Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
— Xudo xayringizni bersin, taqsir,— dedi Avdiy,— men tayyorman. Shaxsan men uchun ibodat 
ollo-taologa karatilgan turli o‘y-hayollarimning eng uyg‘un nuqtasidir. Xudo-Zamondosh haqidagi fikr 
miyamga qattiq o‘rnashib qolganga o‘xshaydi. 
— Sabrsizlik shayton ishi, chirog‘im,— bosiq dedi ota Koordinator yumshoq o‘rindiqdan turarkan. 
U Xudo-Zamondosh, turli uyg‘un o‘y-hayollar haqidagi so‘zlarni ham qulog‘ining bir chekkasidan 
o‘tkazib yubordi. Tajribakor ruhoniy arbob boshdanoq barini chigallashtirib o‘tirishni ma’qul 
ko‘rmadi.— Ibodat qilaylik. Senga aytsam,— davom etdi u,— qancha ko‘p yashaganim sari Xudoning 
marhamati bizga shunchalar cheksiz, rahm-shafqati shunchalar ulug‘ ekanligiga tobora ko‘proq imon 
keltiryapman. Hammasini unutib ibodatga berilgan chog‘ingda buni yanada chuqurroq his qilasan va 
o‘zingni arjumand sezasan. Yaratgan tangrimning bizga muhabbati haqiqatan ham cheksiz. Bizning 
ibodatlarimiz uning oldida havoyi chuldirashlardan boshqa narsa emas. Lekin bu Xudo birlan 
chambarchas birligimizning dalolatidir. 
— Baayni haqiqatni aytdingiz, taqsir,— deb ko‘ydi Avdiy eshik oldida boshini egib turarkan. 
Lekin u hali chindan ham g‘o‘r va sabr-qanoatsiz edi. Suhbat chog‘ida u odob yuzasidan sukut 
saqlab o‘tirmadi va darhol gapning po‘skallasiga ko‘cha qoldi. 
— Izn bersangiz, aytay. Bizning tushunchamizda Xudoning chek-chegarasi yo‘q. Lekin yer 
yuzining odamlarida fikr bilishdan yana bilishga tomon o‘sib boradi. Bundan bir xulosa kelib chiqadi: 
Xudo ham o‘sishi kerak. Siz nima deb o‘ylaysiz, taqsir? 
Koordinator ota endi javobdan o‘zini olib qocholmadi. 
— Qiziqqonlik qilyapsan, chirog‘im,— dedi u tomog‘ini ohista qirib yo‘talib, so‘ng ust-boshini 
to‘g‘rilagan bo‘ldi.— Yoshlikda nimalar bo‘lmaydi. Lekin o‘shanda ham Xudo haqida bunday hayolga 
borish kerak emas. Yaratgan egamni bilish azal-abad bandasining qo‘lidan kelmaydi. U bizning 
ixtiyorimizdan tashqarida mavjud. Hatto materializm ham tan oladi: borliq ongimizdan tashqarida deb. 
Inchunin, Xudo ham. 
— Ma’zur tuting, taqsir. Lekin hamma narsani o‘z oti bilan atagan ma’qul. Bizning ongimizdan 
tashqarida Xudo yo‘q. 
— Sen shunga aminmisan? 
— Ha. Shuning uchun ham aytyapman. 
— Mayling. Lekin shu bilan birga nuqta qo‘ymaymiz. Aytaylik, ta’lim yuzasidan andak 
munoqasha qilamiz. Bunga biz ibodatdan so‘ng qayturmiz. Kani, endi marhamat qil, meni ibodatga 
boshla. 
Ota Koordinator akademik cherkovda Avdiy bilan birga ibodat qilmoqchi bo‘lganligining o‘zi 
mantiqan olib karaganda, yosh seminaristga ko‘rsatilgan katta iltifot edi. Shuning uchun haydalay deb 
turgan talaba ushbu qulay vaziyatdan foydalanaman desa, ne ajab. 
Ular uzun yo‘lakdan oldinda ota Koordinator, yon tomonda picha orqaroqda Avdiy Kallistratov 
yurib borardilar. Ruhoniy otaning adl qomatiga, ishonch bilan qadam tashlashiga, to‘pig‘igacha erkin 
to‘kilib turgan, unga o‘zgacha bir ulug‘vorlik bag‘ishlagan qora ridosiga qararkan, unda asrlar bo‘yi 
yetilib kelgan nuroniy bir qudrat mujassamligini his qildi Avdiy. Bu kuch har bir inson faoliyatida din-
iymon aqidalarini himoya qilaroq, xammadan burun o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Hayotda haqiqat 
yo‘llarini axtararkan, Avdiyga mana shu qarshi turgan kuch bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. 
Hozircha har qaysilari o‘zlaricha ishonadigan va imon keltiradigan U sari qadam teshlardilar. Har bir 
insonga U nomi bilan dunyo va odam bolasining o‘rni haqidagi barcha uchun barobar fikrlarni 
uqdirishlari lozim edi. Unysi ham, bunisi ham, U nomiga tavakkul qilardilar, zero, yolg‘iz O’zigina 
hamma narsadan xabardor va hammaga barobar marha-matli. Ular yurib borardilar... 
O’sha soat akademik cherkovda hech kim yo‘q edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u hayhotday 
bo‘m-bo‘sh ko‘rindi. Umuman, uning boshqa cherkovlardan farqi ham yo‘q edi. Faqat qorong‘ilatibroq 
qo‘yilgan mehrobning ichkarisidagi ko‘zlari bir nuqtaga hayolchan tikilgan Isoning qoramtir sochlar 
o‘ramidagi yuzi haddan ziyoda oqarib ko‘rinardi. Unga bo‘zday yorug‘ tushirib qo‘yilgandi. Har 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish