Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32
Qaniydi, u bilan meni hozir shu qadar to‘lqinlantirgan, tasavvurlarimni jonlantirgan narsalarni unga 
aytib, o‘rtoqlashsam. Lekin afsus... Bu yerda yana boshqa bir narsani ham o‘yladim. Taqdir ishqilib, 
bularning barini kulgili qilib qo‘ymasin, keyin eslaganda, uyalib, xijolat chekib yuradigan bo‘lmasin... 
Nimagadir, oyimni, go‘daklik chog‘larimni esladim... Qish payti edi, ertalab xammayoq oqargan, 
yop-yorug‘ hiyobonlarga erinibgina qor uchqunlaydi, oyim kular ko‘zlar bilan yuzimga tikiladi, 
valangar paltomning tugmalarini qadaydi, nimalardir deydi, men undan qochib ketaman, u esa kulib 
ketimdan quvadi, tepalikda joylashgan cherkovdan butun shaharga jom ovozi taraladi, otam o‘sha 
yerda dyakon bo‘lib xizmat qiladi. U Xudoga qattiq ishongan odam edi, shu bilan birga, odamzotning 
Xudo uchun va uning nomidan yaratgan barcha narsalari shartli ekanligini yaxshi tushunardi. Men buni 
endi fahmlayapman. Men esam, u kishini qanchalar e’zozlamay, butunlay boshqa yo‘ldan ketdim. 
Uning xohishini ado etolmadim. Otam narigi dunyoga rozi bo‘lib ketdi. Men-chi, o‘zimni har yoqqa 
uraman, o‘tmishni rad qilaman ia yana bundan battar yuragim siqiladi. Lekin shunda ham, asrma-asr 
tarqalib, butun dunyoda, inson avlodlariga, ularning qarashlariga hokim bo‘lish uchun barcha qit’alar 
va orollardagi odamlarni o‘z komiga tortib, aqidalariga ishontirgan, chakmoqni yerga o‘tkazib 
yuborgan yashinqaytarg‘ich kabi odam bolasining abadiy isyonkor da’vatlarini bosib to‘xtatib, ularni 
mutelik va itoat qa’riga cho‘ktirgan, bir paytlar cheksiz qudratga ega Mutlaq g‘oyaning ilgarigi 
ulug‘vorligi Xamda mislsiz ifodaviyligidan sururga to‘laman. Shukrlar bo‘lsin — Imon va 
Gumongakim, ular hayotni to‘xtovsiz harakatga keltirib turadigan kuchlardir. 
Men shak, gumon kuchlari o‘stun kelgan zamonda tug‘ildim. U shubhalar o‘z navbatida yana yangi 
shubhalarni vujudga keltirdi. Men ana shu jarayonning mevasiman. Meni bir tomon ko‘kragimdan 
itarib, chetga surib qo‘ydi, ikkinchi tomon esa, meni butun murakkabliklarim bilan o‘ziga qabul 
qilishni istamaydi. Nima ham qilardik, tarix menga o‘xshaganlardan qasdini oladi, ularni ermakka 
aylantiradi... Eski bulg‘or qo‘shiqlarini kuylayotgan mug‘anniylarni tinglar ekanman, ana shularni 
o‘ylardim. 
Qo‘shiqlar o‘sha zalda xuddi o‘tgan zamonlarning aks sadosiday biri ketidan biri yangrardi. 
«Kecha qurboni», «Sabiylarni tahqirlash», «Maloiklar nolasi» kabi Injil ehtiroslari din-iymon yo‘lida 
aziyat va riyozat chekkanlarning og‘ir alangali qo‘shiqlari bilan almashardi. Garchi, bularning ko‘pi 
menga avvaldan tanish bo‘lsa-da, meni ijro etuvchilarning o‘zlari maftun etib qo‘ygan edilarki, buni 
to‘la ifodalab berolmayman. O’n mug‘anniy o‘ziga asir qilar, ma’lum narsalarni tengsiz san’atga 
aylantirar, bu san’atning kuchi xalq ruhining tarixan keng qamralganida edi. Zotan, azobi ko‘pning 
biligi ham ko‘p... 
O’z kuylaridan zavq-shavqqa to‘lib, mastona qo‘shiq aytayotgan Sofiya mug‘anniylarining 
ovozlariga quloq tutar, ularning xatti-harakatlariga razm solarkanman, kutilmaganda, chap tomondan 
ikkinchi bo‘lib turgan, bug‘doyrang, qora sochli bolgarlar ichida birdan-bir malla qo‘shichi juda ham 
menga o‘xshab ketishini sezib qoldim. O’zingga baayni o‘xshaydigan odamni uchratsang, g‘alati 
bo‘lib ketarkansan kishi. Uning ko‘zlari ko‘kimtir och, yelkalari tor,— ehtimol, uni ham bolaligida 
oriq deb chaqirishgandir,— uzun sochlari och sarg‘ish, qo‘llari serpay va ingichka, u ham 
tortinchoqligini qo‘shiq aytib yengsa ajabmas, bunday holat menda ham ko‘p bo‘ladi, 
o‘ng‘aysizligimni yashirish uchun ko‘pincha gapni diniy mavzularga burib yuboraman. Xotinlar bilan 
tanishganda ham, jiddiy va sipo gaplardan olaman, tashqaridan qaragan odamga bu o‘lguday 
ahmoqona ko‘rinsa kerak. Ko‘kko‘z yigitning chehrasi ham baayni o‘zim — ikki chakkasi ichiga 
botgan, qirg‘iyburun, peshanasiga ikki uzun chiziq tushgan va hammadan ham, soqolini aytmaysizmi, 
naq mening qirib tashlangan soqolimning xuddi o‘zginasi. Qo‘lim iyagimga cho‘zilganini o‘zim ham 
sezmay qoldim. Shunda ertaga nashavand choparlar bilan cho‘lga otlanishim yodimga tushdi. 
O’zimdan o‘zim tong qolaman: qaerga ketyapman, nimaga? Hech solishtirish mumkinmi, ilohiy 
samolar qayda-yu vokzalga in qurib olgan utyuglarning qabohatlari qayda? Biroq, barcha zamonlarda 
ham chinakam hayot hamma yaxshiliklari va zolimliklari bilan ibodatgohlardan tashqarida kechgan. 
Bizning zamonamiz ham bundan mustasno emas... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish