otlar koʻp uchraydi. Sodda tarkibli nomlar- atoqli otlarni tarkibiga koʻra tahlil
qilish usuli ancha keng tarqalgan. Ayniqsa, bu toponimlar, antroponimlar,
etnonimlar tadqiqi misolida yaqqol namoyon boʻladi. Atoqli otlarning tuzilishi
deganda uning morfologik tarkibi nazarda tutiladi. Nomning morfemalardan, ya’ni
lugʻaviy asos va yasovchi vosita yoki lugʻaviy asos va yasovchi vosita yoki
lugʻaviy asos va formantdan iborat tarkibi uning tuzilishini tashkil etadi. Nomlarni
morfologik jihatdan tadqiq qilish atoqli otlarning bir qator oʻziga xos lisoniy
xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo qiladi. Garchi soʻzning morfologik
tarkibini belgilash soʻz va morfemaning munosabatlarini belgilashdan iborat
boʻlsa, atoqli otlarning morfologik tarkibida bu jarayon ancha murakkabdir. Atoqli
otlarning koʻpchiligi sinxron planda morfemalarga ajralmaydi. Ularning aksariyat
koʻpchiligi tarixiy taraqqiyot jarayonida har xil fonetik va tarkibiy jihatdan
oʻzgarishga uchragan. Hozirgi davrda tarkibiga koʻra boʻlinmas deb qaraladigan
nomlar diaxron tahlil jarayonida butunlay teskari natija berishi ham mumkin.
Shunday ekan, bu borada tarixiy morfologik tadqiqotlar samarasini ham e’tibordan
qoldirmaslik lozim. Nomlarni tarkibiga koʻra tadqiq qilish jarayonida bu xildagi
oʻziga xosliklarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Sodda tarkibli nomlar
tarkibiga koʻra birgina lugʻaviy asosdan iborat boʻlgan birliklardir: Avaz, Avgʻon,
83
Araz, Bonu,Ganja, Dovud, Jayhun, Zuhro, Iso, Idris, Koʻfa, Layli, Mori, Musna,
Navfal, Nayman, Ovshar, Orzu, Palang, Rustam, Ravshan. Qoʻshma tarkibli
nomlar- birdan ortiq lugʻaviy asoslardan hosil boʻladi. Ularning tarkibida nomning
qaysi onomastik guruhga taalluqli ekanligini koʻrsatuvchi onomastik indikatorlar
ishtirok etadi. Masalan, xon (Avazxon), jon (Qorajon), pari (Oypari), rabot
(Qoʻshrabot) kabi. Qoʻshma tarkibli nomlarni yasalish qolipiga koʻra bir necha
turga boʻlish mumkin: 1.ot+ot; Bu qolip birliklari turli xil onomastik elementlardan
tashkil topadi: 1) antroponimik+indikator: Avazxon, Alixon, Albandjon, Bobobek,
Vafobek, Dalliboy, Yortiboy, Oilabiy, Ermonbiy, Odilshoh, Goʻzalshoh, Misqol
pari, Yunuspari, Aqchaqal’a. 2. Sifat+ot: Boʻzdumon, Boʻzogʻlon, Yomonqishlov,
Yomonjar, Koʻktemir Koʻkgul, Oqdev, Oqrabot, Oqsuluv, Saridev,Qoradev,
Qiziloyoq, Qiziljar, Qizilbosh, Qoʻngʻirboy, Qora alam buva, Qoratulpor,
Yalpoqbosh kabilar. 3.son+ot: Uchgumbaz, Uch yuz oltmish avliyo, Qirqotlar,
Toʻqqiz duqon Chortut, Chortoq va boshqalar. Atoqli otlar bir turdagi predmetni
boshqasidan ajratib koʻrsatish uchun ishlatiladi. Atoqli otlar nimani atab kelishiga
koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) shaxs nomlari b) gazeta jurnal, kitob asarlarga
qoʻyilgan nomlar d) korxona, tashkilot, firma, muassasa nomlari, e) geografik
nomlar , f) hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar. g) yulduz, sayyora nomlari: h)
mahsulot nomlari, i) unvon, medal, orden, mukofot nomlari. J) muhim tarixiy sana,
voqea va bayram nomlari.
Do'stlaringiz bilan baham: