuboribdi. Keyin nima qilishni bilmay, 
Xudoga nola qipti. O‘zi bittayu bitta qizim bo‘lsa, uch joyga so‘z berib qo‘ygan bo‘lsam, 
endi nima qilaman, deb yig‘labdi. Shunda Xudoning rahmi kelib bir kechada saxobaning 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish