Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
— Tushunmadim,— sergak tortdi Grishan. 
— Shu bemazagarchilik tufayli ishing ham yaxshi yurishmagandir, demoqchiman, xolos? — 
ochiqroq shama qildi Avdiy. 
— Ana bu boshqa gap! — Grishan shu zahoti maynavozchilikni yig‘ishtirib darhol to‘nini 
o‘zgartirdi.— Ishni nazarda tutayotgan bo‘lsang, gaplaring haq. Lekin hozir buning ahamiyati yo‘q, 
meni boshqa narsa tashvishlantiryapti. O’zing ham sezayotgandirsan, aks holda menga nimaga kerak, 
sen bilan ali-bali deb shakarguftorlik qilib o‘tirishning... Gapning qisqasi, meni o‘zlariga oqsoqolday 
ko‘rishadi, harbiychasiga aytganda starshina, shuning uchun men odamlarimni saqlab front chizig‘idan 
omon-eson o‘tib olishim kerak, menga hammadan zaruri shu. 
— Unda mening yordamim kerak bo‘lsa, bajonidil. Umuman, bir gaplashib olsak, yomon 
bo‘lmasdi,— taklif qildi Avdiy.— Mening ham shu odamlar to‘g‘risida aytadigan gaplarim bor... 
— Fikrimiz bir joydan chiqqanini ko‘r, gaplar bo‘lsa, bo‘pti, otamlashamiz,— rozi bo‘ldi 
Grishan.— O’zim ham xuddi shuni mo‘ljallagan edim. Misol uchun desang, mana, bitta masala bor, 
lekin oramizda qolsin,— mug‘ambirlarcha shama qildi u, keyin bir chekkada gapga qo‘shilmay 
o‘tirgan ikki choparga buyurdi: — Sizlar bekor o‘tirmay boringlar, tayyorgarlik ko‘ringlar! 
Choparlar oldindan kelishib qo‘yishgandek aytilgan yumushni ado etgani churq etmay ketishdi. 
Grishan topshiriq bergach, soatiga qaradi. 
— Bir soatlardan so‘ng poezdga chiqish operatsiyasini boshlaymiz. Ko‘rasan, bizning qanday 
ishlashimizni,— dedi u Avdiyga pisanda bilan.— Biz intizomga qattiq rioya qilamiz. Xuddi desant 
tashlaganday. Biz chindan ham vatanning eng fidoyi desantchilarimiz. Katta harflar bilan yoziladigan. 
Sen ham buyurilgan ishni bajar. Bu yerda «undog‘ edi», «mundog‘ edi» degan gaplar ketmaydi. 
Hammamiz jon kuydirib harakat qilsak, kechqurun Jalpoq-Sozga yetib olamiz. 
Grishan ma’noli sukut qildi. Keyin Avdiyga badxoh nazar tashladi-da, singan tishini ko‘rsatib 
irshaydi: — Eng muhim gap boshqa yoqda. Bu yerga nega kelganing to‘g‘risida... Sen hovliqma, 
shoshilma. Nima desamikin, jinoyatchilar ichiga boshing og‘ib tushib qolibsan, hali yana bu haqda 
gaplashamiz, hozircha sen — choparsan, ichimizga kirib olding, ko‘p narsalar endi senga ma’lum. 
Rang-ro‘yingga qarasam, unchalar tentakka ham o‘xshamaysan. Lekin bu tuzoqqa o‘z ixtiyoring bilan 
tushding. Hamon shunday ekan, baraka top, shuncha ishonch bildirdikmi, sen ham ishonchimizni oqla. 
— Bu bilan nima demoqchisan? 
— Nazarimda, o‘zing sezib turgan bo‘lsang kerak... 
— Sezish boshqa, ochig‘ini bilgan boshqa. 
Ular o‘tib ketayotgan sostavning shovqini tinishini kutib jim bo‘lib qoldilar. Har ikkovlari ham 
bo‘lajak muqarrar jangga hozirlik ko‘rardilar. Odamlarning muomalalari qanchalar g‘alati bo‘ladi-ya, 
deb hayolidan o‘tkazdi o‘sha onda Avdiy: mana shu ovloq cho‘lda hamma teng, hammaning 
imkoniyati barobarday, ish o‘ngidan kelmasa, hammasi qo‘lga tushadi — qonun oldida teng javob 
beradi, omad chopsa, hamma birday manfaatdor bo‘ladi, Lekin hatto mana shu yerga ham odamlar o‘z 
qonlari yanglig‘ qonunlarini sudrab kelganlar va Grishan ular ustidan hokim bo‘lib olgan, bu yerda 
uning hukmi o‘tadi. 
— Demak, sen ochiqchasiga gaplashmoqchi ekansan-da,— deb o‘rtadagi jimlikni buzdi Grishan.— 
Bo‘pti unda,— dudmal qilib cho‘zdi u, so‘ng xuddi sergak tortganday mug‘ambirlik bilan qo‘shib 
qo‘ydi: — Menga qara, senga bo‘rilar hujum qilganmish, rostmi shu? 
— Ha, shunday bo‘ldi,— deb taediqladi Adiy. 
— Senga bir necha savolim bor. Ularga javob berishing uchun qismat seni tirik qoldirganga 
o‘xshaydi, shunday emasmi, Avdiy Kallistratov? — kemtik tishini ko‘rsatib irshaydi Grishan. 
— Balki shundaydir. 
— Unda gapni aylantirma. Menga hozir shu tobda shu yerning o‘zida javob berasan. Nega mening 
yigitlarimni yo‘ldan uryapsan? 
— Bitta tuzatish kiritaylik,— uning so‘zini bo‘ldi Avdiy. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish