Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
119
chopay desa ahvol bundoq! 
Ertalab, kun g‘ira-shira yorisha boshlagan payt bo‘rilar ohista o‘z inlariga yaqinlashib keldilar. 
Oldin Akbara borar, tungi qocha-qochdan qorni ich-ichiga kirib ketgan, xo‘mraygan kallador 
Toshchaynar uning orqasidan oqsoqlanib qadam bosardi. Eski qadrdon joylari kimsasiz huvillab yotar, 
odamlar kechasi allaqayga g‘oyib bo‘lgan edilar. Lekin jondorlar bu yerda agar ta’bir joiz bo‘lsa, xuddi 
mina ko‘milganday, ehtiyotkor, hurkak qadam bosishardi... Har qadamda ular yot-yovuq narsalarga 
duch kelishardi: o‘chgan gulxan, bo‘sh tunuka idishlar, singan, sinmagan, qo‘lansa hid taratib yotgan 
shishalar, mashina g‘ildiraklarining izi o‘rnida qolgan rezinka va temir islari. Bulg‘ab tashlangan bu 
yerni butqul tark etmoq niyatida bo‘rilar jar yoqasi bo‘ylab keta boshladilar. Shunda birdan Akbara 
o‘zini sapchib chetga oldi va turgan joyida qotib qoldi — odam! Undan ikki qadam narida qo‘llarini 
yozib, boshini solintirgan odam saksovulga osilib turardi. Akbara o‘zini butalar orasiga otdi, 
Toshchaynar uning ortidan hatladi. Daraxtdagi odam qimir etmasdi. Shamol shoxlar oralab chiyillar, 
odamning oq manglayiga tushgan sochlari o‘ynardi. Akbara yerga qapishdi, hamla qilishga hozirlandi. 
Uning ro‘parasida barcha maxluqlar ichra eng dahshatlisi, ularning boshiga shuncha kulfatlarni solgan 
qattol dushman turardi. Akbara qahr bilan o‘zini andak orqaga oldi. U shiddat bilan sakramoqchi, 
odamning bo‘g‘ziga o‘tkir tishlarini botirmoqchi edi. Shunda oxirgi damda bo‘ri bu odamni tanidi. 
Lekin qachon, qaerda ko‘rgan edi uni? E, bu o‘sha g‘alati odam-ku, yozda nashapoyaga borganlarida 
duch kelgan, bolalari bilan erkalab o‘ynashmoqchi bo‘lgan, Akbara hamla qilib sakragan va uni ayab, 
ustidan oshib nariga o‘tgan. O’shanda u qo‘rqib ketib, yerga o‘tirib qolgan, yuzini qo‘llari bilan 
berkitgan edi. Akbara uning hayrat va qo‘rqinchda katta-katta ochilgan ko‘zlarini esladi. Shilingpocha 
bo‘lib, cho‘lga tiraqaylab qochgandi o‘shanda... Mana endi, o‘sha kimsa pastak saksovulda qanotlari 
tarvaqaylagan qush kabi g‘alati osilib turibdi. U tirikmi, o‘likmi, bo‘ri bilolmadi. Odam qimirlamas, 
hech qanday sas chiqarmas, boshi yon tomonga qiyshayib tushgan, og‘zining bir chetidan qon sizib 
oqardi. Toshchaynar odamga tashlanmoqchi edi, Akbara uni nari itardi. U odamga yaqinlashib, uning 
yuziga tikilib qaradi va ohista uvlab yubordi: halok bo‘lgan bolalari yodiga tushdi. Hayot esa 
Mo‘yinqumda to‘s-to‘polon, abgor bo‘ldi. Kimga yig‘lasin, kimga arz qilsin, axir? Bu odam unga hech 
yordam berolmaydi. Uning hayot shami so‘nib boryapti, lekin hali joni butkul chiqmagan edi. Odam 
shishib ketgan qovoqlarini bazo‘r ko‘tardi va sekin uv tortayotgan bo‘riga qarab pichirladi: 
— Keldingmi...— so‘ng uning boshi shilq etib tushdi. 
Bu uning oxirgi so‘zi edi. 
Shu dam motor shovqini eshitildi. Cho‘l betida yuk mashinasi ko‘rindi. U tobora yaqinlashib kelar, 
kabinasining oynalari xira yiltillardi, Ober-Kandalovchilar jinoyat qilgan joylariga kelmoqda edilar... 
Shunda bo‘rilar boshqa bir zum ham paysallamay lo‘killab, borgan sari qadamlarini tezlatib bu 
yerlardan bosh olib ketdilar. Ular orqaga qaramasdilar. Bo‘rilar ulug‘ Mo‘yinqum cho‘llarini butkul 
tark etmoqda edilar... 
Akbara va Toshchaynar rosa bir yil Aldash bo‘yidagi qamishzorlarda yashadilar. Shu yerda ular 
hammadan ko‘p — besh farzand ko‘rdilar. Bo‘richalar ancha katta bo‘lib qolishganda, birdan 
qamishzorga o‘t tushdi! Tog‘da yangi kon ochilgan, unga yo‘l shu qamishzordan o‘tishi kerak edi. Uni 
yoqishga to‘g‘ri keldi. Aldash ko‘li bo‘ylaridagi yuzlab chaqirim yerlarga cho‘zilgan qadim 
qamishzorlarning kuli ko‘kka sovurildi. Urushdan keyin bu atroflarda qimmatbaho ma’dan topilgan, 
mana endi o‘z navbatida cho‘lda yana bir ulkan pochta yashigi qad ko‘tarmoqda edi. Bunday paytda 
qamishzor ekan-u, hatto noyob ko‘l yo‘q bo‘lib ketsa ham, hech kim hech narsa qilolmaydi. Axir, gap 
kamyob va qimmat xomashyo haqida boryapti-da. Uni olish uchun yer kurrasini qovoqdek kavlab 
tashlash ham cho‘t emas. 
Avvaliga qamishzorlar ustidan allaqanday yonilg‘i sepib, samolyotlar pastlab uchib yurishdi. 
Qamishlar birdan o‘t olsin deyishdi shekilli. 
O’t kechasi qo‘yildi. Yonilg‘i sepilgan qamish birdan guv etib alanga oldi va xuddi qalin o‘rmon 
kabi vahshat bilan yona ketdi. Alanga ko‘k toqiga ko‘tarildi. Qish tumaniday yerni qalin qora dud 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish