www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
yoqdan yugurib kelayotgan yo‘lovchilar ham bizga qo‘shilishib borishardi. Kimdir tivit ro‘molini
yelkamga tashladi. Kupedagi qo‘ltiqtayoqli hamrohimiz yon tomonda oqsoqlanib borardi. U sal
oldinga o‘tib yuzimga bir qarab oldi. Xushchaqchaq, mehribon va dovyurak bu sho‘x yigit nima
uchundir bosh yalang, nazarimda, ko‘zlaridan miltillab yosh oqib ketyapti. Buni ko‘rib mening ham
ko‘zim yoshlandi. Poezd bo‘ylab ohista qadam tashlab boryapmiz, telegraf simyog‘ochlarining hushtak
chalib guvillashlari qulog‘imga xuddi marsiyaday eshitilardi. «Yo‘q, endi uni ko‘rish menga nasib
bo‘lmaydi».
Vagonimiz yonida bizni poezd boshlig‘i to‘xtatdi. U barmog‘ini menga bigiz qilib, bir nimalar
deb baqirar, sud javobgarligi, jarima haqida nimalarnidir jahl bilan gapirardi. Men bo‘lsam bu gaplarga
e’tibor ham bermadim, shu paytda dunyoni suv olib ketsa to‘pig‘imga ham chiqmasdi. U protokolini
qo‘limga tutqazib, qo‘l qo‘ydirib olmoqchi bo‘ldi. Men bo‘lsam qalam olishga ham madorim yo‘q.
Shu paytda haligi hamrohimiz uning qo‘lidan qog‘ozni yulib olib, qo‘ltiqtayoqlab tumshug‘ining
tagiga borib yuziga baqirdi:
– Tinch qo‘ysang-chi, uni! Men qo‘l qo‘yaman, stop-kranni uzgan men bo‘laman, javobini o‘zim
beraman...
Qech qolgan poezd Sibir yeridan, qadimgy rus o‘lkasidan g‘izillab boradi. Tun qorong‘isida
qo‘shnimning gitarasidan mungli kuy sadolari yangraydi.
* * *
Yillar ketidan yillar keldi. Turmush o‘z yo‘lidan qolmay, porloq kelajak va uning katta va kichik
g‘am-tashvishlari bir umr da’vatini bas qilmadi. Yoshim bir joyga borib qolganda erga chiqdim. Umr
yo‘ldoshim tuzuk, bama’ni odam, bolalarimiz bor, oilamiz ahil, apoq-chapoqmiz. O‘zim falsafa fanlari
doktoriman. Tez-tez safarda bo‘laman. Juda ko‘p mamlakatlarda bo‘ldim.... O‘sha-o‘sha ovulimizga
bormagandim. Buning o‘ziga yarasha ancha-muncha sabablari bor edi, albatta. Lekin o‘zimni oppoq
qilib ko‘rsatish niyatim yo‘q. Ovulim bilan bordi-keldim uzilib qolganligi yaxshi emas, bunda o‘zimni
gunohkor deb bilaman. Lekin peshonamga yozilgani shu ekanmi...
Men o‘tmishimni unutib yuborganim yo‘q, unutib yuborishga qurbim ham kelmasdi. Yo‘q, undan
qandaydir uzoqlashib qoldim, xolos.
Tog‘larda shunday chashmalar bo‘ladiki, yangi yo‘l ochilsa, bu chashmalarga eltadigan so‘qmoq
yo‘llar esdan chiqib ketadi, suvsaganda yo‘ldan burilib boradigan yo‘lovchilar tobora kamayadi, shu
bilan bu chashmalarni yalpiz yoki na’matak bosib ketadi. Keyin bora-bora yo‘lovchilar ko‘ziga
ko‘rinmay ham qoladi. Bunday chashmalar onda-sonda birontaning esida qolib jazirama issiq kunlarda
tashnasini qondirish uchun yo‘ldan burilib chashma boshiga borsa borar. Yo‘lovchi keladi-yu, o‘t
bosib ketgan chashmani qidirib topadi. Giyohlarni amallab ochadi-yu, hayratidan «oh!» deb yuboradi:
allaqachonlardan buyon hech kim loyqalatmagan, muzdek buloq suvining tiniqligi va chuqurligini
ko‘rib hayratda qoladi, buloqda u o‘zini ham, quyoshni ham, osmonni ham, tog‘-toshlarni ham
ko‘radi... Ko‘radi-yu, shunday joylarni bilmaslik gunoh, yor-birodarlarni ham bundan xabardor qilish
kerak, deb ko‘nglidan o‘tkazib qo‘yadi. Shunday deb o‘ylaydi-yu, yanagi safargacha o‘zi ham esidan
chiqarib qo‘yadi.
Ba’zan hayotda ham shunday bo‘larkan, shuning uchun ham buning oti hayot bo‘lsa kerak...
Bunday chashmalar yaqinda ovulimizga borib kelganimdam keyin esimga tushib qoldi.
Siz o‘shanda meni, nima vajdan birdaniga Kurkuredan ketib qoldiykin deb hayron bo‘lgandirsiz?
Hozir sizga yorilib aytgan dardlarimni o‘shanda odamlarga aytsam bo‘lmasmidi? Yo‘q, o‘shanda
ko‘nglim juda buzilib, nomus kuchlilik qildi, o‘zimdan-o‘zim uyalib ketdim, shu vajdan darhol jo‘nab
keta qoldim. Mundog‘, yuragimga quloq solib ko‘rsam, Duyshen bilan diydor ko‘rishgulik holim yo‘q,
ko‘ziga tik boqib qarolmasdim. O‘zimni bosib, yurak to‘lqinimni tinchitishim kerak edi, fikr-
o‘ylarimni bir joyga to‘plab, faqat ovuldoshlarimga emas, yana boshqa ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimga
Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |