Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
— Unday bo‘lsa, esingda tut: aytdim-qo‘ydim. Ikki qulog‘ing bilan eshitding. Keyin bilmovdim, 
eshitmovdim, kechiringlar, degan gaplar ketmaydi. 
— Bas qil, Petr,— uning so‘zini bo‘ldi Avdiy.— Hadeb bitta gapni cho‘zaverasanmi. Aqli-hushim 
joyida. Nimaga boryapman, nima qilaman, o‘zim bilaman. Yaxshisi, senga bir gapim bor, eshitib ol. 
Shu bugundan e’tiboran ichkilikni yig‘ishtir. Lyonkani ham ichirma. U tentak. Sen ham nima qilasan? 
O’sha yerlarda shu issiqda kallamiz qizib tursa, nima qoyil qilib yig‘amiz? 
— To‘g‘ri,— deb tan oldi Petruxa va tupuk sachragan lablarini qiyshaytirib jilmaydi. Uning 
ko‘ngli joyiga tushgan edi.— To‘g‘ri gapni tan olamiz. Ishon, o‘zim ham og‘zimga olmayman, 
Lyonkaga ham ichirmayman. Tamom, bo‘ldi! 
Ular fikrlari bir joydan chiqqaniga xursand bo‘lib jim qoldilar. Poezd chayqalgancha Jalpoq-Soz 
tomon jadallardi. Bu yerda mashinistlar almashadilar, poezd ham yangilanadi. Ko‘pgina yo‘lovchilar 
tushishga hozirlik ko‘rardilar. Lyonka ham tashvishlanib tamburga qaradi. 
— Nima qilyapsizlar? — dedi u boshi og‘riganidan yuzini burishtirib.— Narsalarni yig‘ishtirish 
kerak. Bir soatda yetamiz. 
— Qo‘rqma,— javob kildi Petruxa.— Bizga yig‘ishtirish cho‘tmi? Qiz bola emasmiz-ku. 
Xaltamizni yelkamizga osamizu, hayyo-hayt! 
— Lyonya,— bolani yoniga chaqirdi Avdiy.— Qani, beriroq kelchi. Boshing og‘riyaptimi?
Lyonka aybdorlarcha boshini silkitib qo‘ydi.— Petr bilan shunday kelishdik. Bugundan boshlab 
og‘zingga bir tomchi ham olmaysan. Xo‘pmi?
Lyonka indamay bosh irg‘adi. 
— Bo‘pti, bor. Biz hozir. Qo‘rqma, ulguramiz. 
— Hali ancha vaqt bor,— dedi Petruxa soatiga qarab.— Bir soatdan ham ko‘p.— Lyonka ketgach, 
dedi: — Lyonkani to‘g‘ri aytding. Chiltonning o‘zi ichaman deb yopishadi. Ichgandan keyin oyoqda 
turolmaydi. Bo‘ldi endi! Ishmi ish! Yo‘lda ozgina erkalik qildik. Ha, tag‘in, o‘ylab yurma, men 
Lyonkaning puliga ichganim yo‘q. Balki uning o‘zi shu... lekin men o‘zim olib ichaman. 
— Gap unda emas,— dedi alam bilan Avdiy.— Bolaga odamning yuragi achiydi. 
— Rost aytasan,— uning gapiga qo‘shilib xo‘rsindi Petruxa. Uni anchadan beri bir fikr bezovta 
qilib kelsa kerak, shuni Petruxa hozir ochiqchasiga gaplashayotganlaridan foydalanib esladi.— Quloq 
sol, Avdiy, bizgacha, bizga kelib qo‘shilguningcha, nima ish qilarding, ishlarmiding? Olibsotarlardan 
emasmisan, mabodo? Sen yashirma, endi biz yo restoranda birga o‘tirib, mazza qilamiz, yo kameradan 
axlat chelakni birga olib chiqamiz. Yo unisi, yo bunisi! 
Avdiy yashirib o‘tirmadi: 
— Chayqovchi emasman. Yashiradigan yerim yo‘q. Men ilgari diniy seminariyada o‘qiganman. 
Bundayini Petruxa sira kutmagandi. 
— Shoshma, shoshma! Seminariyada deysanmi? E, bundan chiqdi, sen pop bo‘lish uchun o‘qigan 
ekansan-da? 
— Shunday desak ham bo‘ladi... 
— O’hu! — ko‘zlarini ola-kula qildi Petruxa va lablarini cho‘chchaytirib hushtak chaldi.— Nega u 
yerdan ketding, yo haydab yuborishdimi? 
— Undoq desang ham to‘g‘ri, mundoq desang ham. Umuman, tashlab ketdim. 
— Nimaga? Xudoni talashib qoldinglarmi? — sho‘xlik bilan so‘rashni qo‘ymasdi Petruxa.— Ana 
kulgi! 
— Ha, talashib qoldik shekilli. 
— Bo‘lmasa, qani ayt-chi, hammasini bilsang... Xudo bormi, yo‘qmi? 
— Bunga javob berish qiyin, Pyotr. Birov uchun bor, birov uchun yo‘q. Hammasi odamning o‘ziga 
bog‘liq. Odamlar yer yuzida qancha yashasalar, shuncha Xudo bormi, yo‘qmi, deb o‘ylaydilar. 
— Unda, agar bo‘lsa qaerda, Avdiy? 
— Bizning o‘y-xayollarimizda, aytayotgan so‘zlarimizda... Petruxa o‘ylanib jim bo‘lib qoldi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish