Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

32

bir yerda aylanib to‘xtab qoldi... 



Shunaqa oshiqib haydashning nima keragi bor edi? Bu bilan biron narsaga erishishdimi? Nima 

foyda ko‘rishdi? Mabodo bir joyda turishganida nima bo‘lardi? Albatta, hech narsa bo‘lmasdi. 

Qayiqdagi har bitta odam chamasi shular haqida o‘ylar edi. Shu payt O‘rxon oqsoqol tilga kirdi: 

— Endi quloq solinglar, — dedi u vazminlik bilan, chamasi o‘zini koyitmaslikka harakat kilib, 

chunki u ikki kundan beri hech nima yemadi ham, ichmadi ham. — Ehtimol, bu tuman hali-beri 

tarqamas. Odatda shunday yillar, shunday voqealar bo‘lib turadi. Buni o‘zlaringiz ham bilasiz, dengiz 

ustida tuman sakkiz kunlab, ba’zida o‘n kunlab turib qoladi. Muddati kelmaguncha kasal tuzalmas, 

deganlariday tuman dengiz ustidan jilmay qoladi. Bu muddat qachon keladi, buni hech kim bilolmaydi. 

Agar bu tuman ham shuning singari tez orada tarqamaydiganlaridan bo‘lsa, unda holimiz ne kechadi? 

Qoq baliq ham juda oz qoldi, suv bo‘lmagandan keyin, uning kimga ham hojati bor. Suvimiz bo‘lsa, 

mana! — chol shunday deb, bochkachani chayqatdi. Chamasi, bochkacha tagida bir, bir yarim hovuch 

suv qolgan edi, xolos. 

Hech kimdan sado chiqmadi. Chol ham jimib qoldi. Uning nima demoqchi ekanligini hamma 

tushunib turardi: bundan buyog‘iga kuniga faqat bir marta, o‘shandayam cho‘michning yuqini ichish 

kerak. Shunday qilganda iloji boricha uzoq chidash, tuman balosini yengish, unga bardosh berish 

mumkin, deb o‘ylashardi. Havo ochilib, yulduzlar chiqib yo quyosh charaqlab ketsa marra bizniki, deb 

o‘ylashardi. Zora, baxtlari chopib, xavo ochilib ketsa, zora yergacha yetib olishsa! 

Aslida ham shunday qilmasa bo‘lmasdi. Boshqa ilojlari yo‘q edi ham! Lekin aytishga oson — 

odam qachongacha chidashi mumkin? Goho uydagi gap ko‘chaga to‘g‘ri kelmaydi, xayol boshqa, 

hayot boshqa deganday. Azobda qolgan barcha odamlar hoziroq suv ichishni, cho‘mich yuqidamas, 

to‘yib, qonib ichishni xohlar edilar. 

Bu mudhish ahvoldan qutulish mushkulligini O‘rxon bobo tushunardi va shuning uchun ham u 

boshqalardan ko‘ra ko‘proq iztirob chekardi. Chol hammaning ko‘zi oldida qurib, so‘lib borardi. Ichki 

bir dardning zo‘rligidan qat-qat ajin bosgan yuzi qorayib, battar burishib borardi. Yoshlanib turgan 

ko‘zlarida zo‘riqish va sarosimalik alomatlari aks etardi — bunday iztiroblarga bardosh berish chol 

uchun juda og‘ir edi. Lekin qurib qolgan daraxtni faqat tomiri zo‘rg‘a tutib turganday chol o‘zini 

oxirigacha mardona tutardi. Ammo bu hol uzoq davom etishi mumkin emasdi. Odamlarning falokatdan 

qutulib qolishi uchun zarracha ahamiyatli bo‘lgan gapni ham aytib qolish kerak edi. 

— O‘ylashimcha, — so‘zida davom etdi O‘rxon oqsoqol. — Har lahza diqqat bilan atrofga nazar 

tashlab, havodan ko‘z uzmay turish kerak — to‘satdan agukuk

9

 o‘tib qolishi mumkin. Bunday tuman 



paytida dengiz ustidan faqat agukuk uchib o‘ta oladi. Mabodo, biz biror orol bilan yerning oralig‘ida 

kolgan bo‘lsak, qushning uchishidan yo‘lni bilib olishimiz mumkin. Qanday qush bo‘lsa ham dengiz 

ustidan faqat to‘g‘riga qarab uchadi. Agukuk ham xuddi shunday. 

— Mabodo biz orol bilan yerning oralig‘ida bo‘lmasak-chi? — g‘amgin so‘radi Milxun, hamon 

boshini quyi solganicha. 

— Unda yerni ko‘rolmaymiz, — dedi bosiqlik bilan O‘rxon bobo. Kirisk aniqlashga intildi. Nega 

endi agukuk dengiz tepasidan uchadi? 

Bunaqa olis joydan uchish qushga zarur keptimi? Ammo undan avval xuddi shu fikrni Milxun 

aytib qoldi. 

— Mabodo agukuk bizning tepamizdan uchib o‘tishni unutib, boshqa tomondan uchib o‘tishni 

xohlab kolgan bo‘lsa-chi, atkichx? Unda nima qilamiz? — dedi u ma’yuslanib, istehzo bilan. 

— Unda yerni ko‘rolmaymiz, — dedi yana bamaylixotir O‘rxon bobo. 

— Demak, ko‘rolmaymiz! — hayron bo‘lib g‘azablandi Milxun. — Unaqasigayam, 

bunaqasigayam ko‘rolmas ekanmiz-da! Unday bo‘lsa biz bu yerda nega o‘tiribmiz? — g‘azabi toshib 

jo‘ldiradi u va birdan qah-kah urib kulib yubordi, so‘ng yana dami ichiga tushib ketdi. Hammaning 

                                                      

9

 Agukuk — qutb boyqushi. 




Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish