3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyoda nimaiki, mavjud moʻjizalar bor, bari-
barisi parvarishga asrab-avaylanishga muhtoj. Bevosita til ham. Bunda eng katta
mas’uliyat tilshunoslar zimmasiga yuklanishi, tabiiy. Mamlakatimiz birinchi
prezidenti Islom Karimov ham aynan shuni nazarda tutib ”Yuksak ma’naviyat
yengilmas kuch” asarida quyidagi fikrlarni keltirib oʻtganlar: ”Biz ajdodlardan
avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni
asrab avaylashimiz, uni boyitish nufuzini yanada oshirish ustida doimiy
ishlashimiz zarur”
1
. Oʻzbek tilshunosligida yangi paydo boʻlgan va jadal
rivojlanishga yoʻl tutgan sohalardan biri oʻzbek onomastikasidir. Atoqli otlar
paydo boʻlishi, mohiyati va vazifalariga koʻra xalq ma’naviyati, mafkurasi
madaniyati bilan zich bogʻlangan lugʻaviy qatlamdir. Chunki joy nomlarida
oʻzbek xalqining oʻtmish tarixi, ijtimoiy-siyosiy falsafiy qarashlari, etnografik
diniy tasavvurlari oʻz ifodasini topgan. Mana shu ma’noda nomlar xalqning
madaniy, ma’naviy, lisoniy merosidir. Mamlakatimiz birinchi prezidenti
I.A.Karimovning “Ma’naviyat oʻz xalqining tarixini, uning madaniyati va
vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga
aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda
tutishimiz kerak.Xotirasiz barkamol kishi boʻlmaganidek, oʻz tarixini bilmagan
xalqning kelajagi ham boʻlmaydi”
2
- degan fikrlari oʻlkamizdagi nomlarni tadqiq
qilish uchun ham tegishlidir. Keyingi yillarda oʻzbek tilshunosligi nomshunoslik
sohasida anchagina jiddiy ilmiy yutuqlarni qoʻlga kiritdi. Atoqli otlarning leksik-
grammatik guruhlari haqida monografik tadqiqotlar, ilmiy-ommabop maqolalar
ham e’lon qilindi. Atoqli otlarning materiallarini toʻplash va oʻrganish nafaqat
tilshunoslik uchun, balki tarix, etnografiya, geografiya, madaniyat tarixi va boshqa
bir qator fanlar uchun ham qimmatli materiallar beradi. Atoqli otlarning oʻziga xos
ba’zi lisoniy tomonlari borki, ular umumadabiy til va dialektal muhit, adabiy
norma va regional (mintaqaviy) mezon doirasida hal qilishni talab qiladi. Atoqli
1
Каримов И.А.“Юксак маънавият енгилмас куч”. Тошкент, 2009.
2
Каримов И.А.“Ўзбекистон ўз истиқлол тараққиёт йўли”. Тошкент, 1992.
4
otlarning imloviy xususiyatlari ham mana shu masala doirasiga kiradi.Ma’lumki,
atoqli otlarning lugʻaviy asosini turdosh soʻzlar tashkil qiladi. Oʻtgan davr ichida
joy nomlari, oʻzbek ismlari va etnonimiyasini oʻrganish boʻyicha anchagina ishlar
amalga oshirildi. Ushbu sohada qilingan ilniy tadqiqotlarning salmogʻi ortib
bormoqda. Z.Doʻsimov, E.Begmatov, T.Nafasov, S.Qorayev, B.Oʻrinboyev,
N.Oxunov, T.Ernazarov, X.Xolmoʻminov, S.Naimov kabi olimlarning tadqiqotlari
oʻzbek onomastikasi rivojiga qoʻshilgan munosib hissadir. Atoqli otlar alohida,
yakka holda olingan narsalar, jufrofiy obyektlar, hodisalar uchun berilgan maxsus
nomlardir. Agarda turdosh otlar narsa va hodisalar haqidagi tushunchasini
umumlashtirib, mujassamlab atasa, atoqli otlar yakkalab, bir-biridan ajratib farqlab
ataydi. Daryo soʻzi oʻzbek tilida har qanday barcha daryolarning umumiy nomidir,
ammo, Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo, Qoradaryo, Oqdaryo, Qashqadaryo,
Surxondaryo soʻzlari esa alohida daryolarning atoqli otlaridir. Koʻrinadiki, atoqli
otlarning asosiy vazifasi bir turdagi narsalar, joylar, oʻrinlarni bir-biridan farqlash,
ajratishga xizmat qiladi. Har qanday tilning ma’naviy boyligini, negizi va
nafosatini undagi soʻzlar belgilaydi. Shu sababli soʻzlarni barcha mutafakkirlar
javohirlarga, marvarid va durlarga qiyos qilishadi. Har bir tilning qanchalik boy va
serqirraligi, birinchi navbatda, soʻzni miqdori bilan belgilanadi. Tilshunoslikda
atoqli otlar sohasining oʻrganilishi ham hozirgi kunda dolzarb masalalardandir.
