mavjudotlarning nomlari. Xudo bitta. Lekin qadim Gʻarbiy Yevropa gresiya
Yunoniston Midiya Misr kabi davlatlarda hosildorlik dengiz olov xudosi, Jang
xudosi yaxshilik va yomonlik xudolari kabi diniy qarashlar boʻlgan. Shu qarashlar
qadimgi xalqlar tabiat hodisalari va boshqa tabiiy ofatlardan qoʻrqishgan. Masalan;
“Avesto”da kitobida Xudolar nomi keltirilgan shular orqali ilohiy madad olishgan.
Goʻzallik Xudosi. toʻkin-sochinlik Suv xudosi. Afinada Zevs urush xudosi
xudosi Axriman. Hind eposlarini oladigan boʻlsak,ular uchun muqaddas deb
qaraladigan Krishna, Ram, Lakishman Zevs. Oʻzbek tilida bir qancha teonimlar
mavjud boʻlib, ular oʻziga xos genezesiga ega. Teonimlarni tahlil qilishda ularning
ma’no koʻlami va qoʻllanish doirasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Qoʻllanish
doirasi va semantik jihatdan teonimlarni, oʻz navbatida, ikkiga ajratishimiz
umumlashtirib ifodalovchi nomlar mazmunan yakka ilohiy zotni ifodalash uchun
qoʻllanadi va bir qancha tillar uchun umumiy soʻz vazifasini oʻtaydi.Iloh
tushunchasini xususiylashtirib ifodalovchi nomlar esa ayrim tillarda mazmunan
73
ba’zan yakka ilohni, ba’zan botil e’tiqodlardagi ma’budlarni ifodalaydi va ma’lum
din, ma’lum xalq bilan chegaralanadi. Iloh tushunchasini umumlashtirib
ifodalovchi nomlardan biri Xudo soʻzidir. Uning ikki xil ma’noda qoʻllanishi
kuzatiladi: a) musulmon kishining tilida yagona xoliq ma’nosida; b) boshqa
dinlarga mansub adabiyotlarda iloh tushunchasining umumiy ifodasi. Masalan:
olov xudosi, quyosh xudosi kabi. Ahura “Avesto”da buyuk va shodlik ma’nolarida
Mehr va Apom Napot ilohlarining sifati tarzida ham ishlatilgan. ”Gohlar”da va
“Yangi Avesto”da hukmron, yoʻlboshchi, ulugʻ ma’nosida odamlarga nisbatan
ham qoʻllaniladi va uni pahlaviychaga “xutoy’’ (xudoy) tarzida oʻgirganlar.
Ikkinchi qism mazda esa yodga tushirmoq,xotirlamoq ma’nolarini ifodalaydi. Bu
soʻz sanskritda medhas-boʻlib, donish-bilim va hush-aql ma’nosini anglatadi.
Mazdo xudo, iloh, ma’nosini ifodalash uchun qoʻllanganda hushyor,dono, har
amaldan ogoh mazmunida iste’foda etiladi. Ahriman “Avesto”da Angramaynyu
tarzida kelgan, pahlaviy va forsiyda,yuqorida ta’kidlanganidek, Ahriman (“I’’si
qisqa) yoki Ahriman (“I’’si choʻziq), koʻrinishini olgan hamda”urushqoq va
dushman tangri’’ ma’nosini anglatgan. Eroniylarning dunyoning paydo boʻlishi
haqidagi mifologiyasida Spantamaynyu (Spanmaynu)ga qarshi qoʻyilgan ikki bosh
olihdan birining nomi. Bundan tashqari But va budda teonimlari asosida yana bir
xususiy iloh nomini bir xususiy iloh nomini anglatuvchi burxon soʻzi yasalgan Bu
soʻz shimoli-sharqiy turkiy tillarda va qirgʻiz eposlarda xudo, sanam ma’nolarida
keng qoʻllanadi. Oʻzbek tilida iloh tushunchasini ifodalovchi bir necha soʻzlar
mavjud boʻlib, ularning koʻpchilik qismi leksik genezisi “Avesto”ga borib
taqaladi. Shuningdek, davrlar oʻtishi bilan bu iloh nomini ifodalovchi soʻzlar
semantikasida ayrim oʻzgarishlar ma’noda kengayish yoki torayish jarayonlari
sodir boʻlgan hamda qollanish doirasi oʻzgarib borganularning ayrimlari umumiy
iloh nomini ifodalash uchun, ayrimlari esa xususiy iloh nomini ifodalash uchun
xoslanib qolgan.
II bob yuzasidan xulosa shuki, tobora rivojlanib borayotgan oʻzbek
tilshunosligida boy faktik materiallar yetarlicha. Atoqli otlarning leksik-semantik
74
guruhlari ham ancha qiziqarli. Toponimlar, antroponimlar, gidronimlar,
etnonimlar, kosmonimika, teonim, zoonimlar, fitonimlar nomshunoslik sohasida
ancha rivojlanib borayotgan va oʻz mutaxassisidan yuksak bilim ilmiy-amaliy
tajriba talab qiladi. Mustaqil ilmiy tadqiqot olib boruvchi shaxsni ham oʻz ustida
ishlashga jarayonga chuqurroq yondashishga undaydi. Oʻz mutaxassisidan mehnat
va izlanish talab qiladi. Ayniqsa toponim antroponim kosmonim fitonim kabi
sohalar ancha qiziqarli faqat oʻz mutaxassisi emas balki, boshqa soha vakilini ham
oʻqib shu ma’lumotlardan xabardor boʻlsa, diqqatini tortadi. Xulosa shuki, atoqli
otlarga qiziqish hozir paydo boʻlgan deb qarasak xato boʻladi antik davrdan buyon
kishilar tomonidan nomshunoslik masalalariga qiziqish dastlabki tasavvur va
fikrlar boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: