www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Shunda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) Oysha onamizga qarab:
— Malaklar hayo qilgan bir kishidan men hayo qilmaymi? — deb javob qiladilar.
Yana Usmon haqida gap ketganda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam): «Jannatda
mening yo’ldoshim Usmon bo’ladi» deganida ham u kishining martabasini yuqori
qo’ygani va ko’p hurmat-ehtiromda bo’lganliklari tushiniladi.
Chindan ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Usmonni juda ham yaqin tutar
edilar. Ko’pchilik odamlar u kishining hulqini, hayo va odob namunasi, deb bilishardi.
Usmon ibn Affon tabiatan o’ta muloyim, yumshoq fe’li atvoridan odamlar diqqatini o’ziga
jalb qiladigan kishi edi. U 34 yoshda islomni qabul qiladi. O’ziyam endi yetilgan,
odamlarga nufuzi ham zo’r savdogar edi. Musulmon bo’lganini bilgan amakisi Hakim ibn
Abul-Os undan bir qancha vaqt hazar qilib yurgan, keyin uni tutib olib daraxtga bog’lab
qo’ygan va unga “to bu dindan kechmaguningcha, senga hech yemak bermayman”
degan. Usmon bo’lsa “Meni o’ldirsangiz ham men bu dindan chiqmayman” degan.
Shunda uning yor-do’stlari uni qutqarishgan ekan.
Abu Bakr va Umar xalifalik kursisida bo’lgan vaqtida ham Usmon yirik bir siymo sifatida
tanilgan edi. Nihoyat Madina shahrida bo’lgan qabila boshliqlarining uch kun davom
etgan kengashi nihoyasida to’rtinchi kuni tush vaqtida masjidda to’plangan odamlarga
Usmon ibn Affonning xalifa bo’lganligi e’lon etiladi. Bu voqea xijriyning yigirma to’rtinchi
yili boshlarida, milodiyning 644 yilida yuz bergan edi.
Zotan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot chog’ida ham ul zotning vakili
sifatida Usmon siyosiy ishlarga aralashib turar edi. Bir gal payg’ambarning elchisi bo’lib
mushrikiylar bilan muzokara olib borish uchun Makkaga otlanadi. U ayni chog’da haj
qilish niyatida edi. Shunda mushrikiylar Usmonga hurmatan hajiga monelik qilmaydilar.
Mushriklar unga qarab:
— Sen orqangga qaytgin-da, seni jo’natganga ayt, u hech qachon Makkaga kelib
Ka’bani tavof etib o’tirmasin. Ammo sen o’zing bo’lsang, marhamat, qachon istasang,
o’sha kezda tavof etishing mumkin, deyishgan.
Shunda Usmon ibn Affon:
— Men payg’ambarsiz Ka’bani tavof etmayman, — dedi.
Raqiblar Usmonning bu gapidan jahilari chiqsada, ammo unga biror yomonlik
qilmaydilar, lekin doimo uning qilmishini nazorat qilib yuradilar.
Usmon payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot chog’larida islomga ancha moddiy
yordam bilan qarashgan edi. Mashhur
Т
abuk jangida u kishi ming dinor pul, ellik ot va
yuzta tuya yuborib, musulmonlarga yordam ko’rsatgan. Shu bilan birga Usmon
kambag’allarga ko’p hayru exsonlar qilsada, o’zi kamtarona hayot kechirardi. Hatto
Madinada ocharchilik bo’lgan yili Usmon Suriyadan yuzta tuyada bug’doy keltirgan va
odamlarga ancha muruvvat ko’rsatgan, u bug’doylarni odamlarga tekinga tarqatgan.
Usmonning bu ishidan xalifa Abu Bakr ko’p mamnun bo’lib, uning saxiylik qilgan qo’lini
o’pgan edi. Bu esa u kishining saxovatiga bergan yuksak baho edi.
Bir gal payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning uyida oziq-ovqat qolmaganidan
Usmon xabar topib qoladi. U shu zahoti payg’ambar alayhissalomning uylariga bir qo’y
jo’natadi, qo’y bilan birga un, yog’ keltiradi. Ularni keltirib, payg’ambar(sallallohu alayhi
vassallam)ning zavjayi muxtaramalari Oysha onamizga topshirib:
—Payg’ambar alayhissalom tabiatlari bo’yicha bularni boshqalarga bo’lib berishlari
mumkin. Lekin u kishi aslo bunday qilmasinlar. Zero men boshqalarga ham shunday
narsalarni yuboraman, — deydi,
Payg’ambarimiz kelib, u kishining bu ajoyib ishini ko’rib, undan nihoyatda mamnun
bo’ldilar va “Yo Rabbim, Usmonning o’tmish, hozir va kelajakda qilmish ochia va yashirin
gunohlari bo’lgan bo’lsa kechirgil”, deb duo qiladilar.
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
Do'stlaringiz bilan baham: |