Obyektlarga atab qoʻyilgan nomlar nafaqat muayyan joyning tarixi haqida oʻzida
ma’lumot tashiydi, shu bilan birgalikda lingvistik element sifatida ham xalqning
tarixiy madaniyati va ma’naviyati haqida guvohlik beradi. Oʻzbek nomshunosligi
oʻtgan asrning 2-yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohasiga
aylandi. Birinchi prezidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas
kuch” asarida keltirilgan quyidagi fikrlari yana bir bor buni tasdiqlaydi:
”Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning koʻcha va xiyobonlari metro va avtobus
bekatlari, katta-katta maydonlar binolarni bezab turgan oʻzbekcha nomlar shior va
lavhalarni koʻrib bularning barchasini odatiy hol sifatida qabul qiladi. Tariximizda
bu manzara butunlay boshqacha koʻrinishga ega edi. Birgina Toshkent shahridagi
5
koʻchalarning nomlarini oʻqib beixtiyor qaysi mamlakatda yurganingizni bilmay
qolar edingiz. Lenin, Marks, Lopatin, Kirov, Voroshilov shunisi ajablanarliki,
bolsheviklar partiyasining dahriylari boʻlmish bu insonlarning birortasi ham
umrida yurtimizga qadam qoʻymagan bizning tariximiz va qadriyatlarimizga
mutlaqo aloqasi boʻlmagan kimsalar edi. Yoki shahardagi aksariyat turar joy
mavzelari “S1”, “S2”, ”S15” degan odamda hech qanday his-tuygʻu, xotira
uygʻotmaydigan mavhum nomlar bilan atab kelinganini eslaylik. Ushbu sohada
ilmiy tadqiqotlarning salmogʻi ortib bormoqda. Bugungi kunda oʻzbek
tilshunosligida atoqli otlarni jiddiy oʻrganishni boshlab bergan olimlardan
Z.Doʻsimov, ”Xorazm toponimlari” boʻyicha E.Begmatov hamda uning
shogirdlari sanaladi. Onomastika, ya’ni atoqli otlarning nazariy masalalariga
geografik obyektlarni hududiy jihatdan tadqiq etishga bagʻishlangan monografik
kuzatishlar birin-ketin paydo boʻldi. Doktorlik nomzodlik ishlari qilindi. Ushbu
sohaning yirik tadqiqotchilari maydonga keldi. Oʻzbek nomshunosligi oldida asta-
sekin tarixga aylanayotgan, unutilayotgan oʻzbek ismlari majmuasini iloji boricha
toʻliq toʻplash, ularni ilmiy tahlil qilish, ismlarning izohli lugʻatlarini tuzish,
ularning yuzaga kelishi, berilishi bilan aloqador rasm-rusumlar, odatlar,
an’analarni oʻrganish va ilmiy jihatdan umumlashtirishdek gʻoyat muhim vazifalar
turibdi. Tilimizning boshqa lugʻaviy boyliklari kabi oʻzbek ismlari, familiyalari
ham ma’lum e’tibor va gʻamxoʻrlikka muhtojdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |