Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
85
ketdi. U bolani bag‘riga mahkam bosgan, uni to‘xtovsiz o‘par, ko‘zyoshlariga g‘arq qilib, entikib 
takrorlagani takrorlagan edi, «Iso! Iso! Ko‘zimning oqu qorasi o‘g‘lim! Padaring seni tanidi! U seni 
xalos etdi! O’zi seni xalos etdi! Seni suydi, sen uning suyumli o‘g‘lisan, Iso! Senga donolik ato etdi, 
sen hakim bo‘lding, Iso! Sen endi rabbisan, Iso! Endi odamlarning ko‘zlarini ochasan, Iso! Ular sening 
izingdan borajaklar Iso. Sen hech qachon, hech qachon, hech qachon odam bolalaridan yuz 
o‘girmayajaksan!» Ana shunday shodu mukarram nola qilardi «zavjalar ichra muhtarama». 
Xudoning o‘g‘li mo‘‘jiza yuz berib, xavf-xatardan omon-eson qutulganidan Maryam o‘zida yo‘q 
quvonardi. Bu Yaratganning karomati ekanligi uning hayoliga kelmasdi. Irod zug‘umidan Misrga 
qochgan banno Yusufning jigarbandi Iso kimligini odamlarga shu yanglig‘ ma’lum qilgan edi 
Yaratgan. Binobarin, Maryam bolasini ko‘tarib yerga tushib yugurib ketgan zahoti qayiq ham daryoda 
bir zumda g‘oyib bo‘lgan, daryo yoqasida kir chayayotgan, uning baqirganini eshitib, chopib kelgan 
xotinlar esa keyinchalik siz qochib borayotganingizda bolangizning boshi tevaragida nurli oltin 
chambar ko‘rindi, deb ishontirishgandi. 
Bu barchani hayratga soldi. Kichkina Iso volidasining ko‘ksiga mahkam yopishib, bo‘ynilaridan 
achomlab: «Oyi, men katta bo‘lganimda o‘sha timsohni dumidan ushlab olaman. Keyin bizni boshqa 
hech qo‘rqitmaydi!» — deb aytganda, hammalarining dillari yumshab, ko‘zlariga yosh olgan edilar. 
Bolakayning so‘zlari ko‘ngillarini yayratib yubordi va qayiqning egasi kim ekan-a, deb eslay 
boshlashdi. Shunda o‘sha cholni bu atrofda hech kim tanimasligi va hech qachon ko‘rmaganligi 
ma’lum bo‘ldi. Banno Yusuf o‘sha sirli qayiqchini kechirim so‘ray va zararning haqini to‘lay deb, ko‘p 
kunlar axtardi, lekin aslo izini topmadi... 
Iso sabiylik chog‘larida mana shunday sarguzashtni boshidan kechirgan va o‘sha voqealarni mana 
hozir, Ark ayvonida turib, volidayi muhtaramasidan unga yetkazgan azob-uqubatlari uchun uzrxohlik 
tilaganda, yana bir karra esladi. «Men siz bilan vidolashaman endi, onajon,— derdi u hayolan 
onaizorga,— meni qatl og‘ochiga tortgan choqlarida sizni yod etib ulgurmasligim mumkin, o‘shanda 
mendan ranjida xotir bo‘lmagaysiz. Bugun issiqqa chidab bo‘lmayapti. Men o‘limdan qo‘rqyapman. 
Oyoqlarim sovqotyapti. Meni kechiring, onajon, va ushbu sudmand damda taqdirdan nolimang. Sizga 
sabr-toqat bersin. Odamlar Yaratgan uchun eng og‘ir yuk ekan. Odamzodda bor haqiqatni o‘z o‘limim 
vositasida barqaror qilmoqdan o‘zga yo‘lim va o‘zga choram yo‘q. Bani bashar sari o‘zga yo‘l 
topmadim. Men ular sari qadam qo‘ydim. Alvido, meni kechiring, ona! O’sha timsohning dumidan 
ham tutolmadim, afsus. Aytishlaricha, timsohlar juda uzoq, ikki-uch inson umrini yashar emishlar. 
Ushlaganimda ham, baribir, qo‘yib yuborgan bo‘lardim... Uvol-ku... Yana shuni ham o‘yladimki, 
onajon, agar o‘sha qayiqchi chol qiyofasiga kirgan maloika bo‘lsa, ehtimol u bilan narigi dunyoda 
uchrashib qolarman... Esida turganmikin o‘shandagi voqea? Qadam tovushlarini eshityapman, 
ixtiyorsiz qotil — Pontiy Pilat kelyapti. Alvido, ona!» 
Pontiy Pilat Ark ayvonidan qanday shahdam chiqib ketgan bo‘lsa, shunday shahdam qadamlar 
tashlab qaytib keldi. Posbonlar darhol ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar va ikkovlari yana ayvonda yolg‘iz 
qoldilar. Uni ko‘rgan zahoti o‘rnidan turgan Isoga ma’nodor nigoh tashlagan hukmdor hammasi o‘zi 
istaganday borayotganligini tushundi. Mahkum so‘nggi qadamga chog‘langan edi. Lekin, bu safar ham 
prokurator otni qamchilamaslikni afzal ko‘rdi. Shusiz ham ish ko‘ngildagiday ketayotgan edi. 
— Xo‘sh, nima ham derdik, qarasam, gapimiz tugab qolganga o‘xshaydi,— dedi Pontiy Pilat hali 
joyiga o‘tirmasdanoq.— Gapingdan qaytmaysanmi? 
— Yo‘q. 
— Bekor qilyapsan! Yana o‘ylab ko‘r! 
— Yo‘q! — boshini sarak-sarak qildi Iso.— Bo‘lar ish bo‘ldi. 
— Bekor qilyapsan! — deb qaytardi Pontiy Pilat o‘ziga ishonqiramagan ohangda. Lekin ichidan zil 
ketdi. Iso Nazarlining matonati uni lol qilib qo‘ygandi. Shu bilan birga u Isoning o‘z ahdidan 
qaytishini, tavba-tazarru qilib, rahm-shafqat so‘rashini xohlamasdi. Iso ham barini tushundi. 
— Ko‘p yonaverma,— tabassum qildi u salimona.— So‘zlaring chin dildan deb ishonaman. Seni 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish