www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
sut obersang bo‘lmaydimi?
— Hoy olifta, mashinangni pod’yezd tagiga qo‘yma, bu yer senga garajmas!
Ba’zan kichkina qizalog‘im eshikdan hasrat qilib kirib keladi.
— Klava xola meni durochka dedi.
— Nima qiluvding?
— Samokatni tez uchirganmishman.
— Ha, endi, o‘zing ham tez uchmagin-da...
Klava xolaning ovozi bir kun chiqmay qolgan edi, darrov bilindi. Surishtirsam,
kasalxonaga tushibdi. Buyragi xasta ekan. Bechoraning hammaga dashnom berib
o‘tirishiyam bir davlat ekan. Butun «dom» zerikib qoldi. Ikki haftacha o‘tgandan keyin
Klava xola bilan yonma-yon turadigan qo‘shnimiz eshik taqillatib keldi.
— Yuz so‘m qarz berib turing, — dedi iltimos qilib.— Klava xolaga uch yuz so‘m kerak
bo‘lib qopti. Ikki yuzini qo‘shnilardan yig‘dik.
— Nimaga kerak bo‘pti?
— Anig‘ini bilmayman, — qo‘shnim yelkasini qisdi.— Ammo judayam zarurmish.
Berdim. Oradan bir oycha o‘tgach, Klava xola qaytib keldi. Uy tagidagi harrakda
shumshayib o‘tiribdi. Rangi bir holatda. Odamlarga dashnom beradigan holiyam yo‘q.
— Voy-bo‘, yosharib ketibsiz-ku! — dedim ko‘nglini ko‘tarish uchun.
Klava xola inqillab o‘rnidan turdi.
— Rahmat, o‘g‘lim, — dedi negadir ta’zim qilib. — Katta yordam berding. Pulingni
qaytaraman. Pensiyamdan beraman. Yig‘ib-yig‘ib.
Shundoq shaddod kampirning ta’zim qilib turishi g‘alati ta’sir qilib ketdi.
— Qiziqmisiz, men sizga pulni gapirayotganim yo‘q-ku. Tuzukmisiz, o‘zi?
— Operatsiyadan yaxshi chiqdim, — Klava xola ma’yus jilmaydi. — Pul bermasam
bo‘lmadi.
Hayron bo‘ldim.
— Kimga?
— Kim bo‘lardi, vrachga!
Beixtiyor yoniga o‘tirib qoldim.
— Kimga deysiz?
— Vrachga! — Klava xola mening soddaligimdan afsuslangandek ohista bosh chayqadi.
— Uch yuz so‘m bermasam bo‘lmasdi. Operatsiya qilmasdi. Qilsayam, yarim yildan keyin
o‘ladigan qilib kesardi.
Rostini aytsam, tovonimdagi jonim hiqildog‘imga keldi.
— Nima, xirurg sizdan pul talab qildimi? Kim o‘sha vrach? Familiyasi nima?
— E, bolam, qo‘ysang-chi! — Klava xola qo‘l siltadi. — Familiyasini aytganim bilan nima
o‘zgarardi?
Garangsib qoldim.
— Nima, vrach sizdan rostdan ham pul so‘radimi?
— Oy sinok, sinok! — Klava xola og‘ir bosh chayqadi. — So‘ragani yo‘q, so‘ragani yo‘q.
Faqat seshanba kuni operatsiya qilamiz, deydi-da, jumaga qoldiradi, juma kuni
operatsiya qilamiz deydi-da, seshanbaga qoldiradi. Odammisan demaydi. Oxiri
palatadagi kasallar o‘rgatishdi. 300 so‘m bersangiz, darrov stolga oladi, deyishdi. Pul
berishim bilan muomalasiyam o‘zgardi, o‘ziyam boshqacha bo‘p qoldi. — Klava xola
mahzun kulib qo‘ydi. — Nimayam derdim. Vrach ham odam. Undayam nafs bor. Bir og‘iz
rahmat degan so‘zingga muhtojmi. Bolnitsaga yotishga order olaman, desang, qo‘lingga
qarab turadi-ku. Bu-ku butun boshli operatsiya.
Dunyoda har xil ablahlik bor. Lekin bemorni davolash uchun pora olish...
Oradan ikki haftami, uch haftami o‘tgach, jiyanimning to‘yi bo‘ldi. Nevropatolog bo‘lib
Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov
Do'stlaringiz bilan baham: |