planetalar nomi. Osmon jismining oʻrnini oʻzgarishi yerdagi vaziyatni qadimdan
ilm-fan ahllariga ayon boʻlgan. Kompas boʻlmagan vaqtdayulduzlarni moʻljal qilib
savdo karvonlari kechayu-kunduz yoʻl yurishgan. Xalq ertaklarida qahramonlar oʻz
yoʻllarini kechqurunlari yulduzlarga ularning joylashish oʻrinlariga qarab
Номшунослик масалалари. Тошкент.
71
topishgani bayon etilgan. Kosmonimlarning oʻziga xos xususiyatlari borligi koʻp
ijodkor va olimlarning e’tiborda boʻlganligi hammaga ma’lum. Masalan, VIII
asrning ikkinchi yarmida Xorazmda yashagan Muso al-Xorazmiy “Zij” nomli
astronomiya jadvalini yozgan. Forobiy esa astronomiyaga oid asarlar yozib, osmon
jismlarining oʻziga xosliklarini bayon etgan. Abu Rayhon Beruniy zoʻr astronom
sifatida “Astronomiya kalidi”, “Mas’ud jadvali” asarlari bilan oʻz davrida Oʻrta
Osiyo da astronomiya fanining taraqqiyotiga bebaho hissa qoʻshdi, yerning
yumaloqligi, uning tortish quvvati fasllarning oʻzgarishi yerning va boshqa
planetalarning quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi ilmiy fikrga yaqinlashdi
hamda astrologiyani fosh qildi. XI asrning donishmandi Yusuf Xos Hojiboʻzining
1069-1070 yilllarda yozib tugallangan. “Qutadgʻu Bilik’’nomli 73 ta bobdan
iborat dostonining muqaddimasida yettita planeta toʻgʻrisida maxsus toʻxtalgan.
1.Oy.2. Miirix -Mars 3. Zuhra- Venera 4.Quyosh 5.Aturod, Merkuriy 6.Mushtariy
-Yupiter 7. Kayvon Saturn. Ulugʻbek nomi bilanshuhrat qozongan Muhammad
Taragʻay “Zichi Ulugʻbek” nomi bilan mashhur boʻlgan astronomik jadvali
astronomiya fanini yangi taraqqiyotpogʻonasiga koʻtardi. 1018 ta yulduzni holati
1
va harakatini oʻrganib chiqdi.U oʻzidan oldin oʻtgan Erotosfen, Gipparx,
Ptolomiy al-Bottoniy, Ibn Yunus, Tusiy va boshqa astronomlarning bu sohadagi
muvaffaqiyatlarini orqada qoldirgan. Bularning hammasi mamlakatimizda olimlar
astronomiyaga jiddiy e’tibor qilishganini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda astronomlar
yangiyangi osmon jismlarini zamonaviy teleskoplar bilan topib, nomlashmoqda.
Osmon jismlari nomlarini tadqiq qilgan rus olimi Y.A.Karpenkoning
ta’kidlashicha,planeta va yulduzlarni xudolar nomi bilan atash Sharqdan kelib
chiqqan boʻlib, faqat Arastu (er.av.384- 322 yillar) davriga kelgandagina yunonlar
yulduzlarni oʻz xudolari nomi bilan atay boshlaganlar ”Avesto” kitobidagi
kosmonimlar bu fikrlarni yanada tasdiqlaydi.Yulduz va sayyoralarga iloh sifatida
qarash,ularga sigʻinish. “Avesto”da ham muhim oʻrin egallaydi. Kitobda jami 21
yasht boʻlib, bu yashtlardan bir nechtasi osmon jismlariga alqovlardan iborat:
1
ДўсимовЗ.,ТиллаеваM. “Хоразм ономастикасинг шаклланиши”.
72
’’Moh yasht’’ oyga, ’’Xurshid yasht’’ va “Mehr yasht’’- quyoshga”, “Tiyr yasht”
“Siriyus yulduziga,’’ “Vanant yasht’’- Antares yulduziga bagʻishlangan,ushbu
osmon jismlariga sajda qilingan, sharaflangan. ”Avesto” ning yettinchi yashti
boʻlgan “tiyr yasht”da buning isbotini topish mumkin:
Yulduzlarning hamrohi,
Tishtiriyaga namoz,
Somon yoʻli bagʻrida,
Somon yoʻli yulduzlariga,
Bariga alqovimiz
Do'stlaringiz bilan baham: