Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
mudom tashqaridan izlaydigan aql-idrokning necha-necha asrlar mobaynida fojeali adashuvlar va 
karomatlar ichida yaratgan narsasiga o‘z holicha, yakka-yakka holda, qo‘shilmoq, bobahra bo‘lmoq 
imkoni tug‘ilgandi. Shu bilan birga ular boshqa hamma bilan birgalikda, jam holida So‘zni anglashga 
muyassar bo‘lgan, juda ko‘p dillarning qo‘ri qo‘shilgan qo‘shiqlarning kuch-quvvati ham bundan yana 
o‘n chandon ortib ketgandi. Yana shu bilan bir vaqtda har bir tinglovchining tasavvuri inson hayotining 
yo‘llarida duch kelgan xotiralar, aldamchi hayollar, sog‘inishlar, ayriliqlar, quvonchlar, armonlar, 
vijdon qiynalishlari, ta’nao‘pka va yozg‘irishlardan iborat doim o‘zingga qadrdon, lekin, noayon va 
mubham dunyo sari tortib ketardi. 
Rostini aytsam, o‘sha soatda boshimdan nima kechayotganligini anglamas, anglashni ham istamas 
edim. Ko‘rinishdan xuddi menga o‘xshagan, xuddi men kabi odam bo‘lgan o‘n qo‘shiqchiga nega bu 
qadar berilib ketdim bilmayman, ammo ular aytayotgan qasidalar, alyorlar xuddi mening ko‘ksimdan, 
dardu alamlarimdan, xohishlarim, shu paytgacha tashqariga chiqishga yo‘l topmagan tashvish-
quvonchlarimdan otilib yuzaga chiqayotganday va shu zahoti, yangicha nur va yangicha bashorat bilan 
to‘layotganday edi. Shu qo‘shiqchilarning san’at, mahoratlari tufayli men ibodatgoh samo 
qo‘shiqlarining azaliy ma’nosiga tushunib yetganday bo‘ldim. Bu hayotning faryodi, qo‘llarini 
ko‘klarga cho‘zgan inson bolasining nola-afg‘oni edi. U ko‘z ilg‘amas koinot bo‘shliqlaridan o‘ziga 
tayanch izlardi, o‘ziga ishonch hosil qilishni istardi, o‘z ahvolini yaxshilashni xohlardi, bunda undan 
tashqari yana o‘ziga yoru madadkor bo‘la oladigan allaqanday ilohiy kuchlar borligiga umid qilardi, 
fojiona bir alfozda ulardan najot kutardi. Ana sizga yanglishning zo‘ri! O, odam bolalari o‘z oh-
faryodlari ko‘klarga yetib borishini naqadar istaydilar! Qanchalab kuch-g‘ayrati, aql-farosatini u 
ishonch-e’tiqodga, tavba-tazarruga, hamdu sanolarga baxsh ayladi. Qoni qaynab, jo‘shib turgan 
bo‘lishiga, tabiatida azaliy isyon, inkor, yangilik yaratish ishtiyoqi tug‘yon urishiga qaramay o‘zini 
sabr-matonatga, mo‘minlikka, har narsaga chidashga, andishaga o‘rgatdi — bularning bari ko‘kda 
hisobga olinadi-ku, dedi. 0, qanchalar azob-uqubatlar, qiyinchiliklar bilan erishardi bularning bariga, 
Rigveda, munojotlar, sehr-jodular, romlar, duolar, hamdu na’tlar, shomonlar! Asrlar bo‘yi qancha-
qanchalab iltijolar, ibodatlar, duolar ko‘kka yog‘ilib turdi. Mabodo ularning bari birdan daryo yohud 
ummonga aylanib qolsaydi, qirg‘oqlariga sig‘may toshib chiqqan, achchiq va sho‘r bahri muhit kabi 
yer yuzini bosgan, butkul ko‘mib tashlagan bo‘lardi. Qanchalar mushkulliklar ichida tug‘ildi odamning 
odamiyligi... 
Xudoning qudrati bilan bir joyga jam bo‘lgan o‘n mug‘anniy qo‘shiq aytar, bizni o‘z 
hayollarimizga g‘arki ob aylar, ongimizning qop-qorong‘u girdoblarig‘a cho‘ktirar, o‘tmishni, adam 
mulkiga ketgan inson glodlarining ruhi va g‘am-hasratlarini tiriltirar va shu asno, bizni yusaklarga 
parvoz qildirar, o‘zimizdan, olamdan balandroq ko‘tarilishga, hayotimizning ma’nosi va go‘zalligini 
topishga chaqirar — hayotga bir martagina kelasan, uning mo‘‘jiziy imoratini sev, derdi. O’n 
mug‘anniy ehtimol o‘zlari ham bilmagan holda ilohiy qo‘shiqqa munosib bo‘lib shu qadar fidoyilik 
bilan, maftun va mahliyo kuylardilarki, mutaassirlikdan yuraklarda oliy umtilishlar junbushga kelardi. 
Kundalik turmushda, jonga tekkan tashvish, yugur-yugur, halovatsizliklar ichida odam bunday 
kechinmalarni kamdan-kam boshidan o‘tkazadi. Shuning uchun ham, tinglovchilarning bahri dili 
ochilgan, yuzlarida hayajon zuhur etar, ayrimlarning ko‘zlarida esa yosh halqalanardi. 
Shu ajib bayramni tortiq qilish uchun meni yetaklab kelgan tasodifga tahsinlar o‘qir, o‘zimda yo‘q 
quvonar, butun vujudim go‘yoki vaqtdan, makondan butkul xoli bo‘lib, ko‘z ilg‘amas kengliklarga 
chiqqan bunda o‘tgan kunlar xotirasi ham, shu onlarning sezim va tushunchalari ham, kelajak orzulari 
ham — bari-bari mening barcha bilgan narsalarim, boshdan kechirganlarimga mo‘‘jizakor bir tarzda 
qo‘shilib, birlashib ketganday edi. Shu hayollar ichida birdan men hali sevmaganman, deb o‘yladim, 
qonimda yashab, o‘z vaqti soati kelishini kutib yurgan muhabbat sog‘inchi ko‘kragimni kattiq 
sirqiratib, og‘ritib o‘tdi. Kim u, qaerda u, qachon va qanday yuz beradi bu? Bir necha marotaba eshikka 
beixtiyor qarab-qarab qo‘ydim — balki u kelib qolgandir, o‘sha yerda turib eshitayotgandir, mening 
qachon qarashimni kutayotgandir. Uning mana shu damlarda shu zalda emasligiga juda achindim. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish