Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

35

Lekin bu tun ham ob-havo zarracha o‘zgarmadi. Dengiz ustidagi tuman avvalgiday parvoyi falak, 



dong qotib qolgandi. Borliqni yana bo‘g‘iq oqshom zulmati bosdi. Qetidan aql bovar qilmaydigan 

darajada uzun, chidab bo‘lmas darajada qorong‘i, dahshatli tun boshlandi. Lekin qaniydi tun oralig‘ida 

shamol tursa, mayli, bo‘ron tursa, to‘fon bo‘lsa ham mayliydi, ishqilib, havo ochilib, osmonda 

yulduzlar ko‘rina qolsa! Lekin tunda zarracha o‘zgarish alomati, suvda birorta to‘lqin, havoda birorta 

epkin yo‘q edi — borliq cheksiz sukunatga, cheksiz zulmatga chulg‘angan edi. Cheksiz zulmat 

qo‘ynida adashib qolgan yolg‘iz qayiq va undagi azob-uqubatdan, ochlikdan, tashnalikdan tinka-

madori qurigan odamlar tuman ichida pista po‘chog‘iday bir joyda aylanishar, noma’lum qismat va 

umidsizlik changalidan chiqolmas edilar... 

Kirisk qachon uxlab qolganini eslayolmadi. Ammo uyqu elitguncha chidab bo‘lmas tashnalikdan 

ko‘ngli ozib, uzoq azoblandi. Nazarida uni tirik o‘lik ahvoliga solib qo‘ygan tashnalik azoblarining 

so‘ngi yo‘q edi. Faqat suv bo‘lsa bas — boshqa hech narsa kerak emas! Ochlik azobi borgan sari ich-

ichiga singib, xiralashib, yo‘qolib, sezilmay ketgandi, tashnalik azobi esa, aksincha, tobora yurak-

bag‘rini o‘rtab, tobora kuchayib borardi. Tashnalik azobini hech narsa bilan yengib bo‘lmasdi. 

Kirisk go‘daklik chog‘larida bir marta og‘ir kasal bo‘lib, isitmadan kuyib-yonib yotganida ham 

shunaqa ahvolga tushgani, ichi yonib, suv so‘ragani yodiga tushdi. Onasi qoshidan bir qadam ham 

jilmay, parvona bo‘lib, yonib turgan peshonasiga ho‘l latta bosib, hech kimga bildirmay yig‘lab olar va 

allanimalar deb shivirlar edi. Shamchiroqning g‘ira-shira shu’lasida onasi ning tashvishli yuzi arang 

ko‘rinardi. Otasi yo‘q, u dengizga, ovga ketgandi. O‘shanda Kirisk faqat suv ichishni va otasining 

tezroq kelishini xohlardi. Ammo ikkala istagi ham amalga oshmasdi. Otasi uzoqda edi, onasi bo‘lsa 

suv ichirmasdi. Suv ichishing aslo mumkin emas, deyardi u. Onasi bolaning qaqragan lablariga ho‘l 

latta bosar, ammo bu tashnalikni faqat bir lahzaga qondirardi, xolos. Sal o‘tmay, yana tashnalik 

kuchayib, chidab bo‘lmas qiynoqqa solardi. 

Onasi yalinib-yolvorib, uni suv ichishdan tiyar edi. Tashnalikka chidasang, kasallik sendan 

qochadi, deb tushuntirardi. 

— Chidab tur, jonim! — derdi u. — Ertalabgacha yaxshi bo‘lib qolasan. Ichingda: «Ko‘k 

sichqoncha, suv bergin», deb qaytaraver. Ana, o‘zing ko‘rasan yaxshi bo‘lib qolganingni. So‘ra, jonim, 

ko‘k sichqondan suv so‘ra, sichqon albatta yugurib keladi, albatta senga suv beradi... Faqat yaxshilab 

so‘ra... 

Shu kecha, bola tashnalik bilan olishib, duo o‘qib chiqdi, ko‘k sichqon yugurib kelishini, suv 

keltirishini kutdi. U tinmay shivirlab, ko‘k sichqonga yalinib-yolvorardi: «Ko‘k sichqon, suv bergin! 

Ko‘k sichqon, suv bergin!» Butun tun alangayi otash bo‘lib alahsirab chiqdi. Hamon: «Ko‘k 

sichqoncha, suv bergin!» — deb yalinardi. Ko‘k sichqon tezda kela qolmasdi. U ham: «Ko‘k 

sichqoncha, suv bergin!»—deb yig‘lab, yolvorishini qo‘ymasdi. Nihoyat, ko‘k sichqon yugurib keldi. 

Ko‘k sichqon salqin o‘rmonda jilg‘a uzra choshgoh paytida g‘ir-g‘ir esadigan sarin yelday yoqimli va 

elas-elas ko‘rinardi. Uni ko‘rish qiyin, u tiniq osmonday ko‘m-ko‘k, kapalakday uchqur, tutqich 

bermas edi. Ko‘k sichqon kapalakday uchib, yumshoq yungini bolaning yuziga, bo‘yniga, badanlariga 

tegizib, xuzur baxsh etardi. Chamasi, ko‘k sichqon Kiriskka suv berdi shekilli, u huzur qilib, uzoq vaqt, 

to‘ygunicha ichaverdi; suv esa kelaverdi, kelaverdi, vaqirlab toshdi, uni boshigacha ko‘mib yubordi... 

U ertasiga ertalab joni orom topib, garchi o‘zini ancha oldirib qo‘ygan bo‘lsa ham ruhi ancha tetik 

bo‘lib turdi. Shundan keyin bola suv beruvchi sichqonni, o‘sha kechasi, jon talvasasida yotganda suv 

keltirib uni sog‘aytirgan ko‘k sichqonni uzoq vaqtgacha xotiridan chiqarmadi... 

Mana, hozir ham, bola qayiqda tashnalikdan ichi kuyib-yonib borarkan, o‘sha ko‘k sichqonni 

esladi. Qaniydi o‘sha ko‘k sichqon yana paydo bo‘lib qolsa! Shu zahoti bola yurakni zirkiratuvchi bir 

sog‘inch va dard bilan onasini esladi, og‘ir damlarda joniga ora kirib, tashnalikdan xalos etuvchi o‘sha 

ko‘k sichqonni yodiga solgan onasini esladi. U ahvoli og‘irlashib, nafas ololmay qolgan paytida 

qoshida tonggacha o‘tirib chiqqan onasini eslab o‘kindi. O‘sha paytda bola atrofida parvona bo‘lib 

jonu jahonini berishga tayyor turgan onasining qalbi qanchalar mehr-muhabbatga va dard-alamga 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish