Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
115
bo‘rilar ham olam ostin-ustun bo‘lib ketganligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan edilar... 
Xonavayron qiluvchilar esa bayram kayfini surishardi... Faqat Mo‘yinqumga kulfat tortib kelgan 
Avdiygina ko‘kka tikilib yig‘lab yotardi... 
Shu bois uni sud qilmoqchi edilar. 
 
* * * 
Mishash bilan Kepa Avdiyni mashinadan tortib tushirishdi-da, Ober-Kandalovning oldiga sudrab 
kelib, yelkasidan bosib cho‘kkalatishdi. Ober-Kandalov bo‘sh yashikning ustida bujmayib 
g‘ijimlangan plashchining etaklarini ikki tomonga yoyib, kirza etikdagi oyoqlarini kerib o‘tirardi. 
Mashina kichik chiroqlarining yorug‘ida u g‘ayritabiiy vahimali, badqovoq va haddan tashqari 
mudhish ko‘rinardi. Yon tomonida toza kiyik go‘shtidan pishirilgan kabobning hidi ko‘tarilayotgan 
olov, bu yerda junjikkan, qurpayishgan Gamlet-Galkin bilan Aborigen-Uzuqboy tik turishibdi. 
Ikkovining ham kayfi taroq, Avdiyni Ober qanday tergashini kutib, nimalarnidir pichir-pichir qilishib, 
bema’nilarcha iljayishar, bir-birlarini turtib qo‘yishar, ko‘z qisishardi. 
— Ha, nima deysan?— deb so‘radi nihoyat Ober oldida cho‘kkalab turgan Avdiyga yeb 
yuborguday qarab.— Aqling kirdimi? 
— Qo‘limni yechinglar,— dedi Avdiy. 
— Qo‘lingnimi? Nega qo‘ling boylandi, shuni o‘yladingmi? Isyonchilar, fitnachilar, g‘alamislar, 
tartib-intizomni buzuvchilarning qo‘llari boylanadi! Buziqilarni, tushundingmi? Tartib buziqilarni! 
Avdiy miq etmadi. 
— Mayli, yechsak, yechaylik qo‘lingni, undan keyin nima qilar ekansan, ko‘ramiz,— deb rahm 
qildi Ober.— Qani, uning qo‘lini yechinglar,— buyurdi u,— hozir qo‘li o‘ziga kerak bo‘ladi. 
— Onangni... chechib nima qiladi,— to‘ng‘illadi norizo bo‘lib Mishash Avdiyning qo‘lini 
arqondan bo‘shatarkan.— Bularni darrov kuchuk boladay suvga cho‘ktirish kerak. Bundaylarni yetti 
buklab, yerga qoziq qilib qoqish kerak. 
Arqon yechilgandan keyingina Avdiy yelkalari va qo‘llari qanchalar uvishib qolganligini sezdi. 
— Mana, iltimosingni bajardik,— dedi Ober-Kandalov.— Hali vaqting bor. Hozircha, ma, 
manavini ich!— u Avdiyga aroq to‘la stakan uzatdi. 
— Yo‘q, ichmayman,— qaytardi Avdiy. 
— Ichmasang ichma, kon quskur!— Ober stakandagi aroqni Avdiyning yuziga shartta sepib 
yubordi. Avdiy cho‘chib tushdi, qalqiy-qalqiy o‘rnidan irg‘ib turib ketdi. Biroq Mishash bilan Kepa 
yana yelkasidan bosib, Avdiyni yerga qapishtirib qo‘yishdi. 
— Yolg‘on aytyapsan, onangni... ichasan!— irilladi Mishash.— Aytmadimmi, bundaylarni 
cho‘ktirish kerak! Qani, Ober, aroqdan quy. Og‘zidan quymasam, odammasman. Ichmasin-chi, itday 
urib o‘ldiraman. 
Stakan Mishashning qo‘lida qisirlab ketdi, cheti Avdiyning lablari, yuzlarini tildi. O’z qoniga 
halqob bo‘lgan va aroq tomog‘iga tiqilgan Avdiy boshini olib qochdi, Mishash bilan Kepaga qarshilik 
ko‘rsatib, oyoq-qo‘llarini tarpitdi. 
— Bolalar, qo‘ysanglar-chi, Xudo ko‘tarsin, ichmasa, ichmasin, o‘zimiz ichamiz!— Gamlet-
Galkin tepkilashib yotganlarning atrofida zir yugurib, zorlanardi. Aborigen-Uzuqboy mashinaning 
orqasiga qochdi. U yerdan nima qilishini bilmay qo‘rqa-pisa qarab turdi: qochay desa, hali shuncha 
ichilmagan aroq qolib ketadi, qochmay desa, boshiga balo orttiradi... Faqat Ober-Kandalovgina taxtda 
o‘tirganday bo‘sh yashikdan qimirlamay o‘mbaloq oshib dumalashayotganlarni tomosha qilardi. 
Gamlet-Galkin Ober oldiga yugurdi. 
— To‘xtat, Ober, baraka topkur, o‘ldirib qo‘yishadi. Qamalib ketamiz! 
— Qamalarmish!— kibr bilan ijirg‘anib dedi Ober.— Mo‘yinqumda qamoq nima qiladi, tentak? 
Bu yerda men sudman! Kim bilib o‘tiribdi nima bo‘lganini. Uni balki bo‘rilar burdalab ketgandir. Kim 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish