www.ziyouz.com kutubxonasi
58
qilaman: takalluf etmaysan, xiyonat qilmaysan, jabr bermaysan", dedi. "Takalluf nima?",
deb so'radi. "O'zingda bo'lmagan narsaga taklif qilish", deb javob berdi. "Xiyonat
nima?", dedi. "O'zingda bor narsaga baxillik qilib, mehmonga olib kelmaslik", deb javob
berdi. "Jabr nima?" deb so'radi. "Oilangni mahrum qilib, mehmoningga berishing", deb
javob berdi.
Agar bir qavmni taomga chaqirsang, ularga xizmat qil, bu ish muruvvatdandir, Alloh
taoloning:
"Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari..." (Zoriyot, 24), degan so'zidagi "izzat-ikrom"
ularga xizmat qilishdir.
Ziyofatga zo'rlanmaydi gohida oling-oling deb turiladi. Chunki ot hushtaksiz ham ichadi,
ammo hushtak bilan ko'p ichadi, tuya niqtamasa ham yuradi, ammo niqtasa tezroq
yuradi. Shuningdek, mehmonga oling-oling deb turish foydali bo'ladi. Ammo
majburlanmaydi, chunki bu yomondir. Mehmonlarning oldida sukutni ko'paytma, ularni
yolg'iz qoldirma, ularning oldida xizmatkorga g'azab qilma, chunki mehmonlarga
ko'rsatiladigan eng yaxshi hurmat ochiq yuz va chiroyli so'zdir. Mehmonlar bilan birga
ularga malol keladigan kishini o'tqazish durust emas, chunki malollik taomni bo'g'adi,
ishtahani buzadi. Agar ular ovqatlarinib bo'lsalar va ijozat so'rasalar, ularni ushlab turish
durust emas, chunki bu ularga og'ir keladi. Muhammad ibn Siyrin: "Birodaringni u
yomon ko'rgan narsa bilan ikrom qilma", dedilar va shunday hikoya qildilar: "Bir hakimni
bir kishi mehmonga chaqiribdi. U: "Uchta shart bilan senga ijobat qilaman, menga zahar
bermaysan, men bilan o'zing yaxshi ko'rgan, menga yoqmagan kishini o'tqazmaysan,
meni qamoqqa qamamaysan", dedi. U kishi "Xo'p", dedi. Borganida u bilan birga yosh
bolani o'tqazdi. Taomni eb bo'lgach, yana eyishga qistay boshladi, ketishni xohlaganida
yana bir oz o'tiring, dedi. Shunda hakim unga: "Shartlarni hammasini buzding", dedi".
Mehmonlarning ba'zisi kelib, boshqalari kechiksa, hozir bo'lganlar taom taqdim etilishga
haqlidirlar. Uch narsa sil qiladi: sustkash elchi, yorug'lik bermaydigan chiroq, kuttirilgan
taom, deyiladi.
Mehmonlar qo'llarini yuvishlari uchun taomdan oldin suv olib kelishi lozim. Yuvish
majlisning oxiridagi kishidan boshlanadi. Davraboshini oxirida yuvadi. Shunda boshqalar
uning qo'l yuvib bo'lishini kutib turishadi va tanovulni birga boshlashadi.
Lekin ba'zilar kattadan boshlashni ma'qul ko'rishgan, agar taomdan oldin yuvilayotgan
bo'lsa.
Taomdan oldin qo'l yuvgan kishi qo'lini sochiqqa artmaydi, chunki uni ushlagani uchun
qo'lini yuvdi va yuvgandan so'ng ushlamasin. Lekin ba'zi odamlar qo'llarini artishni
yaxshi bilishgan, demak, artsa ham zarari yo'q.
Taomdan so'ng qo'llar yuvilganda har safar dastsho'ni bo'shatishni ba'zilar yomon
ko'rishgan. Chunki Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) shunday rivoyat bor:
"Tog'oralarni to'ldiringlar va majusiylarga o'xshamanglar". Boshqa bir hadisda:
"Yuvganlaringni jamlanglar, Alloh sizlarni jamlaydi", deyilgan. Har safar dastsho'ni
bo'shatish ajamlarning fe'lidan, deyiladi. Ba'zilar: "Bo'shatishning ziyoni yo'q, chunki suv
ko'paysa kiyimga sachraydi, natijada uni iflos qiladi", deyishgan.
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Kishi o'zinikidan boshqaning luqmasiga qarashi makruhdir, chunki bu yomon odat.
Mehmon taom keladigan tomonga ko'p qarayverishi durust emas, bu hol ham
insonlarning nazdida makruhdir. Vallohu a'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |