Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

12

parisi hijronida telbanamo bo‘lib qolibdi. Shu kundan boshlab u kunu tun sohilda ko‘z yosh to‘kib Suv 



parisini izlab yurar, atigi uzoqdan bo‘lsa ham bir ko‘rsam, deb yalinib-yolvorib so‘rar ekan. 

Vaqt-vaqti bilan dengiz toshganda u suv bo‘yiga chiqib: 

 

Qayda suzib yurasan, ey Buyuk Ona baliq! 

— deb kuylar ekan. Suv qaytganda esa yana: 

 

Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq! 

— deb kuylarkan. 

 

Oydin kechalarda kezar va kuylarkan: 



Bu dengiz sog‘inchimdir, 

Bu suvlar ko‘zim yoshi. 

 

Qorong‘i kechalarda kezar va kuylarkan: 



Yer esa — yolg‘iz boshim... 

Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq!.. 

 

Suv toshganda kezar va kuylarkan, suv kaytganda kezar va kuylarkan... Shu orada qish ketib



izidan bahor ham o‘tibdi. Yoz kunlari baxtiqaro yigit sohilda maymoqlanib, giryon kezib yurar, 

tizzasigacha asov to‘lqinlarga botib, Suv parisi ko‘rinib qolarmikin, sado berarmikin, degan ilinjda 

dengizga uzoq-uzoq tikilar ekan. Ana shunday kunlardan birida yigit dengizning qirg‘oq yakinidagi 

sayoz joyida bola yig‘isiga o‘xshash ovozni eshitibdi. Bola emas, hozirgina tug‘ilgan norasida chirillab 

yig‘layotganday ovoz eshitilibdi. Yigit u yerga chopib boradi-yu, o‘z ko‘ziga o‘zi ishonmay qoladi — 

suvning sayoz yerida, to‘lqinlar ichida goh ko‘rinib, goh ko‘rinmay faryod chekib o‘tirgan 

qipyalang‘och chaqaloqqa ko‘zi tushadi 

Go‘dak: «Mening otam kim? Qani mening otam?» — deb chirqirab yig‘larmish. Oqsoq yigit buni 

ko‘rib, hayratdan hang-mang bo‘lib qolibdi. Chaqaloq esa uni ko‘rishi bilan: «Dadajon, men sizning 

o‘g‘lingizman! Meni bu yerdan olib keting!» debdi. 

Qarang, qanday ajoyib-g‘aroyib voqealar yuz bermaydi deysiz! O‘sha odam o‘z bolasini bag‘riga 

bosib uyiga olib ketibdi. 

Bola tez o‘sib, ulg‘ayibdi. Dengizga ovga chiqadigan bo‘libdi. Jasur va kuchli ovchi degan nom 

chiqaribdi. Tolei baland bo‘lib tug‘ilgan ekan: dengizga to‘r tashlasa — g‘ij-g‘ij baliq chiqar, yoydan 

o‘q otsa, dengiz hayvonining bo‘g‘zini teshib o‘tar ekan. Uning shuhrati uzoq-uzoqlarga, o‘rmonlaru 

tog‘lar ortiga ham taralibdi. O‘rmon qabilasidan bo‘lgan esli-hushli bir qizni barcha rasm-rusmlari 

bilan unga olib berishibdi. Farzandlar tug‘ilibdi. Shunday qilib, Suv parisi — Ona baliq avlodi 

ko‘payib, dunyoga, tarqalibdi. Bayramlarda aytiladigan qo‘shiq o‘shandan kolgan ekan: 

 

Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq? 

Sening qaynoq pushtingdan — mangu hayot boshlangan, 

Sening qaynoq pushtingdan — undik dengiz bo‘yida, 

Sening qaynoq bag‘ringdir — ochunda eng go‘zal joy. 

Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq? 

Xuddi nerpa boshiga o‘xshaydi oppoq siynang, 

Bizni boqdi dengizda xuddi shu oppoq siynang 

Qayda suzib yurasan, ey, Buyuk Ona baliq! 

Eng devkor, alp erkak suzib borar sen tomon, 

Sening pushting, urug‘ing gullab-yashnasin, debon, 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish