Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Ba'zilar: "Yo'q, joiz bo'lmaydi", deb aytishdi. Joiz deganlar Ali
ibn Abu Tolibdan rivoyat
qilingan hadisni olishadi: "Sultonga, albatta, halol va harom etadi, nimaniki senga bersa
uni ol, u senga haloldan beradi". Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi: Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam): "Kimgaki so'ramasidan
oldin biror narsa berilsa, uni olsin,
bu Alloh taolo uni rizqlantirgan rizqdir", dedilar.
A'mash Ibrohim Naxa'iyning: "Amirlardan biror narsani olishda zarar yo'q", degan fikrda
bo'lganlarini rivoyat qilganlar.
Habib ibn Abu Sobitdan rivoyat qilinadi: "Muxtor ibn Ubaydan Ibn Umar va Ibn Abbosga
hadyalar kelar va ular qabul qilar edilar".
Hasan Basriy ham amirlarning hadyalarini qabul qilganlar.
Muhammad
ibn Hasan Abu Hanifadan, u kishi esa (ustozlari) Hammoddan rivoyat
qiladilarki, Ibrohim Naxa'iy Xulvonda (Misrdagi mavze') ishboshi bo'lib turgan Zuhayr ibn
Abdulloh Azudiydan mukofot talab qilar, o'zlari ham, Hamadoniy ham olar edilar.
Muhammad aytadilar: "Modomiki ayni haromligi haqida
biror narsa bilmas ekanmiz,
yuqoridagi hukmni olamiz". Bu gap Abu Hanifaning fikrlari hamdir.
Ammo amirlar hadyasini makruh degan kishilar Habib ibn Sobit rivoyat qilgan xabarga
amal qilishgan: "Bir amir Abu Zarr G'iforiyga hadya yuborganda, u zot: "Hamma
musulmonlarga shunday hadya yuborildimi?", deb so'radilar. "Yo'q", degan javobni
eshitib Abu Zarr ushbu oyatni o'qidilar:
"Yo'q, (hech qanday to'lov uni azobdan qutqara olmas!) Albatta, (kofirlar
tashlanadigan
do'zax o'z harorati bilan bosh terilarini sidirib olguvchi bo'lgan) bir olovdir!" (Maorij, 15-
16).
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) masjid devorining ustida uxlab yotgan Abu Zarr
G'ifforiyning oldidan o'tib ketayotib, qullariga: "Ushbu dinorlarni olib,
to bu kishi
uyg'ongungacha kutib tur, so'ng dinorlarni unga ber. Olsa, ozodsan", dedilar.
Qul Abu Zarr uyg'onganlarida pulni berdi, ammo u zot qabul qilmadilar. Qul dedi:
"Olsangiz-chi, bu ishda ozodligim masalasi bor". Abu Zarr: "Ularni olmasman,
chunki bu
ishda mening qullikka tushib qolishim xavfi bor", dedilar.
Abu Voilning quyidagi so'zlari rivoyat qilinadi: "Tijoratdan kelgan birgina dirham, menga
hadya qilingan o'n dirhamdan yaxshiroqdir".
Abdul Mur'im ibn Idris otasidan, u esa Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qiladi: "Abu
Dardoning oldiga bir kishi kelib: "Ey
Abu Dardo, falon kishi meni so'kdi, zulm qildi", dedi.
Abu Dardo unga: "Agar rost gapirayotgan bo'lsang, yaqin kunlarda Alloh uni azoblaydi",
dedilar. Bir necha kun o'tmasdan o'sha zolim amirdan o'n ming dirham hadya oldi. Abu
Dardo unga: "Ey birodar, rost aytgan ekansan, Alloh unga uqubat etkazdi", dedilar. "Ey
Abu Dardo, bu ham uqubatmi?", deb so'radi. Allohga qasamki, agar orqasiga o'ng ming
qamchi urilganda o'ng ming dirham olganidan yaxshiroq bo'lardi", deb javob berdilar u
zot.