Microsoft Word buyuk manaviy murshid ziyouz com doc



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/83
Sana12.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#784185
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
Bog'liq
Botirxon Valixo\'jayev. Buyuk ma\'naviy murshid Xoja Ahror Valiy

www.ziyouz.com
кутубхонаси
68
ekanini ro’y-rost aytgan, ya’ni «uyqulik (g’aflatda qolgan) ko’nglimga bedorlig’» yetsin, xushyorlikda 
bo’lay deb: (xiralik nodonlik) ketib, ko’ngil ma’rifatdan ogoh bo’lib, buning fayzini bilsin deb tarjima 
qildim, demoqchi. Bu bilan nima demoqchi? Ma’lumki, bunda so’z insonning o’zligini tanish, shu 
vositada ma’rifati botiniyga erishmoq, ya’ni ko’ngil bilan idrok etmoq ustida bormoqda. Bu bilan Bobur 
Xoja Ubaydulloh «Volidiya»sining asosiy mag’zini bayon etib, u insonning ruhan, va qalban va amalan 
pokiza bo’lishini nazarda tutadi. Eng muhimi shuki, Xoja Ahror ham o’ziniig risolasida insonda bu 
sifatlar faqat ko’rinishdagina emas, balki uning botinida, butun vujudida singib Ketgan bo’lmog’i kerak 
deb uqtiradi. Masalan, u shunday yozadi (Bobur tarjimasida): 
G’aybatu yolg’onu muziy so’zdin,
Ehtiroz et, yiroq etgil o’zdin,
Har yamon qavlni o’zdin dur et,
Tilinga bir nima mazkur et.
Bo’lgay aqvolu kaloming bu sifat,
Ko’nglungga bois nuri oniyat.
Yana mo’min ishida yorliq et,
Ilu til birla madadkorliq et,
Zohiru botin adab mar’i tut,
Beadablik ravishu rohin unut.
(Kobul nashri, 221–238-betlar)
Demak, bunda ma’naviylik omili nazarda tutiladi va uni targ’ib etish maqsad qilib qo’yiladi. Shu 
jihatdan qaraganda, Bobur ham ana shu asosiy g’oyani ilg’ab olgan va u ham insonning ma’naviy 
jihatdan pokiza bo’lmog’i uchun zarur bo’lgan bilimdan xabarsiz qolmasin deb, asarni forsiydan o’zbek 
tiliga nazm bilan o’girgan. Boburning ezgu maqsadi ana shu g’oyalarni turkiygo’ylar orasiga ham 
targ’ib qilish, ularga tushuntirishga intilishdan iborat. Shuning uchun u «Volidiya»ni juda sodda, 
tushunarli, ortiqcha badiiy Bezaksiz tarjima qilgan. Ana shu oddiylikka erishib, ortiqcha badiiylikdan 
o’zini tiya olish ham Boburning uslubiga, badiiy mahoratiga mos keladigan maromdir, bu ham badiiy 
mahoratdir. Bobur tarjimasidagi «Volidiya» bilan tanishish shundan dalolat beradiki, Xoja Ubaydulloh 
o’zining asarida ko’ngil va uning ko’zgu ekanligi. Haq taolo unda o’zini tajalli etishi, shuning uchun 
ko’ngil har qanday xiralik va g’ubordan holi bo’lishi, ya’ni u ogoh va hushyor bo’lmog’i, pokiza va 
musaffo bo’lmog’i lozimligi, shular bilan bog’liq tarzda odob-axloq to’g’risida so’z yuritgan. Bu 
fikrlarning ko’pi tasavvuf va naqshbandiya tariqatining boshqa vakillari tomonidan ham bayon etilgan. 
Shunisi borki, ularning ko’pi inson va o’zlikni tanish, inson va koinot, inson va odob-axloq inson va 
uning ko’ngli mavzularini yoritganda turli tabaqa va turli davr kishilari uchun ma’qul bo’lgan fikrlarni 
bayon etganlar. Shuning uchun ulardagi umumbashariy mag’zlar hamisha ardoqlangan. Bu gal Xoja 
Ubaydullohning «Volidiya» asariga ham, uning Bobur tomonidan bajarilgan turkiycha manzumasiga 
ham bevosita taalluqlidir. 
Shunday qilib, Boburning Xoja Ubaydulloh, uning faoliyati, asarlari, xonadoni vakillari va muxlislari 
haqidagi mulohazalari turli shaklda bayon etilib, hamma joyda ham Boburning Xoja Ubaydullohni 
nihoyatda mo’’tabar siymo, ulug’ murabbiy, madadkor va hidoyat qilguvchi murshid sifatida tan olgani 
va e’tirof etgani, unga nisbatan dag’allik qilguvchilarga esa nafrat bilan qaragani ma’lum bo’ladi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur o’z faoliyati, asarlari va tarjimalari bilan Xoja Ubaydullohning 
shuhratini Hindistonda yanada baland ko’taradi. 
Shunday qilib, Xoja Ubaydullohning zamondoshlari va muxlislari bo’lmish Abdurahmon Jomiy, 
Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning naqshbandiya tariqatining murshidiga 
bo’lgan munosabatlari shundan guvohlik beradiki, XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi 
yarmidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, adabiy-ilmiy va madaniy muhitni o’rganishda 
naqshbandiya tariqati va uning mashhur murshidlari, jumladan, Xoja Ubaydullohning faoliyati va 


Buyuk ma’naviy murshid 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish